Bosh sahifa / WordPress / Yuritish / WordPressda eski maqolalarni qayta jonlantirish

WordPressda eski maqolalarni qayta jonlantirish

Saytimizga har kuni ham maqola yoza olmaymiz. Ba’zan yangi maqola yozish uchun yetarlicha ishtiyoqning yo’qligi, yoki shunchaki vaqt yetmasligi bunga sabab bo’lishi mumkin. Maqolasiz blogning holati uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi yoki guruhiga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bir necha kun yangi maqola chop etilmagan sahifa foydalanuvchilar e’tiboridan chetda qolishi hech gap emas. Shunday vaziyatlarda eski maqolalarni qayta jonlantirish blog yurituvchilar uchun juda qo’l keladi!

Eski maqolalarni qayta jonlantirish

WordPress muhitida ishlaydigan Revive Old Post plagini saytingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini faol holatda saqlab turishingizga yordam beradi. Plaginning ishlash tartibi juda sodda va u quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Plaginni o’rnatgandan so’ng uni keraklicha sozlaysiz;
  2. Plagin sozlanmaga asosdan eski maqolalarni ijtimoiy tarmoqlarga «share» qiladi;
  3. Sozlanmaga ko’ra avval «share» qilingan yoki faqat «share» qilinmagan maqolalar chiqariladi;
  4. Saytga maqola kiritilmasa ham ijtimoiy tarmoq sahifasi faol tarzda yuritiladi.

Bu plagin nafaqat saytga maqola joylanmagan vaqtda ish beradi, balki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga saytingizning eski ammo qimmatli bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarga boy maqolalarini eslatib ham turadi. Saytga maqolalar shunchaki yozilmaydi. Sayt ma’lumotlari foydalanuvchilarga qiymatga ega ma’lumot berishi zarur. Shunday maqolalarni foydalanuvchilarga topib berish, ba’zan ijtimoiy tarmoqlar orqali saytimizda qanday maqolalar borligini ko’rsatib turish ham sayt darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

SEO? Albatta bu usulda eski maqolalarni tarmoqlarda ulashish sayt SEOsiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eskiroq maqolalaringizga ham ko’proq foydalanuvchilar tashrif buyurishsa, eski maqolalar ijtimoiy tarmoqlarda ko’proq aylansa saytingizning Google va boshqa qidiruv mashinalarida indekslanishi rivojlanadi.

Yana qanday qulaylik bor?

Revive Old Post plagini faqat eski maqolalarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish bilan cheklanib qolmasdan yangi chop etilgan maqolalarni ham tarmoqlar sahifalariga avtomatik tarzda chop etish qulayligiga ham ega. Saytingizga yangi maqola joylashingiz bilan u saytda va plagin orqali ko’rsatilgan barcha ijtimoiy tarmoq sahifalarida avtomatik tarzda chop etilishi foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni tezkorlik bilan yetkazishingizni ta’minlaydi. Saytga yangi maqola joylangan zahoti ortiqcha urinishsiz minglab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini bundan xabardor qilish har bir blog yurituvchisi uchun juda qulay.

Revive Old Post plaginini sinab ko’ring. Saytingiz maqolalarini qayta jonlantiring!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*