Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

WordPress tizimida kalit so’zlar (tag)

WordPress tizimida kalit so’zlar (tag)

Kalit so’zlar (teglar) WordPress tizimida maqolalarni umumiy mazmuni bo’yicha jamlashda ishlatiladi. Bilasizki, tizimda Bo’limlar bor va ular ham maqolalarni mazmuni bo’yicha birlashtirishga xizmat qiladi. Bo’limlar maqolalarni mazmuni bo’yicha keng doirada qamrab olsa, kalit so’zlar maqolalarni tor doirada birlashtirib turish uchun ishlatiladi.

Kalit so’z maqolaning umumiy mazmunini o’zida mujassamlashtira olgan so’zdan iborat bo’lishi kerak. Masalan, biz quyosh tizimidagi sayyoralar haqida maqola yozayotgan bo’lsak, kalit so’zlar sayyora, quyosh, yer, koinot kabi kalit so’zlardan maqolamizga biriktirilishi mumkin bo’ladi. Bitta kalit so’zga cheklanmagan miqdordagi maqolalar biriktirilishi mumkin va aksincha, bitta maqolaga ham cheklanmagan miqdordagi kalit so’zlar biriktirilishi mumkin. Kalit so’zlar uchun bo’lim chegarasiz yo’q. Bitta kalit so’z o’zida turli bo’limlarda joylashgan maqolalarni bog’lashi mumkin.

Kalit so’zlar maqola yozilayotgan vaqt maqolaga birlashtiriladi. Kalit so’zlarni kalit so’z yozish joyida vergul bilan ajratgan holda yozish tavsiya etiladi. Vergul bilan ajratilgan birliklar tizim tomonidan bitta kalit so’z deb qabul qilinadi. Vergulsiz yozilgan bir necha so’z esa bir butun kalit ibora sifatida qabul qilinadi. Maqola yozilayotgan vaqtda maqolani qandaydir bo’limga biriktirish majburiy hisoblanadi. Agar Siz maqolangizni hech qanday bo’limga biriktirmasdan chop etsangiz, WordPress tizimining o’zi uni odatiy belgilangan bitta bo’limga biriktirib qo’yadi. Kalit so’zlar bilan esa bunday bo’lmaydi. Kalit so’zlarning ishlatilishi ixtiyoriy va o’zingiz istagan maqolada birorta ham kalit so’z ishlatmaslik huquqiga egasiz.

Kalit so’zlarni maqola yozayotgan vaqtda yangi qo’shish yoki avvaldan boshqa maqolalarda ishlatilgan kalit so’zlardan foydalanish mumkin.

Kalit so’zlarning asosiy maqsadi bitta so’z ostida bir necha mazmunan yaqin bo’lgan maqolalarni birlashtirishdir. Sayt foydalanuvchilari saytda ko’rsatilgan bitta kalit so’z ustiga bosishganda shu kalit so’zga biriktirilgan bir necha maqola ro’yxati ko’rsatiladi.

Kalit so’zlar sayt muallifi, bloggerlarga ma’lumotlarini mazmuniga ko’ra Bo’limlar tizimidan keyingi o’rinda tor doirada jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari sayt foydalanuvchilariga ham bitta kalit so’z yordamida unga mazmunan yaqin bo’lgan ma’lumotlar yozilgan maqolalarni tez va oson topishga yordam beradi.

WordPress tizimida kalit so’zlar (tag)” maqolasida 4 fikr

  1. Mirshohid

    Azamat aka AKMX dagi 3D TAG cloud ni qayerdan olsam bo`ladi men WP ni oFF saytidan webdars.uz uchun mosladim HTML5 da ekan. Ishlashi yaxshi ammo qandaydur yoqmayabdida

    Javob berish

      1. Mirshohid

        Aynan o`zini, aynan WP ga tushadiganini topish qiyin. Endi WP da OnLine Plugin bo`limi ishlasa *CMSlarda* keyin o`sha yerdan yana qayta qidiraman. U yerdan yana 1-2 narsa kerak edi ammo vaqtinchalik ishlamayabdi

        Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan