Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

WordPress shablonlarini topish

WordPress shablonlarini topish

WordPress asosida tashkil etilgan saytning ko’rinishi unga o’rnatilgan tema, shablon, dizaynga bog’liq. WordPress sayt yangi o’rnatilganda u bilan birga “Twenty Fourteen” shabloni ham o’rnatiladi. Bu shablonning o’zi ham ancha chiroyli, ishlatish uchun qulay va toza. Ammo, Sizga WordPress uchun boshqa yaxshiroq shalonlar kerak bo’lsa, o’zingiz istagan ko’rinishdagi shablonni saytingizning asosiy ko’rinishi sifatida tanlamoqchi bo’lsangiz, internetda WordPress sahblonlarini qidirishingiz mumkin. WordPress uchun bepul shablonlar internetda ko’plab topilsa-da, tan olib aytish kerak, bepul shablonlarning ko’rinishi yaxshi emas. Bir necha dollarga ko’rinishi va afzalliklari Sizga ma’qul keladigan WordPress shablonlarni sotib olishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda WordPress shablonlarining eng katta jamlanmasi, ularning savdosi amalga oshiriladigan eng katta sayt Theme Forest (Shablonlar o’rmoni) hisoblanadi. U yerda turli narhlardagi WordPress shablonlarini sotib olishingiz mumkin. Theme Forest saytida WordPress shablonlarini turli mavzular filtri bo’yicha ajratib qidirishingiz mumkin. Masalan, musiqaga oid sayt ko’rinishlari alohida, ilm-fanga oid ko’rinishlar alohida, sportga oid ko’rinishlar alohida ko’rsatiladi. Bu yo’sinda o’zingizga kerakli bo’lgan shablonni topish oson kechadi.

Ammo Sizga sifati va chiroyliligi Theme Forest saytidagi shablonlardek, ammo narhi bepul bo’lgan shablonlar kerak, to’g’rimi? 🙂 Bunday shablonlarni Google qidiruvi orqali ko’plab nusxalarda topishingiz mumkin. Siz xohlayotgan pulli shablonlarning bepul tarqatiladigan nusxasi “NULLED” (“nol qilingan”), deb ataladi. Bunday nulled shablonlardan foydalanish noqonuniy, shablon muallifi huquqlarini himoya qilmaslik hisoblansa ham, ammo hozirgi kunda internetdagi ko’p saytlarda bunday shablonlardan foydalanish juda ommalashgan.

Nulled shablon o’zi nima va nima uchun null qilish muhim? Sodda qilib tushuntiraman. Har bir pulli shablonga uning ishlatilishini kuzatish va noqonuniy nusxalarning tarqalib ketishining oldini olish uchun mahsus kod o’rnatiladi. Muallif shablonni haridorga sotadi. Haridor uni sotib olib, o’z saytiga o’rnatgandan so’ng muallifga haqiqatdan ham o’sha haridor litsenziya rasmiylashtirgan saytiga shu shablonni o’rnatganligi haqida xabar boradi. Bordi-yu noqonuniy nusxa qaysidir saytga o’rnatilsa, uning noqonuniyligi haqida muallifga xabar boradi va muallif o’sha kod yuborgan habar vositasida noqnuniy nusxani o’rnatgan sayt ustida shikoyat qilishi mumkin bo’ladi. Null qilishning asosiy maqsadi ana shu kodni olib tashlash va pulli ammo noqonuniy ravishda bepul tarqatilgan shablonni o’rnatganda muallifga xabar ketmasligini ta’minlash hisoblanadi. Nulled shablonlarni ishlatish to’liq xavfsiz, agar u to’la va mukammal null qilingan bo’lsa.

Saytingiz uchun pulli shablonlarning null qilingan versiyasini qanday topishingiz mumkin? Buning uchun eng avval Sizga qaysi pulli shablon kerak ekanligini aniqlab olishingiz kerak. Buning uchun http://themeforest.net/category/wordpress sahifasiga kirib, o’zingizga mos bo’lgan, ko’rinishi yoqqan shablonning nomini bilib oling. Misol uchun, sahifaga kirib, pulli shablonlar ichida Sizga “Eprom” shabloni yoqdi, deylik. Shablon nomini bilib, Google qidiruviga o’tamiz. Qidiruvda sayt nomiga “theme nulled” yoki “wordpress theme nulled” iborasini qo’yib qidiramiz. Masalan: “Eprom theme nulled” yoki “Eprom wordpress theme nulled”. Shu tarzda Siz tanlagan shablonning null qilingan versiyasi topiladi va uni saytingizning asosiy ko’rinishi sifatida o’rnatish uchun yuklab olishingiz mumkin.

Ba’zi saytlar Siz kabi pulli shablonlarning null qilingan versiyasini izlaydigan kishilar uchun eng yaxshi pulli shablonlarning bepul null qilingan versiyalarini jamlab, yuklab olish uchun taqdim etadi. Bunday saytlarga kirib nulled shablonlarni ko’rishingiz va o’zingizga yoqqanini yuklab olishingiz mumkin bo’ladi. WordPressning null qilingan shablonlarini eng yaxshi jamlagan saytlar, mening fikrimcha, www.themelock.com va www.96down.com saytlari.

Agar Sizda WordPress sayt bo’lmasa, uni “Sayt tayyorlash: oddiydan murakkabgacha” qo’llanmasi yordamida oson o’rnatishingiz va o’z saytingizga ega bo’lishingiz mumkin. WordPress saytiga yuklab olingan shablonni o’rnatish haqida keyingi maqolalardan o’rganib olishingiz mumkin.

WordPress shablonlarini topish” maqolasida 14 fikr

  1. haker

    Zo’r narsa ekan, shunday shablonlar sizda bo’lsa saytga joylasangiz, biz ham olib ishlatardik , zo’r ish bo’lardi, wordpress dan ham video kurs yoki maqola yozsangiz juda zo’r ish bo’lardi, qiziqadiganlar juda ham ko’p

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Saytga chiqarishim shart emas, chunki bunday shablonlarni olish uchun mahsus sayt bor. Ular haqida yuqoridagi maqolada yozdim 🙂

      Javob berish

      1. haker

        Raxmat katta . WordPressni o’rnatib ko’rdim, zo’r ekan, lekin unchalik yaxshi ishlay olmayapman, shunga shu wordpress haqida ham maqola yozsangiz zo’r bo’lardi.

        Javob berish

  2. MuhammadSolih

    oddiy temalarni o’rnatish oson ekan lekin katta hajimdagi shablonlarni o’rnataolmadim keyingi maqolada shunu ham urgatsez zur bulardi

    Javob berish

  3. Islombek

    assalomu alaykum azamat aka yaxshimiz.1 ta savol boridi men wordpress.org dan cw-magazine theme masini tortim lekin aktivlashtirishni bosganimda xatolik beryapti shun xatolikni bartaraf etishda yordam bersez juda yaxshi bo’lardi.

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan