WordPress saytiga foydalanuvchilarning kirishi

WordPress asosida ishlaydigan saytga kirish uchun saytning asosiy domenidan keyin /wp-admin deb yozish talab etiladi. Masalan, saytingiz domeni www.saytingiz.uz bo’lsa, kirish formasiga o’tish uchun www.saytingiz.uz/wp-admin manziliga murojaat qilishingiz kerak. Bu holatda quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan login formani o’z ichiga oluvchi sahifa ochiladi:
Ortiqcha izohga hojat yo’qki, ushbu formaga foydalanuvchi o’z login va parolini yozadi hamda saytning foydalanuvchilar uchun mo’jallangan bo’limiga o’tadi. Bundan tashqari ushbu sahifada yo’qotilgan/unutilgan parollarni tiklash uchun link bor. U orqali parolingizni ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rsatilgan emailingizga yuboriladigan maxsus ko’rsatmalar yordamida tiklab olishingiz mumkin. Agar saytga foydalanuvchi sifatida kirish fikridan qaytgan bo’lsangiz, login forma oxirida berilgan asosiy saytga qaytish linkini bosing.
WordPress asosida ishlaydigan saytlarga administrator foydalanuvchi sifatida kirish mana shunday tez va oson amalga oshiriladi!
Manimcha bu tez va oson emas. Bugungi kun internetida bu eng qoloq usul hisoblanadi!!!
Assalomu Alaykum! XAMPP ni o`rnatdim, wordpressni ko`chirdim, shablon topdim, endi o`sha shablonni o`zgartirishim kerak (offlineda) shuni tushuntirvoring iltimos
Shablon fayllarini o’zgartiring va localhostda turgan saytingiz sahifasini yangilang.
Azamat aka xampp ni ornatgandan keyin qanday wordpress ni brovzerda localhost/ da qanday ochsam boladi?
XAMPP o’rnatilgan papkada htdocs papkasi bor. Uning ichiga WordPressni o’chirib, o’rnatasiz. XAMPP ishlab turgan muhitda har qanday brauzer orqali localhost/ kirsangiz shu sayt ochiladi.
WordPressni htdos papkaga kochrib xampp ishga tushrb brovzerda localhost/ da avtomatik tarzda ochadimi ?
Iltmos toliqroq malumot bering.
WordPressni ko’chirib, XAMPP panelida Apache va MySQLni ishga tushirasiz. Shundan keyin brauzerda localhost/ ochiladi.
Saytim ga qanaqa qilib qo’shimcha admin tayinlashim mumkin iltimos tushuntirsangiz
https://azamat.uz/wordpressda-foydalanuvchi-mansablari-rollar/
salom men ham sayt ochmoqchiman boshidan nima qilishim kerak
Yoki hosting, domen va WordPress bilan ishlashni o’rganib o’zingiz sayt oching. Yoki to’lov asosida buyurtma berib sayt ochtiring.
Har qanday holatda ham sayt ochishingizni tavsiya qilaman.
Assalom aleykum, Azamat aka men WordPressda ishlaydigan sayt ochdim. O’sha saytga registratsiyani ham yoqib qo’ydim. Registratsiya formasi plaginini ham o’rnatdim. Lekin sayt registratsiyasi »www.misol.register» turipdi. Men login, register formalarini asosiy saytga yuqori qismiga (header qismiga) qo’ysam bo’ladimi? Yani saytga kirganingizda yuqorida foydalanuvchi sohasini qisa bo’ladimi. Misol uchun englishlife.uz saytidagi registratsiya qismiga o’xshab???
Buning uchun kod yozishingiz kerak bo’ladi. Osonroq usullari ham bor. Masalan, shortkod bilan forma chiqaradigan plaginni o’rnatib kerakli joyga forma qo’yishingiz mumkin. Har qanday holatda shabloningiz fayllarini tahrirlashingiz, oz bo’lsa ham PHP kod yozishingiz kerak.
Google orqali izlab o’rganing yoki dasturchi yollab o’zingizga kerakli natijaga ega bo’ling.