IELTS imtihoni

Bugungi kunda xorijda o’qish maqsadida IELTS testlaridan o’tish uchun tayyorlanayotgan yoshlar soni ortib bormoqda. Faqat O’zbekistonda emas, balki dunyoning boshqa ko’plab mamlakatlarida xorijda o’qish grantlarini qo’lga kiritish uchun juda ko’p yoshlar ingliz tili grammatikasini o’rganishga qattiq kirishishgan. IELTS imtihoniga tayyorlanishga bo’lgan talabni hisobga olgan holda IELTS testlarini osonroq bajarishni o’rgatish yuzasidan juda ko’p strategiyalar va usullar ishlab chiqilgan. Quyida IELTS imtihonining yozma shakli, Writing task uchun eng sodda, ammo juda kerakli bo’lgan ba’zi tavsiyalarni berib o’tmoqchiman.
Writing task – bu ma’lum mavzu asosidagi intihon topshiruvchining o’z fikrini ingliz tilida yozma shaklda qanchalik aniq, to’g’ri va ravon bayon eta olishini sinovdan o’tkazuvchi topshiriq hisoblanadi. Bu topshirishda ma’lum belgilangan vaqt ichida ma’lum sondagi so’zlardan iborat bo’lgan matn tuzish kerak bo’ladi. Bu matnni tuzish uchun uning mavzusi hamda matnda nimalar ifoda etilishi kerakligi haqidagi bir necha savollardan tashkil topgan kichik yo’riqnoma vazifa sifatida beriladi. Sizdan mavzu asosida bosqichma-bosqich berilgan savollarga murakkab-yoyiq shaklda javob yozishingiz talab etiladi.
Writing task topshirig’ini bajarish uchun yozishga kirishishdan oldin quyidagilarga alohida ahamiyat bering:
- O’QING. Hamma narsadan birinchi o’rinda Siz berilgan savolni o’qib, uni tushunib olishingiz kerak. Axir, bajariladigan ishni amalga oshirishga kirishishdan avval uni yaxshilab tushunib olishingiz kerak bo’ladi.
- O’YLANG. Savol nima haqida? Savolni o’qishdan keyingi qiladigan eng muhim ishingiz – bu savol haqida o’ylashingizdir. Savolga javob topishga harakat qilmang. Eng muhimi savolga ta’luqli bo’lgan fikrlaringizni jamlab olishingizdir. Savolga aloqador qanday aniq fikrlarga egasiz? Savol haqida qancha ko’p fikrni miyangizda jamlashga harakat qilsangiz, savolning asl javobi ham shunchalar mustahkam holda bayon etiladi.
- YOZING. Yuqoridagi ikki bosqichni juda ehtiyotkorlik bilan, yaxshi o’ylagan holda amalga oshirganingizdan keyin o’ylash natijasida jamlangan fikrlaringizni aniq uslub asosida chiroyli qilib yozishga, bayon qilishga kirishing. Bunda endi firklarga ishlov berish emas, balki mavjud fikrlarni qanday bo’lsa shunchaligicha chiroyli qilib qog’ozga tushirish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
- TAHRIRLANG. Yozishni to’liq tugatganingizdan keyin yozganlaringizni qayta ko’rib chiqishingiz va tahrirlashingiz mumkin. Endi tahrirlashda ham yozilish uslubiga, ham fikrlarning teranligiga e’tibor berib tekshiring. Kerakli joylarda o’zgarishlar qiling, fikrlarga qo’shimchalar kiriting, kerak bo’lgan joylardagi gaplarni o’chirib o’rniga boshqasini yaxshiroq qilib yozing.
Yuqoridagi to’rtta bosqichni amalga oshirganingizdan so’ng Sizning yozgan matningiz mukammal darajada yozilgan bo’ladi. Ehtiyotkorlik bilan o’ylash va yozish uslubiga e’tibor berish davomida ham uslub, ham ma’no saqlanib qolinadi. Yozish so’ngidagi tekshirish esa matnning xatolardan holi bo’lishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari yozishingiz uchun ketadigan vaqtni ham to’g’ri taqsimlashni unutmang. Bu haqida IELTS testlarini topshirishga oid keyingi maqolalarimda batafsil ma’lumot berishga harakat qilaman.
Salom, Azamat Xodjakov saytingizga biz ham maqolalar yoki ma’lumotlar kiritishimiz mumkinmi?
Albatta mumkin, men bond.uz saytini maqolalar bilan boyitishda menga yordam bera oladigan ko’ngilli insonlarni qidirayapman. Saytni yuritishda menga hamkorlar juda zarur.
Bir kichkina iltimosim bor edi. Darslardagi jadvallarni kattaroq va yozuvlari kurinarli darajada qilishni imkoni bormi??? Shu darslar va jadvallar orqali urganish juda qulay va tushunarli ekan, faqatgina hajmi va yozuvlari juda kichkina xolos!
Siz video darslarning mobil telefonlar uchun mo’ljallangan versiyasini yuklab olgansiz. Agar kompyuter orqali saytga kirib, video darslarning original hajmdagi roliklarini yuklab olsangiz, ularda tasvir aniq va katta ko’rinadi. Mobil telefonlar uchun fayl hajmi imkon qadar kichik bo’lishi ko’zlangan holda video tasvir sifati ham sezilarli darajada tushirilgan.
Ielts nin qanaqa grandlari bor
IELTS faqat test topshirish va natijaga ko’ra baho olish tizimi xolos. Grantlar, ularning qaysi darajagacha bo’lishi shu grantlarni taklif etayotga oliy o’quv yurtiga bog’liq. Bunday turdagi grantlarni topish uchun Google orqali xorijdagi turli o’quv yurtlarining rasmiy web saytlarini ko’rib chiqishingiz kerak.
IELTS ning elektron variantini qayerdan topsam bo’ladi?
Google yordamida qidiring
Azamat aka iltisda qanaqa fanlardan test topshiriladi.
Ingliz tili grammatikasi
Assalom aleykum))siz IELTSni ham o’rgatasizmi?
Ha, o’rgatishni internet orqali amalga oshirish haqida ham o’ylayapman ayni kunlarda.
Assalomu alaykum: Azamat aka agar Ieltsni internet orqali o’rgatsez juda minnador bo’lardim men bu saytga judayam qiziqib qoldim bu saytda xamma yangiligingizni o’qib ko’rib chiqtim xammasi juda zo’r tayyorlangan sizga kottakon raxmat agar iloji bo’lsa tezro yana bir yangilik kiritsez saytga (oldindan raxmat ) xa yana men sizdan IELTS EXPRESS kitobini so’ragan edim essizda bo’lsa shu nima bo’ldi topa olmadingizmi?
Kitobni topa olganim yo’q, iltimosingizni esa amalga oshirishga harakat qilaman.
Rahmat)))juda zur bo’lardida!!o’wa kunlarni intizorlik b-n kutamiz)))))
menga juda yoqti rahmat katta
raxmat
menga juda yoqti
Assallomu alaykum Azamat aka.Sizga bir savolim bor edi.Men o’qishga inliz tilidan 25ta to’g’ri ishlab kirdim(2013) .Gramatikam yomon emas,ammo so’z boyligim kamroq.Sizning fikringizcha men IELTS olishim uchun qancha vaqt ketadi?
O’qishga kirganizda faqat grammatika tekshirilgan bo’lsa, IELTS testida yozish, o’qish, gapirish sinovlari ham bo’ladi. Bu ko’nikmalaringizni qancha vaqtda shakllantira olsangiz, tayyorlanishingizga ham huddi shuncha vaqt ketadi. Hammasi o’zingizga va mehnatingizga bog’liq.
Men ielts imtihoni qachon va qayerda bolishini bilmoqchiman.keyin ielts ning qaysi kitoblarini o’rgangan maqul javob uchun oldindan rahmat
IELTS testini Toshkent shahrida topshirish uchun: https://ielts.britishcouncil.org/uzbekistan sahifasiga murojaat qiling. U yerda berilgan telefon raqamga qo’ng’iroq qiling. Imtihonga tayyorlanish uchun esa Cambridge nashrtiyotidan chiqqan IELTS tayyorlov kitoblarini o’qing.
salom. ustoz sizga bir savolim bor edi, ieltsni o’rganishda ko’proq grammatika kerakmi yoki so’z boyligi va praktika kerak bo’ladimi
So’z boyligi va grammatika juda muhim. Tajribani ham muhim emas, deb bo’lmaydi. Umuman olganda IELTS imtihonida ingliz tilini bilish darajangiz barcha yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi. Shunday ekan, qaysidir muhim, qaysidir muhim emas, deb ajratmasdan, barcha yo’nalishlar bo’yicha birdek yaxshi tayyorgarlik ko’rish maqsadga muvofiq.
salom ielts markazi qayerda joylawgan javobi uchun oldindan raxmat
O’zbekistonda IELTS imtihonini Toshkentdagi Britaniya Konsulligi idorasida topshirishigniz mumkin. Mana sayti, unda to’liq ma’lumot bor: http://www.britishcouncil.uz/en/exam/ielts
SALOM Azamat aka savolim bor edi chet davlatda o’qish uchun ielts balidan tashqari bakalavr diplomizni ballari ham yuqori alo baholarda bolishi kerak ekan shu rostmi man bakalavr diplomim o’rtacha qanday maslaxat berasz .oldindan rahmat
Bu narsa Siz xujjat topshirayotgan o’quv yurtining qabul siyosatiga bog’liq. Qaysidir oliygohlar bunga e’tibor berishadi, qaysilarigadir bu narsa ahamiyatsiz. Savolning eng yaxshi javobini o’zingiz xujjat topshirishni niyat qilgan o’quv yurtiga email yuborish orqali bilib olishingiz mumkin.
salom.men xorijda budjetga o’qimoqchi edim menga budjetga o’qish uchun menga internet orqali malumot kerak ammo unaqa topolmadim shunaqa sayt bormi
Mana bu maqolani o’qing.
Azamat aka hozirgi davomli zamon fe`lining video darsligini qachon saytga joylashtirasiz ?menga To Be fe`li mavzusidagi video darslik juda yoqdi. Raxmat!
salom azamat aka sizga bir savolim boredi. arab davlati universtetida ielts sertifiqati bilan oqisa boladimi?
Azamat aka menga IELTS haqida to’liqroq ma’lumot bersangiz. U qanday bo’limlardan iborat. Qancha vaqt beriladi. Hammasi haqida ma’lumot bering. Javob uchun oldindan rahmat
Videolani olib bo’lmayapti. Man 2016-yil Turnga ketishim kere. Shunchun ingliz tilini tez o’rganishshi xohliman.
Videolarni olishda nima maummo bo’layapti. Nega olib bo’lmayotganligini yozing, yordam berishga harakat qilaman.
salom Azamad aka savolim boridi ielst qanday yolanishi bor qancha vaxt beradi va qancha ball boladi oqishga nifuzli grant olish uchun ball miqdori qancha bolishi shart javob uchun oldindan raxmad
IELTS yo’nalishlari haqida maqolada yozilgan. Siz olgan ball qancha yuqori bo’lsa, grant asosida o’qish imkoniyatingiz ham, umuman xorijda o’qish imkoniyatingiz ham shunchalik ko’p bo’ladi. 6-7 ball xorij o’quv yurtlariga qabul qilinish uchun yetarli.
Assalomu alekum Azamat aka sizga savolim bor edi. MDIS in Tashkent institutida grant asosida öqisa böladimi ?
Institut saytiga kirib tekshirib ko’ringchi, agar grant bilan o’qitishsa bizga ham xabar berasiz.
http://www.id.uz/users/image/axodjakov/large
Best picture. Azamat’s phone number if you wanna call : +998937982200.
ingliz tilini mukamlaroq o’rganmoqchiman,jonli dars qachon iwga tuwadi
NIMAGA FAQAT ADMINISTRATOR TASDIQLASHI KRRAK TUSHUNMADIM. XATO SAVOL BERYAPMANMI
Umumiy savollar faqat saytning Savol-Javob qismida qabul qilinadi. Duch kelgan maqolada mavzuga oid bo’lmagan savollar yozmang.
Salom Azamat aka men ham ielts ni o’rganmoqchiman Nima qilishim kerak maslahat Bering iltimos !!!
Azamat !
Judayam ajoib narsa qildiz!!!
O`farinlar bulsin sizga !!! Ilohim sizday insonlar kupaysin davlatimizda!!!
Chunki juda atrof -muhitdan kunglim qola boshlagan edi !!
People think only about their own profit !!!
Molodec !!!
people always talk and think about reputation
Assalomu alaykum Azamat aka yaxshimisiz sizga bitta savolim bor edi.Amerika oliy o’quvyurtlarida topshirganimizda
«ACT » imtihonining SAT ga qaraganda nisbatan imkoniyatlari ko’pmi?
shu haqida gapirib o’tsangiz.
salom men 15 yoshdaman mock exam topshirganimda 5 ball oldim nma deb o’ylaysz bu meni yoshimga yetarlimi
assalomu alaykum ieltsga qancha vaqt ketadi tayyorlanishgachi