Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / IELTS imtihoni

IELTS imtihoni

Bugungi kunda xorijda o’qish maqsadida IELTS testlaridan o’tish uchun tayyorlanayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.  Faqat O’zbekistonda emas, balki dunyoning boshqa ko’plab mamlakatlarida xorijda o’qish grantlarini qo’lga kiritish uchun juda ko’p yoshlar ingliz tili grammatikasini o’rganishga qattiq kirishishgan. IELTS imtihoniga tayyorlanishga bo’lgan talabni hisobga olgan holda IELTS testlarini osonroq bajarishni o’rgatish yuzasidan juda ko’p strategiyalar va usullar ishlab chiqilgan. Quyida IELTS imtihonining yozma shakli, Writing task uchun eng sodda, ammo juda kerakli bo’lgan ba’zi tavsiyalarni berib o’tmoqchiman.

Writing task – bu ma’lum mavzu asosidagi intihon topshiruvchining o’z fikrini ingliz tilida yozma shaklda qanchalik aniq, to’g’ri va ravon bayon eta olishini sinovdan o’tkazuvchi topshiriq hisoblanadi. Bu topshirishda ma’lum belgilangan vaqt ichida ma’lum sondagi so’zlardan iborat bo’lgan matn tuzish kerak bo’ladi. Bu matnni tuzish uchun uning mavzusi hamda matnda nimalar ifoda etilishi kerakligi haqidagi bir necha savollardan tashkil topgan kichik yo’riqnoma vazifa sifatida beriladi. Sizdan mavzu asosida bosqichma-bosqich berilgan savollarga murakkab-yoyiq shaklda javob yozishingiz talab etiladi.

Writing task topshirig’ini bajarish uchun yozishga kirishishdan oldin quyidagilarga alohida ahamiyat bering:

  1. O’QING. Hamma narsadan birinchi o’rinda Siz berilgan savolni o’qib, uni tushunib olishingiz kerak. Axir, bajariladigan ishni amalga oshirishga kirishishdan avval uni yaxshilab tushunib olishingiz kerak bo’ladi.
  2. O’YLANG. Savol nima haqida? Savolni o’qishdan keyingi qiladigan eng muhim ishingiz – bu savol haqida o’ylashingizdir. Savolga javob topishga harakat qilmang. Eng muhimi savolga ta’luqli bo’lgan fikrlaringizni jamlab olishingizdir. Savolga aloqador qanday aniq fikrlarga egasiz? Savol haqida qancha ko’p fikrni miyangizda jamlashga harakat qilsangiz, savolning asl javobi ham shunchalar mustahkam holda bayon etiladi.
  3. YOZING. Yuqoridagi ikki bosqichni juda ehtiyotkorlik bilan, yaxshi o’ylagan holda amalga oshirganingizdan keyin o’ylash natijasida jamlangan fikrlaringizni aniq uslub asosida chiroyli qilib yozishga, bayon qilishga kirishing. Bunda endi firklarga ishlov berish emas, balki mavjud fikrlarni qanday bo’lsa shunchaligicha chiroyli qilib qog’ozga tushirish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
  4. TAHRIRLANG. Yozishni to’liq tugatganingizdan keyin yozganlaringizni qayta ko’rib chiqishingiz va tahrirlashingiz mumkin. Endi tahrirlashda ham yozilish uslubiga, ham fikrlarning teranligiga e’tibor berib tekshiring. Kerakli joylarda o’zgarishlar qiling, fikrlarga qo’shimchalar kiriting, kerak bo’lgan joylardagi gaplarni o’chirib o’rniga boshqasini yaxshiroq qilib yozing.

Yuqoridagi to’rtta bosqichni amalga oshirganingizdan so’ng Sizning yozgan matningiz mukammal darajada yozilgan bo’ladi. Ehtiyotkorlik bilan o’ylash va yozish uslubiga e’tibor berish davomida ham uslub, ham ma’no saqlanib qolinadi. Yozish so’ngidagi tekshirish esa matnning xatolardan holi bo’lishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari yozishingiz uchun ketadigan vaqtni ham to’g’ri taqsimlashni unutmang. Bu haqida IELTS testlarini topshirishga oid keyingi maqolalarimda batafsil ma’lumot berishga harakat qilaman.

Abituriyentlar uchun test formulalari

46 ta fikr

  1. Assallomu alaykum Azamat aka.Sizga bir savolim bor edi.Men o’qishga inliz tilidan 25ta to’g’ri ishlab kirdim(2013) .Gramatikam yomon emas,ammo so’z boyligim kamroq.Sizning fikringizcha men IELTS olishim uchun qancha vaqt ketadi?

    • O’qishga kirganizda faqat grammatika tekshirilgan bo’lsa, IELTS testida yozish, o’qish, gapirish sinovlari ham bo’ladi. Bu ko’nikmalaringizni qancha vaqtda shakllantira olsangiz, tayyorlanishingizga ham huddi shuncha vaqt ketadi. Hammasi o’zingizga va mehnatingizga bog’liq.

  2. Men ielts imtihoni qachon va qayerda bolishini bilmoqchiman.keyin ielts ning qaysi kitoblarini o’rgangan maqul javob uchun oldindan rahmat

  3. salom. ustoz sizga bir savolim bor edi, ieltsni o’rganishda ko’proq grammatika kerakmi yoki so’z boyligi va praktika kerak bo’ladimi

  4. SALOM Azamat aka savolim bor edi chet davlatda o’qish uchun ielts balidan tashqari bakalavr diplomizni ballari ham yuqori alo baholarda bolishi kerak ekan shu rostmi man bakalavr diplomim o’rtacha qanday maslaxat berasz .oldindan rahmat

    • Bu narsa Siz xujjat topshirayotgan o’quv yurtining qabul siyosatiga bog’liq. Qaysidir oliygohlar bunga e’tibor berishadi, qaysilarigadir bu narsa ahamiyatsiz. Savolning eng yaxshi javobini o’zingiz xujjat topshirishni niyat qilgan o’quv yurtiga email yuborish orqali bilib olishingiz mumkin.

  5. salom.men xorijda budjetga o’qimoqchi edim menga budjetga o’qish uchun menga internet orqali malumot kerak ammo unaqa topolmadim shunaqa sayt bormi

  6. salom azamat aka sizga bir savolim boredi. arab davlati universtetida ielts sertifiqati bilan oqisa boladimi?

  7. Sardor Yaxshilikov

    Azamat aka menga IELTS haqida to’liqroq ma’lumot bersangiz. U qanday bo’limlardan iborat. Qancha vaqt beriladi. Hammasi haqida ma’lumot bering. Javob uchun oldindan rahmat

  8. Videolani olib bo’lmayapti. Man 2016-yil Turnga ketishim kere. Shunchun ingliz tilini tez o’rganishshi xohliman.

  9. salom Azamad aka savolim boridi ielst qanday yolanishi bor qancha vaxt beradi va qancha ball boladi oqishga nifuzli grant olish uchun ball miqdori qancha bolishi shart javob uchun oldindan raxmad

    • IELTS yo’nalishlari haqida maqolada yozilgan. Siz olgan ball qancha yuqori bo’lsa, grant asosida o’qish imkoniyatingiz ham, umuman xorijda o’qish imkoniyatingiz ham shunchalik ko’p bo’ladi. 6-7 ball xorij o’quv yurtlariga qabul qilinish uchun yetarli.

  10. Bobur aminboyev

    Assalomu alekum Azamat aka sizga savolim bor edi. MDIS in Tashkent institutida grant asosida öqisa böladimi ?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*