Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

WordPress shablonlari qurilmasi

WordPress shablonlari qurilmasi

Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchi!

Xush kelibsiz yangi darslar turkumiga. Ushbu darslar turkumida siz bilan WordPressda qanday qilib boshlang’ich – oddiy shablon yasashni o’rganamiz, nasib etsa 🙂

Darsni boshlashdan oldin shalon o’zi nimaligi va uning vazifasi nimaligiga to’xtalib o’tsak.

WordPressda shablonlar ‘theme’ deb ataladi. Shablonlar saytning ‘kiyimi’ desak ham bo’ladi. Sababi wordpressda qilingan sayt ko’rinishini shablon generatsiya qiladi. Ya’ni shablonda sayt ko’rinishi mujassam etadi.

Demak biz ushbu darslar turkumida WordPressda qilingan saytlarning ko’rinishlarini yasashni o’rganar ekanmiz.

  • WordPress shablonlar wp-content/theme/ papkasida joylashgan bo’ladi;
  • Har bir shablon o’z papkasiga ega bo’ladi;
  • Har bir shablon index.php va styles.css fayllariga ega bo’lishi kerak.

Yuqorida aytilganidek WordPress shablonida 2 ta fayl zaruriy hisoblanadi qolganlari ixtiyoriy, ammo o’z vasifasiga ega:

  • style.css*
  • index.php*
  • functions.php
  • archive.php
  • category.php
  • taxonomy.php
  • home.php
  • single.php
  • single-{post-type}.php
  • page.php
  • 404.php
  • image.php
  • attachment.php
  • va hokazolar…

Manba: Anvar.Ulugov.uz

WordPress shablonlari qurilmasi” maqolasida 13 fikr

  1. Mirshohid

    Azamat aka Jaridada misol uchun alohida panel bor. Ammo boshqa shablonlarga o`sha ssilka bilan kirsa kirish mumkin emas deydi.
    Oddiy shablonlarga ham shunday funksiya qo`ysa bo`ladimi?

    Javob berish

  2. Jaloliddin

    Salom azamat aka men sizni saytingizni kuzatib boraman saytingizda yozilgan wordpressda bepul sayt yaratish qo`llanmasini yuklab oldim yozilgan bo`yicha subdomen tanlanadigan joyigacha bordim shu yerda subdomen kiritish yoki domen kiritish ham mumkin ekan masalan: Jaloliddin.com deb kiritsam bepul bo`ladimi bu domen yo pullikmi wu haqida ma`lumot bering

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bepul bo’lmaydi. Siz avval domen nomini registratsiya qiluvchi saytlar orqali Jaloliddin.com domenini sotib olib, keyin uni hostingga ulashingiz mumkin.

      Javob berish

  3. isroil

    O’zbekchaga tarjima qilingan wordpress shabloni bormi, yoki tarjima qilingan shablonlar sotiladimi. Sizlarda buuyurtmaga asosan shablonni sayt qismini o’zbekchaga tarjima qilish xizmati bormi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      http://azamat.uz/wp-yordam/ sahifasida WordPressni tarjima qilish bo’yicha takliflar bor. Unda yozilishiga:

      10 tadan 100 tagacha bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish
      Xizmat bahosi: 50 000 so’m.

      100 tadan 200 tagacha bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish
      Xizmat bahosi: 100 000 so’m.

      200 tadan 500 tagacha bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish
      Xizmat bahosi: 200 000 so’m.

      500 tadan ortiq bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish
      Xizmat bahosi: 300 000 so’m.

      Xizmatga buyurtma bermochi bo’lsangiz +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

      Javob berish

  4. isroil

    Sizlar themeforest da shablon yasab sotmoqchi edinglar aytingchi shablon yasadinglarmi? Yasagan bo’lsalaring link berolasizlarmi

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan