Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Xojatxonaga kirib ishini qilishga o’rgatilgan mushuklar

Xojatxonaga kirib ishini qilishga o’rgatilgan mushuklar

«Qanday sayt tayyorlasam ekan?», «Saytimda qanday xizmat yoki mahsulotimni sotsam ekan?», deb o’ylab yurgan havaskor webmasterlar ham, profilar ham ko’plab topiladi. Ular turli g’oyalarni ilgari surishadi, turli mavzudagi saytlarni yaratishga jazm qilishadi, turli antiqa xizmat yoki mahsulotlarni internet foydalanuvchilariga taqdim etish haqida o’ylab ko’rishadi. Ammo ko’pchilikni «…yo’-g’e! Bunday axmoqona g’oya menga qanday kelib qoldi. Bunday axmoqona mavzudagi sayt bilan hech qachon pul ishlab ololmayman», yoki «Bunday axmoqona xizmat yoki mahsulot uchun internet orqali hech kim menga pul to’lamaydi!», kabi jur’atsizliklar buyuk va g’alati bo’lsa ham, mashxur saytlarni yaratish shahdidan qaytarib qoladi.

Sizda ham shunday bo’lganmi? O’z saytingizni g’alati, foydalanuvchilarga sotmoqchi bo’lgayotgan maxsulot yoki xizmatingizni axmoqona deb o’ylaysizmi? Unda buni qarang:

«Bizning kitoblarimiz, qo’llanmalarimiz va DVD video darslarimizni sotib oling. Mushugingizni xojatxonaga borib ishini qilishga o’rgatasiz!» 😀 Bunday reklama bilan «Mushuklarni xojatxonaga borib ishini qilishga o’rgatish» kitoblari va DVD darslarini millionlab dollarlarga pullayotgan www.toilettrainedcat.com sayti o’zining xizmat va mahsulotlarini hech ham g’alati deb o’ylamaydi.

Sayt shu vaqtgacha juda ko’p nusxalarda kitoblar, DVD disklar sotgan va ular natijasida xojatxonaga borishni o’rgangan mushukchalar haqida saytning mahsulot natijalari sahifasida fahrlanib yozadi!

Saytning mahsulotga buyurtma berish sahifasiga o’tamiz. U yerda mushuklarga kerakli bo’lgan odobni o’rgatadigan DVD disklar salkam 30 dollarga sotilishi yozilgan. Iltimos, sotib olmang! Mushugingiz damini olsin! 😀

Bugundan boshlab menda har qancha axmoqona g’oya paydo bo’lsa ham, uni rad etmasdan darhol bajarishga kirishaman. Chunki, mushuklar xojatxonasi sayti shu g’oya bilan shu vaqtgacha sayt orqali pul ishlab topayaptimi, demak bundan battari bo’lishi mumkin emas! Orzu qilishda davom eting, Siz albatta katta daromad keltiradigan sayt tayyorlaysiz.

Abituriyentlar uchun test formulalari

3 ta fikr

  1. Salom, Azamat aka juda ajoyib maqola bo’libdi. Bunday saytlar haqidagi ma’lumotni google dan qanday izlashdi yozvoring

  2. Shunaqa maqolalar yoqadi

  3. ♡Like Maqolaga gap yo’q! Bizda ham o’shanday axmoqona g’oyalar tug’iladi ayrim vaqtlar ammo, O’zbekistonda unday saytlarga qiziqish kamda.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*