Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / WordPressda ko’rishlar soni imkoniyatini yaratish

WordPressda ko’rishlar soni imkoniyatini yaratish

Saytlarda maqola yoki sahifalardagi ma’lumot necha marta ko’rilganligini bildirib turuvchi raqamlarga duch kelgansiz. Odatda bunday ma’lumot ko’z rasmi tushirilgan icon hamrohligida tasvirlanadi. Bu imkoniyat ko’pchilik WordPress shablonlarida bor. Ba’zi plaginlar bu kabi imkoniyatlarni juda chiroyli tarzda taqdim eta oladi. Ushbu maqolada WordPress asosida ishlaydigan saytingizda maqola (yoki sahifa)laringiz necha marta ko’rilganligiga ishora qiluvchi ma’lumotni qanday qilib yaratishni o’rganishingiz mumkin.

Maqolangiz saytda necha marta ko’rilganligini bildiruvchi ma’lumotni plagindan foydalangan holda, yoki kod yordamida yaratishingiz mumkin. Maqola necha marta ko’rilganligiga oid amaliyotlarni bajaruvchi plaginlar ko’p. Qidiruvda eng birinchi o’rinda chiqqan plagin – Post Views Counter. Bu plaginni o’rnatib, berilgan maxsus PHP kodni saytingizning kerakli joyiga qo’ysangiz, maqolalaringiz necha marta ko’rilganligi haqida ma’lumot paydo bo’ladi. Bundan tashqari plaginning admin panelda ma’lumotlarni ko’rish bo’yicha maxsus statistikasi va qo’shimcha imkoniyatlari ham bor ekan.

Maqolalarni ko’rish sonini saytda plaginsin chiqarsa ham bo’ladi. Buning uchun quyidagi kodlardan foydalanishingiz mumkin. Eslatib o’tmoqchiman, funksiyalar single.php faylida, loop ichida chaqiriladi:

1. Maqola ochilganda, uni bir marta ko’rilganligi haqida ma’lumotni bazaga yozamiz:

<?php setPostViews(get_the_ID()); ?>

2. Maqola siz ko’rganingizgacha bo’lgan vaqt davomida necha marta ko’rilganligini bildiruvchi ma’lumotni ko’rsatamiz:

<?php echo getPostViews(get_the_ID()); ?>

Ko’rishlar sonini ko’rsatish joyida FontAwesomening ko’z ikonkasidan foydalanishingiz maqsadga muvofiq.

Maqola necha marta ko’rilganligini bazaga yozish va mavjud ko’rilgan sonlarni ko’rsatish qismi tayyor. Engi shabloningizning functions.php fayliga o’tamiz.

3. Quyidagi kodni saytingizda joriy ishlatilayotgan shablonning functions.php fayli ichiga joylashtiring:

<?php
// maqola necha marta ko'rilganligini bildiruvchi funksiya.
function getPostViews($postID){
    $count_key = 'post_views_count';
    $count = get_post_meta($postID, $count_key, true);
    if($count==''){
        delete_post_meta($postID, $count_key);
        add_post_meta($postID, $count_key, '0');
        return "0 marta ko'rilgan";
    }
    return $count.'  marta ko\'rilgan';
}

// ko'rishlar sonini sanovchi funksiya.
function setPostViews($postID) {
    $count_key = 'post_views_count';
    $count = get_post_meta($postID, $count_key, true);
    if($count==''){
        $count = 0;
        delete_post_meta($postID, $count_key);
        add_post_meta($postID, $count_key, '0');
    }else{
        $count++;
        update_post_meta($postID, $count_key, $count);
    }
}

// WP-Admin ustuniga qo'shish.
add_filter('manage_posts_columns', 'posts_column_views');
add_action('manage_posts_custom_column', 'posts_custom_column_views',5,2);
function posts_column_views($defaults){
    $defaults['post_views'] = __('Ko\'rilgan');
    return $defaults;
}
function posts_custom_column_views($column_name, $id){
	if($column_name === 'post_views'){
        echo getPostViews(get_the_ID());
    }
}
?>

Endi saytingizning old tomoniga o’tib, istalgan maqolani ochib ko’ring. Siz belgilagan joyda maqola necha marta ko’rilganligini bildiruvchi raqam turgan bo’lishi kerak. Shu maqolaning o’zida sahifani yangilasangiz, ko’rishlar soni ham ortib boradi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. Aynan qayeriga qo’yiladi kod 3 si

  2. functions.php ni qayeriga demoqchiman

  3. Bratan sayt yasisakan lekin himoyasi bilan shugulinmisiakan

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*