Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

WordPressda eski maqolalarni qayta jonlantirish

WordPressda eski maqolalarni qayta jonlantirish

Saytimizga har kuni ham maqola yoza olmaymiz. Ba’zan yangi maqola yozish uchun yetarlicha ishtiyoqning yo’qligi, yoki shunchaki vaqt yetmasligi bunga sabab bo’lishi mumkin. Maqolasiz blogning holati uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi yoki guruhiga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bir necha kun yangi maqola chop etilmagan sahifa foydalanuvchilar e’tiboridan chetda qolishi hech gap emas. Shunday vaziyatlarda eski maqolalarni qayta jonlantirish blog yurituvchilar uchun juda qo’l keladi!

Eski maqolalarni qayta jonlantirish

WordPress muhitida ishlaydigan Revive Old Post plagini saytingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini faol holatda saqlab turishingizga yordam beradi. Plaginning ishlash tartibi juda sodda va u quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Plaginni o’rnatgandan so’ng uni keraklicha sozlaysiz;
  2. Plagin sozlanmaga asosdan eski maqolalarni ijtimoiy tarmoqlarga «share» qiladi;
  3. Sozlanmaga ko’ra avval «share» qilingan yoki faqat «share» qilinmagan maqolalar chiqariladi;
  4. Saytga maqola kiritilmasa ham ijtimoiy tarmoq sahifasi faol tarzda yuritiladi.

Bu plagin nafaqat saytga maqola joylanmagan vaqtda ish beradi, balki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga saytingizning eski ammo qimmatli bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarga boy maqolalarini eslatib ham turadi. Saytga maqolalar shunchaki yozilmaydi. Sayt ma’lumotlari foydalanuvchilarga qiymatga ega ma’lumot berishi zarur. Shunday maqolalarni foydalanuvchilarga topib berish, ba’zan ijtimoiy tarmoqlar orqali saytimizda qanday maqolalar borligini ko’rsatib turish ham sayt darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

SEO? Albatta bu usulda eski maqolalarni tarmoqlarda ulashish sayt SEOsiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eskiroq maqolalaringizga ham ko’proq foydalanuvchilar tashrif buyurishsa, eski maqolalar ijtimoiy tarmoqlarda ko’proq aylansa saytingizning Google va boshqa qidiruv mashinalarida indekslanishi rivojlanadi.

Yana qanday qulaylik bor?

Revive Old Post plagini faqat eski maqolalarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish bilan cheklanib qolmasdan yangi chop etilgan maqolalarni ham tarmoqlar sahifalariga avtomatik tarzda chop etish qulayligiga ham ega. Saytingizga yangi maqola joylashingiz bilan u saytda va plagin orqali ko’rsatilgan barcha ijtimoiy tarmoq sahifalarida avtomatik tarzda chop etilishi foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni tezkorlik bilan yetkazishingizni ta’minlaydi. Saytga yangi maqola joylangan zahoti ortiqcha urinishsiz minglab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini bundan xabardor qilish har bir blog yurituvchisi uchun juda qulay.

Revive Old Post plaginini sinab ko’ring. Saytingiz maqolalarini qayta jonlantiring!

WordPressda eski maqolalarni qayta jonlantirish” maqolasida 13 fikr

  1. Abdulloh

    Assalomu alekum Azamat aka menda bir savol bor edi sayt ochib unda lotoreya uyushtirmohchi edim shunga litsenziya olish kerakmi yoki yo’qmi lotoreya saytni rivoji va tashriflar sonini ko’paytirish uchun va albatta reklamalardan ko’ppulishlash maqsadida Javobingiz uchun oldindan rahmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Litsenziya albatta kerak. Qaysi tartibda olinishi haqida Yagona darcha markazlaridan biriga borib bilishingiz mumkin.

      Javob berish

  2. Muqimjon

    Assalomu alaykum! Azamat aka dasturlar, saytlar umuman Internet haqida to’liq bilimlar olishim uchun qanday oily o’quv yurtlarini maslahat bera olasiz?

    Javob berish

  3. Muqimjon

    To’g’risini aytsam saytingizga bog’lanib qoldim. Deyarli barcha mavzular meni yanada qiziqtirib bormoqda. Faqat maqolalardagi ko’p so’zlar men uchun yangilik. Shular haqida to’liq ma’lumotlarni qayerdan olsam bo’ladi? O’zingizga murojaat qilsam bo’ladimi?

    Javob berish

  4. Javohir

    Assalomu alekum Azamat aka nega saytizdigi counterlarni olib tashladiz sizzi saytizga qancha odam kirvotkanini bilib turardik va o’zimizni saytimiz bilan solishtirardik yoki saytga zararli joyi bormi?

    Javob berish

  5. Adiz

    Salom. Shaxsiy rivojlanishni tashlab qo’ydim. (Meditatsiya, muloqot strategiyasi, odamlarga ta’sir qilish, hokimiyat haqida.) Uning o’rniga internetda (bekorga) soatlab o’tiraman. Motivatsiyani qanday olishim mumkin?

    Javob berish

    1. Bakha

      Internetda hecham berkor o’tiraman deb o’ylamang, siz internetda o’tirishingiz sayi borlarga pul keltiradi. Shuning uchun ko’proq o’tiring. Bilmadim ne maqsadda yozdingiz, lekin sizni gaplaringiz balandparvoz tuyulayapti: hokimiyat, odamlarga ta’sir o’tkazish… Oldin qo’ylarni boshqarishga harakat qilib ko’ring, quloq solsa, ana keyin odamlarga o’ting. Hammaga ma’lum, odamlarga ta’sir o’tkazish san’ati mavjud, lekin bu ochiq oydin gapirilmaydi, buni shaxsiy rivojlanish deb atash, xmmm…
      if (!tushunarsiz) {alert(‘bu sayt siz uchun emas’)}
      else alert(‘hush kelibsiz’);

      //Azamat aka quyidagi shunchaki hazil, xohlasangiz qoldiring, xohlasangiz o’chirib tashlang ))

      JavaScript dasturlash tilini o’rganish juda oson, buning uchun консольни ochib quyidagi kodni yozing:

      for(var learnJavaScript = 0; learnJavaScript > 500000; learnJavaScript++){
      console.log(learnJavaScript);
      }

      Javob berish

      1. Arman Esimbaev

        Menimcha WordPressda sayt yaratishni internet orqali o’qib, o’rganib olsa ham bo’ladi. Men esa o’zimning saytimda WordPressda sayt yaratish bo’yicha o’zbek tilida dasliklarni joylashtirib borayabman. O’zbekistonliklar uchun internetda sayt yaratish bo’yicha kichik qo’llanma sifatida. O’ylaymanki yozgan maqolalarim odamlarga foydasi tegadi. Saytim nomi kak.uz

        Javob berish

        1. Bakha

          Arman worppressni yaxshi tushunar ekansiz, lekin SEO saytingizda umuman bo’lmaydi, birinchidan breadcrumbs post nomini chiqaradi, bu h1 yoki title`ning dubli bo’ladi, keyin saytingizda wordpressda-sayt-yaratish degan kategoriya oching, dars nomerlari esa post url`i bo’lis. masalan sitename/wordpressda-sayt-yaratish/1-dars , xavfsizlik deyarli yo’q, wp-admin uchun login `arman esimbaev` avtor nomi bilan bir xil, admin panelda agar admin nomi to’g’ri kiritilsa, lekin parol noto’g’ri yozilsa, foydalanuvchi logini to’g’ri ekanligi, faqat parol noto’g’ri ekanligi ham chiqmoqda. Masalan:
          login: arman esimbaev
          parol: 12345

          XATO: Foydalanuvchi uchin kiritilgan parol arman esimbaev noto’g’ri. Parolni unutdingizmi?

          Demak, brutfors bilan saytingizni buzish ancha osonroq. Yoast Seo obnovit qilinmagan, eski plaginlar esa SQL injection uchun juda qo’l keladi. Kesh yaratuvchi plagin o’rnatilmagan, server 1.5 sekundda javob berdi. Qisqasi, xali ko’p ishlash kerak. CSS va JS fayllarni bitta qiluvchi plagin o’rnating, http zaproslar kamayadi, htaccess da fayllar uchun kesh vaqtini belgilang. Men bularni hammasini nima uchun yozayapman, chunki siz yaratgan mavzu bo’yicha sayt juda kerak, lekin o’zingiz namuna bo’la olmayapsiz shekilli. hatto wp-admin shu turishicha qolib ketgan, boshqasiga almashtirsangiz bo’lar edi, masalan sitename/myadminpanel. Agar bironta maktab bolasi metasploit ishlatishni bilsa, ikki kunga qolmay saytingizni buzib kira oladi, ishonavering, yoniq xmlrpc + loginni bilish bu ovqatni chaynab berishdek gap, faqat yutish qoladi. Saytingizda пользователи ga kirib, o’z profilingiz ustiga bosing, so’ng ник degan joyda boshqa narsani yozing, login bilan to’g’ri kelmasin

          Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan