Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Xatolardan o’rganish – eng katta xato!

Xatolardan o’rganish – eng katta xato!

Biz “Xatolaringdan o’rgan”, “Sendan avvalgilar yo’l qo’ygan xatoni takrorlama” degan gaplarni ko’p eshitganmiz. Ko’pchilikning fikricha xatolardan o’rganish muvaffaqiyatga erishishning to’g’ri yo’li hisoblanadi. Ammo bu eskirgan dunyoqarash zamonaviy hayotda muvaffaqiyatli bo’lishingizda to’siq bo’ladi. Biz hech qachon xatolarga o’rganish vositasi sifatida qaramasligimiz kerak.

Xato qilib qo’yish orqali qaysidir hatti-harakat ish bermasligini bilib olishimiz mumkin. Ammo shu xato bizga aynan qaysi hatti-harakat bizni muvaffaqiyatga olib borishini ko’rsatib bera olmaydi. Xato natijasida biz maqsadga olib borishi mumkin bo’lgan mingta yo’ldan faqat bittasi noto’g’ri ekanligini bilib olamiz, xolos. Ammo xato bizga maqsadga olib boruvchi yagona, bitta, to’g’ri yo’lni ko’rsatib bera olmaydi. Shuning uchun ham biz xatolardan emas, muvaffaqiyatlardan o’rganishni odat qilishimiz kerak.

Xatolardan o’rganishga odatlanib qolish surunkali sustkashlikka olib kelishi mumkin. Buni oddiy, hayotiy misol asosida tushuntiraman. Masalan, akasi yaxshi kasb egasi bo’lishni orzu qilib oliy o’quv yurtiga xujjat topshirdi. Bir necha yil o’qishdan yiqilib, qiynalib talabalik baxtiga erishdi. O’qishni tugatgandan so’ng mutaxassisligi bo’yicha iqtisodchi bo’lib bankka ishga kirdi va bir yil ham ishlay olmasdan, mutaxassisligi bo’yicha ishini tashlab savdo qilishga o’tib ketdi. Ukasi ham bolalikdan akasi singari o’qishga kirishga, iqtisodchi bo’lish va bankda ishlashga qiziqardi. Uka akasining xatosini ko’rdi – aka bir nech yil vaqtini bekorga o’qish uchun sarfladi va shuncha qiynalib erishga diplomi bir chetga tashlab, umuman diplom talab etilmaydigan sohada ishlab ketdi. Agar uka akasining xatosidan o’rgansa, tabiiyki, “O’qigan akamning ahvoli bu bo’lsa, men o’qib nima qilaman?” deydiyu, orzu-rejalaridan voz kechib, hatto urinib ham ko’rmasdan, o’zi istamagan biror sohaga ergashib ketadi. Natijada qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan muvaffaqiyat, kelajakda erishish mumkin bo’lgan orzudagi mavqe yo’qqa chiqadi. Mana Sizga xatolardan o’rganishning zararli jihati. U insonni harakatdan to’xtatib qo’yadi va kishidagi intilishni yo’qqa chiqaradi.

Siz atrofingizdagilarning xatolariga emas, muvaffaqiyatlariga ko’proq e’tibor berishni o’rganing. Ular yo’q qo’ygan xatolarni Siz ham takrorlashingiz mumkinligi Sizni urinib ko’rishdan to’xtatib qolmasin. Ular bir ishni uddalay olishmagan bo’lsa, Siz uni uddalashingiz mumkin. Ular bir usul bilan katta daromadga erisha olishmagan bo’lsa, Siz huddi shu usuldan foydalanib foydaga ega bo’lishingiz mumkin. Ularning xato qilganliklari Sizning ham xato qilishingizni anglatmaydi.

Atrofingizdagilarni hisobga olmaganda, o’z faoliyatingizda ham huddi shunday – xatolardan emas, muvaffaqiyatlardan o’rganishga qat’iy amal qiling. Kecha qaysidir sohada xato qildingizmi, bugun yana shu sohada o’zingizni sinab ko’ring. Bir marta xato qildim, deb chekinmang. Axir bugun erishadigan muvaffaqiyatingizdan ertangi kuningizdagi faoliyat uchun saboq olasiz!

Muvaffaqiyatlardan o’rganish – tabiat qonuni. Tabiatda bitta qonun bor: nima ish bersa, shu narsa rivojlanadi. Nima ish bermasa, tabiat undan darhol halos bo’lishga urinadi. Bizni o’rab turgan butun borliq shunday ishlar ekan, nega endi Siz bunday qilmasligingiz kerak?

Xatolardan o’rganish – eng katta xato!” maqolasida 11 fikr

  1. Bexruz

    “Xatolaringdan o’rgan”, “Sendan avvalgilar yo’l qo’ygan xatoni takrorlama” Siz bu gapni mazmunini noto’g’ri tushungan ekansiz. Xatolarsiz bo’lmaydi biz xato qilganimizdan keyingina saboq olamiz. Xato qilmaydigan odam bu harakat qilmaydigan odamdir. Xato qilindimi uni albatta tahlil qilib chiqiladi qayerda xatoga yo’l qo’yilganligi obdon o’rganiladi va uni kelgusida takrorlamaslikka harakat qilinadi. Misol uchun ingliz tilidan test yechsak 10 tadan 8 tasi to’g’ri chiqsa qolgan xato qilingan 2 ta javobni o’rganmay tashlab ketsa bo’laveradimi. Muvoffaqiyatli bo’lgan 8 ta savolga sevinib ulardan o’rganib yurilaveradimi? Yo’q kechirasiz, usha chiroqni (lampochka) ixtiro qilgan Tomas Edison ham avval 10 000 marta xato qilgan. Ularni obdon o’rganib so’ngra bemisil kashfiyotini amalga oshirgan. U muvafaqiyatdan qanaqa qili o’rgana olardi axir ushanda hech kim chiroq (lampochka) o’ylab topmagan ediku.

    Javob berish

    1. Lutfullo

      siz ham qaysidir ma’noda to’g’ri aytayabsiz… Lekin shuni unutish kerakmaski xato borasida har bir mutaxassis turlicha yondoshgan!

      Javob berish

  2. mohishka

    Chindan ham bir-ikki marta xato qildik deb baridan kechib ketish ahmoqlik emasmi? O’zingiz aytganizdek yana brain boshidan boshlab, o’zni sinab ko’rish kerakmasmi? Balki biz ham yana barini boshidan boshlab ko’rarmiz? qaysidur urinishimizda balki natija yahshi bo’lar, balki bir-birimizni ko’nglimizni topa olarmiz?

    Javob berish

  3. Dilrabo

    Bexruz sizzi fikrlariz ajoyib hatto isboti bilan….Ammo bu degani Azamat Xodjakovni fikrlari mutlaqo noto’g’ri degani emas!!!!! Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladiki ularning ba’zisida siz etgandaka xatolardan o’rganiw kere, ba’zisida esa muvaffaqiyatdan quvoniw kere!!!! Inson o’ziga nisbatan ishonchini owiriwi uchun birinchi navbatda muvaffaqiyatini his eta oliwi kere!!!

    Javob berish

  4. Go`zal Rashidova

    Страх перед возможностью ошибки не должен отвращать нас от поисков истины.***Гельвеций

    Javob berish

  5. Go`zal Rashidova

    ***Мы учимся на собственных ошибках и после повторяем их опять… Когда душа уже в сплошных ушибах, мы что-то начинаем понимать…

    Shunga ko`ra aytish mumkinki: Your best teacher is your last mistake!!!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan