XX asr ingliz tilida bezorilar shevasiga hos so’zlar

Har bir tilda bo’lgani kabi, ingliz tilida ham adabiy so’zlardan tashqari og’zaki nutqda shevaga hos so’zlardan ko’p foydalaniladi. Ingliz tili tarixida, agar Amerika ingliz tilisini misol qilib oladigan bo’lsak, XX asrda ko’p shevaga hos yangi so’zlar aynan bezorilar (gangster) to’dalari orasida paydo bo’lgan. Ular u yoki bu otni, atamani boshqa bir ot yoki atama sifatida ifoda etishgan. Shu asnoda ularning nima haqida gapirishayotganligini faqat o’zlari va ularning shevalarini yaxshi biladigan, o’zlaridan bo’lgan yaqin kishilarigina tushuna olishgan. Quyida e’tiboringizga XX asrda ingliz tilining bezorilar tomonidan ishlatilishida eng ko’p qo’llanilgan shevaga hos so’zlar va iboralar ro’yxati havola etilgan. Ularning so’zma-so’z tarjimasi va sheva ortida yashiringan ma’nosi bir-biridan tubdan farq qiladi. Ba’zilarida esa juda yaqin o’xshashlikni topishingiz ham mumkin. Demak, boshladik!
XX asr ingliz tilida bezorilar shevasiga hos so’z va iboralar:
- Babe, Bim, Broad, Doll yoki Dame – Ayol kishi
- Moll – Bezorining ma’shuqasi
- Bearcat – Jo’shqin ayol
- Dumb Dora -Ahmoq ayol
- Sheba -Jozibali ayol
- Stool-pigeon – Politsiyaga chaqimchilik qiladigan kishi
- Peaching – Chaqimchilik qilish
- Finger – Tanish
- Bulls – Politsiyachilar guruhi
- Gum-shoe – Izquvar
- Copper – Politsiyachi
- Bracelets – Kishan
- Big House yoki Can – Qamoqxona
- In Stir – Qamoqda
- Blow – Tashlab ketish
- Bop, Bump yoki Clip – O’ldirish
- Chopper Squad – Qurollangan kishilar
- Pack Heat – Qurol olib yurish
- Goon – Ovsar
- Grifter – Tarafdor
- Meat Wagon – Tez yordam mashinasi
- Chicago Overcoat – Tobut
- Big Sleep – O’lim
- Bean-shooter yoki Gat – Pistolet, qurol
- Packing Heat – Qurol olib yurish
- Can-opener – Ishonsa bo’ladigan kishi
- Glomming – O’g’irlash
- Bent – O’g’irlangan
- Cabbage yoki Scratch – Pul
- Ice – Olmoslar
- Ameche – Telefon
- Boiler yoki Bucket – Mashina
- Cake-eater – Ayolning sevgilisi
- Dewdropper – Ishsiz, kunini uxlash bilan o’tkazuvchi kishi
- Shylock – Qarz beruvchi
- Sheik – Jozibali erkak
- Bangtail – Poyga oti
Salom. Men Navoiylik Zulfiraman. Sizdan ingliz tilini o’rgansam degandim.
ingls tilida SHIT sozi uzbek tilida nma dgani bu sõz sõkinwladan 1tasi
iltimos wu sõz nma manoligini etsez. jovob un oldndan raxmat.
Axlat
Juda ham foydali so’zlar raxmat katta
Zo’r ku yana boshqalarni bor edi ma
salan
Gun done