Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

WordPress tizimida saytga a’zolikni yoqish

WordPress tizimida saytga a’zolikni yoqish

WordPress tizimi ilk bor o’rnatilganda saytga a’zolik o’chirilgan bo’ladi. Demak, yangi o’rnatilgan WordPress saytida istalgan foydalanuvchi saytga a’zo bo’la olmaydi. Ba’zi saytlar uchun bu yaxshi holat bo’lishi mumkin. Ayniqsa, saytni bir kishi yuritsa, sayt shaxsiy blog bo’lsa va sayt egasi foydalanuvchilarning faqat sayt ma’lumotlaridan foydalanishini xohlasa, ularning saytga ma’lumotlar qo’shishini istamasa yangi a’zolarning ro’yxatga olinishi o’chirilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Saytga a’zolik tizimini yoqishning esa saytning omma tomonidan ma’lumotlarga boyitilishini istaganlar uchun foydali tomonlari bor. O’z email manzili yordamida, login va paroliga ega bo’lgan holda saytga a’zo bo’lgan foydalanuvchilar saytga maqolalar, ma’lumotlar qo’shishi, belgilangan tartibdagi mansablar qulayligidan bahramand bo’lishlari mumkin. Ushbu maqolada WordPress asosida ishlaydigan saytlarda a’zolik tizimini yoqish haqida fikr yuritamiz.

WordPress tizimida yangi a’zolarning saytga qo’shilishlari Sozlanmalar -> Umumiy (Settings -> General) bo’limi orqali yoqiladi. Bu bo’limga kirganingizda quyidagi manzaraga guvoh bo’lasiz:

Membership (A’zolik) bandidagi Anyone can register (Har kim a’zo bo’lishi mumkin) qismiga belgi qo’ysangiz, saytda a’zolik tizimi yoqilgan hisoblanadi. Undan so’ng esa yangi a’zo bo’lgan foydalanuvchilarning qaysi mansabda bo’lishlari belgilanishi kerak bo’lgan bandni ko’rasiz. Yangi a’zo bo’lgan foydalanuvchilarga mansab tayinlashda ehtiyotkor bo’ling. Yuqoriroq mansab belgilangan holda istalgan yangi foydalanuvchi sayt ma’lumotlarini o’zi xohlagancha boshqarishi, hatto butunlay o’chirib yuborishi ham mumkinligini yodingizdan chiqarmang! Mansablar haqida to’liq ma’lumotni mana bu maqoladan olishingiz mumkin.

WordPressning standart holatida foydalanuvchilar www.saytnomi.uz/wp-signup/ linki orqali saytga a’zo bo’lishlari mumkin. Ba’zilar uchun WordPressning standart login va a’zolik formasi oddiydek tuyulishi mumkin. Ba’zi plaginlar yordamida WordPressdagi ushbu standart formalar chiroyliroq qilib bezatilishi mumkin. Pie register kabi plaginlar orqali esa standart formaga o’zgartirishlar kiritish, qo’shimcha ma’lumot yig’ish formalarini tashkil etish ham mumkin.

WordPressning backendidagi login va a’zolik formasidan foydalanishni istamasdan, saytning frontend qismida saytga kirish va a’zolik formalarini ko’rsatishni istagan sayt egalari uchun esa Profiles Builder kabi plaginlar mavjud.

Har qanday holatda ham WordPress asosida ishlaydigan saytingizda foydalanuvchilar a’zoligini yoqish yoki o’chirilgan holatda qoldirishni faqat o’zingiz tanlaysiz.

WordPress tizimida saytga a’zolikni yoqish” maqolasida 22 fikr

  1. Mirshohid

    Azamat aka BOT lar ham ro`yxatdan o`tib odamni qon qilib yuborarkan. O`qituvchim blogida fikr bildiraverishganidan keyin muhokamalani yopib qo`ysam 1 kunda 800 ta bot ro`yxatdan o`tibdi. Shularga qarshi biror narsa bormi?

    Javob berish

  2. Jamoliddin

    saytdan royhatan otishi qanaqa qip pullik qip qoysa boladi iloji bosa shuniyam chuntrib otsez yaxshi bolardi. rahmat

    Javob berish

  3. o'ktam

    CMS yoki boshqasidami?
    cmslarda bo’lsa ancha qiyinroq.
    agar saytingiz frameworklarda bo’lsa siz maxsus script yozasiz va sizga (yuridik bo’lgan hollardagina) kod beriladi. va uni kiritasiz. Agar click yoki websum bo’lsa
    paypal, yoki webmoney bo’lsa ularga svript va pluginlar topsa bo’ladi

    Javob berish

    1. jamoliddin

      javob uchun rahmat. man sayti cms.da yaratganidm. man yuridik shaxsmasman. man regstratsiyasi pullik bogan sayti yaratishim uchun birinchi nimadan boshli? ham oson ham arzon yolini orgatolisizmi.?

    1. jamoliddin

      man bula haqida tushunchamam yoq hali. googledan oqib chiqdm ochogi judayam kam narsani tushundm

  4. o'ktam

    Men oldinroq yaratgan saytimga o’zim script yozganman. Men tayyor scriptlardan kamdan kam foydalanaman. Xatto men cms ishlatsam ham unga o’zim plugin va komponentlarni tuzaman…
    Sizga ham php yoki joomla wp ga topib yoki yaratib berishim mumkin…
    Menda hozir paypal ga php script va joomla va wpga bor o’zim qilganim. biroq buna script pluginlar googleda ham bor.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zingiz o’rgatilganidek bajarmasligingizga biror jiddiy sabab keltiring.

    2. Abdurakhmon

      U yerda juda kop so’zlarni tarjima qilishim kerak men es ingliz tilini bilmayaman!
      Ingliz tilini bilgan taqdirda ham to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinmaydi sayt tili ham mavjud bularni ham bilmayman shuning uchun so’rayapman!!!

    3. Abdurakhmon

      u yerda tarjima qilingan yaxshi emas chunki bazi ingliz so’zlar yo’q po fayli ichida masalan LEAVE A REPLY, REPLY VA BOSHQALAR BULAR YO’ BO’LGANDAN KEYIN ularni tarjima ham qilolmayman shuning uchun rus tilini po faylini olib uz_UZ deb nomladim va ichidagilarini tarjima qilish qiyin shuning uchun siznikini so’radim!
      sizniki juda mos siz ishlatga tema mualliflari men ishlatayotgan tema muallifi shunga juda mos tushadi!

    4. Azamat Xodjakov

      Men ham yuqorida ko’rsatilgan joydan olingan til fayllaridan foydalanaman.

  5. Javohir

    Balki tushuntrsangiz o’rnata olarman . Post yozsam post butunlay bosh sahifada korinebdi shuni qanday togrlasam boladi . Davomi.. ga bossa maqola to’liq chiqadigan qilmoqchiman . Yordam be ring iloji bolsa

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan