Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

WordPress bilan internet orqali pul ishlash

WordPress bilan internet orqali pul ishlash

WordPress bugungi kunda O’zbekiston saytlarining katta qismini yuritib turgan bepul CMS bo’lishi bilan bir qatorda o’zbek va jahon internet bozorida pul ishlash imkonini beruvchi eng yaxshi dasturlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib faqat WordPressning o’zini juda yaxshi o’rgangan holda internet orqali pul ishlash mumkin. Ushbu maqolada WordPress tizimini o’rganib, u orqali qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida yozmoqchiman.

WORDPRESS SHABLONLAR. Avvalgi maqolalardan birida ThemeForest bozorida WordPress shablonlarni sotish orqali yaxshigina pul ishlab olish mumkinligi haqida yozgan edim. ThemeForestda WordPress shablonlariga bo’lgan talab yuqori darajada bo’lib kelmoqda. Bir qarashda har qanday murakkablik va mavzudagi shablonni ham harid qilishayotganday tuyuladi. Aslida ham shunday. ThemeForest saytiga kirib ko’rsangiz, u yerda bir necha oy davomida birorta ham sotilmagan shablonni uchratmaysiz. Bu esa nafaqat professional WordPress dasturchilariga, balki endigina shablon yasashni o’rganib, bir necha yillik tajriba bilan o’z ustida ishlayotganlarga ham katta imkoniyat yaratadi.

ThemeForestdan tashqari yana bir nechta katta WordPress shablonlari sotish bozorlari mavjud.

Xorij bozorida shablon sotish masalasida ko’pchilikni jiddiy o’ylantiradigan nuqta sotilgan mahsulotlar pulini olish hisoblanishi hech kimga sir emas. Ammo bu masalaning yechimi Payoneer kartochkasi bo’lishi mumkin. Payoneer O’zbekistonlik dasturchilarga xorij elektron bozorlaridan to’lovlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Payoneer kartochasini ochish va olish bepul. Shunchaki saytiga kirib ro’yxatdan o’ting, yashash manzilingizni ko’rsating va Sizga bir oy ichida nomingizga ochilgan kartochkani bepul jo’natishadi!

Agar WordPress shablonlarini qanday qilib tayyorlash mumkinligini o’rganmoqchi bo’lsangiz, codex.wordpress.org saytida WordPress tizimini mukammal o’rganishni boshlashingiz mumkin. Hali WordPressni o’rganish uchun bilim yoki tajribangiz yetarli bo’lmasa, o’rganishni HTML va CSSdan boshlang. Azamat.uz saytimda ham WordPress tizimiga oid o’zbek tilidagi ba’zi ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

WORDPRESS PLAGINLAR. Tayyorlanishi shablonlarga nisbatan qiyinroq, ammo ko’pincha funksional kuchi ancha yuqori bo’lgan plaginlar tayyorlab sotish orqali yaxshigina pul ishlab olish mumkin. Hozirgi kunda millionlab dollar pul ishlayotgan mashxur WordPress plaginlari mavjud. Siz tayyorlagan plagin ham vaqti kelib dunyoga mashxur bo’lib ketishi hech gap emas. Bunda muvaffaqiyatga erisha olmagan taqdirda ham plaginingiz Sizga uni tayyorlash uchun sarflagan vaqtingizga arzirli foyda keltiradi!

WordPress shablonlarni tayyorlashni o’rganmoqchi bo’lsangiz Google qidiruvida “WordPress plugin tutorial“, deb qidiring. Minglab darslar Sizga plagin yasashni o’rgatish uchun tayyorlab qo’yilgan!

WORDPRESS YORDAM. WordPress asosida ishlayotgan saytlar qancha ko’p bo’lsa, ularga texnik yordam ko’rsatishga bo’lgan talab ham shuncha ortadi. Hozirgi vaqtda xorijiy saytlarga yordam ko’rsatish xizmatini taklif qilmasdan faqat O’zbekistondagi WordPress asosida ishlaydigan saytlarga texnik yordam xizmatini tashkil etsangiz ham onlayn tijoratingiz yaxshi rivojlanishi mumkin. Xorijda muvaffaqiyatli ishlayotgan nechta WordPress Support saytlarini bilasiz? Ulardagi taklif qilinayotgan xizmat turlarining hech bo’lmaganda yarmini ham o’zbek internetida hozircha hech kim yo’lga qo’ya olmagan. WordPress saytlarini davriy backup qilish, muammolar bo’lganda bartaraf etish va yana boshqa bir qator avtomatlashgan xizmatlar taklif qilinsa O’zbekistondagi bir qator saytlar bunday xizmatlardan foydalanishga bo’lardi. Hozirgi kunda davlat saytlarining ba’zilari ham WordPress tizimiga o’tkazilayotganligi (masalan: Sharqshunoslik universiteti (tez kunda), “O’zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnali va boshqalar) kelajakda WordPress tizimi nafaqat oddiy bloggerlar va ko’ngilochar saytlarni, balki jiddiy portallarni ham yuritadi, degan tasavvurni bera oladi.

WORDPRESS ASOSIDA SAYT TAYYORLASH. Bu usulda pul ishlash hozirgi kunda ko’pchilik sayt tayyorlash bilan shug’ullanuvchilarning eng ko’p murojaat qiladigan tanlovi emasmi? Albatta, WordPress asosida sayt ochish, uni buyurtmachi talabi asosida sozlash va ishga tushirish to’liq boshidan oxirigacha kod yozish asosida ochiladigan saytlarga nisbatan ancha oson. WordPress tizimini keraklicha o’rnatib, sozlay olsangiz ham sayt ochish xizmatini taklif qilish orqali pul ishlab olishingiz mumkin bo’ladi.

WordPress asosida ushbu maqolada sanab o’tilmagan yana boshqa usullar bilan ham pul ishlash mumkin. Sizdan talab etiladigan yagona narsa – tizimni boshqalarga nisbatan yaxshiroq o’zlashtirish va o’z bilimlaringizni yaratuvchanlik bilan ishlata olish!

Xulosa o’rnida oddiy bir haqiqatni eslatib o’tmoqchiman. Har qanday ish bilan katta pul topish mumkin. Faqat Siz bu ishni boshqalarga nisbatan ancha yaxshiroq uddalashingiz kerak. WordPress ham shunday ishlar jumlasidan: tizimni mukammal o’zlashtiring, o’z ishining mohir ustasiga aylaning va omad Sizga albatta kulib boqadi!

WordPress bilan internet orqali pul ishlash” maqolasida 52 fikr

  1. shaxzod

    Juda yaxshi fikirlar rahmat
    Azamat aka shu òrinda bir savolim bor saytiyizni mobil versiasida ikkta menyu bor menni saytim jaridada ishlaydi iltimos aytolmaysizmi ikkinchi menyuni qayerdan òrnatadi? Oldindan rahmat

    Javob berish

  2. Nematulloh

    kakras shu Payoneer haqida uzbda ma’lumot oxtaryotgan edim sizni maqolangizdan avval eshitganman buni lekin ishonmayotgan edim man undan ro’yxatdan o’tim 2 yanvardan 11 yanvardi oraligida keladi diyapti shu rostmi ? Keyin man ro’yxatdan o’tsam keyin yana kimnudur ro’yxatdan otkisam 25 $ bonus beradi to’g’rimi ?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bonus beriladi, lekin Siz yo’naltirgan odam o’z kartasiga qanchadir pul o’tkazsagina bonusga ega bo’lasiz.

      Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Toshkentdagi manzilimga 20 kun ichida kelgan. Lekin Termizdagi manzilimni yozganimda ikki oy o’tganda ham kelmagandi. Hozirgacha ham kelmagan Termizga yuborilgan kartochka.

          Javob berish

  3. Nematulloh

    Azamat aka man wordpress Joomla Drupal Html css ni bilaman shu bilimlarimni yanada oshrishim uchun ustoz kerak manga yordam bera olaszmi ? Yoshim 17 tida WordPress uchun o’zim shablon yasay olaman

    Javob berish

  4. Isroil

    “Avvalgi maqolalardan birida ThemeForest bozorida WordPress shablonlarni sotish orqali yaxshigina pul ishlab olish mumkinligi haqida yozgan edim”. O’zingiz ham jamoa tuzayotganingiz va o’z shabloningizni sotmoqchi ekaningizni aytgan edingiz. Bu maqsadga erisha oldingizmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Albatta. Ba’zi masalalarni hal qilganimizdan keyin biz tomonimizdan tayyorlangan shablonlarni saytimda e’lon qilish va ular orqali orttirilgan tajribalarimni maqolalar ko’rinishida Sizlarga taqdim qilish niyatim bor.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Iloji bor. Payoneer.com saytiga kiring va bu haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ling. Agar saytidan ma’lumot topa olmasangiz, saytida ko’rsatilgan email manzilga savol yozib yuboring. Ular albatta javob qaytarishadi!

      Javob berish

  5. selena

    Assalomu aleykum. kollej olimpiadasida qatnashuvchiman. could you do me a favor? i need some samples or methods of how to write essays according to related topics. ‘Coz i need many ideas. please. i couldn’t find any in cyberspace.

    Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Unda tayyorlangan shablonlarni sotish uchun hech bir market qabul qilmasa kerak (mening fikrim).
          Qabul qilgan taqdirda ham qo’lda tayyorlangan shablonlarga nisbatan sotilishi juda past ko’rsatkichga ega bo’lishi mumkin.

          Javob berish

  6. Farhod

    Salom Azamat, sizlarning guruh ham shablon tayyorlashadi, ularni O’zbekistonda (saytingiz orqali) sotuvga qo’ysaylar yaxshi bo’lardi (faqat chet el narxi emas – o’zimizning so’mda va arzonroq).
    Savol – Artister dasturida tayyorlangan shablonlarni (ular oddiyroq) ham sotsa bo’ladimi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Umuman olganda o’zingiz mualliflik qiladigan har qanday ishingizni sotishingiz mumkin. Shablonni o’zimizda sotish masalasida bir nechta muammolar. Ulardan eng kattasi faqat bir marta sotib olinib, shablonning tarqatilib yuborilishi hisoblanadi 🙂

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Umumiy savollarni saytning maxsus Savol-Javob bo’limida yozing.
      Siz so’ragan qo’llanmalar bor, lekin kollej olimpiadasi uchun maxsus chiqarilgani haqida xabarim yo’q. Internetdan izlang.

      Javob berish

  7. Anvar

    Xurmatli Azamat!
    Men maqolalaringizni katta qiziqish va zavq bilan o`qib chiqdim, ular ajoyib yozilgan. Bundan tashqari qilayotgan say xarakatlaringiz uchun sizga katta raxmat demoqchiman, ular e`tirof va taxsinga sazovvordir! men bu saytga tasodifan kirib qolgan edim, ammo juda xursand boldim.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      E’tibor uchun rahmat! Saytni kuzatib boring. Doimiy tashrif buyuruvchilardan bo’lib qolasiz degan umiddaman.

      Javob berish

  8. Anvar

    Siz tomoningizdan yozilgan “IELTS imtihoniga tayyorlanish” ozbek tilidagi 1- kitob bo`libdi , o`zbek til organuvchilari uchun katta tuhfa bolibdi, men uni sotib olishni istayman telefon qilib bildim, Chorsu rastalarida bor ekan, ammo men Olmaliq shaxridaman, uni jonatma qilib yuborish mumkinmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yaqin kunlarda saytim orqali kitobni onlayn sotish niyatidaman. To’lov tizimiga ulanganmiz, uni saytga moslash ustida ishlayapmiz. Saytni kuzatib boring.

      Javob berish

  9. Muzaffar

    Азамат салом мен хам сайтингизни кузатиб бораман . Интернет оркали пул ишлаш хакидаги маколаларингиз мени айникса кизиктиради. Мен wordpress учун уртача кийинликдаги шаблонларни бемалол ярата оламан. Факат мен дизайнер эмасман шунинг учун сайт дизайнини чиройли ярата олмайман. Html, Css, Php ларни урта(бошлангичдан анча юкори) даражада биламан. WordPress тема яратиш буйича рус тилидаги видеодарсларни куриб урганганман хозир хам Php ва Mysql ни мукаммал урганиш учун русча видеодарсларни урганяпман. Аммо инглиз тилини яхши билмайман. wordpress оркали пул топаётган танишларингиз борми . Агар менга тугри йул курсатадиган одам булганида 1-2 йилда анча яхши натижаларга эришишимга шубха килмайман .Чунки менда базавий билимлар бор. Агар имкон булса шундай танишларингиз булса ердам берсангиз миннатдор булардим

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Tanishlarimning hammasi o’z ishi bilan band. O’zingiz mustaqil o’rganib, tajriba orttirishga harakat qilishingiz kerak. Hech kimga suyanmang. To’g’ri yo’l ko’rsatadigan saytlar ko’p. Savollar paydo bo’lganda StackOverflow saytida yozing.
      Telegramdagi o’zbek dasturchilari guruhiga qo’shilishingizni ham tavsiya qilaman: https://telegram.me/UzbekDevelopers

      Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Guruhdan ommaviy qo’shilishni olib tashlashibdi. Endi faqat taklifga ko’ra qo’shilish joriy qilingan. Uzr.

          Javob berish

      1. Dilshod

        Assalamu alaykum Azamat aka !
        Mening WordPress uchun shablon tayyorlash va shuni o’zimga kasb qilish niyatim jiddiy.

        Google dan ham youtube dan ham izlab aniq bir javob topa olmadim.

        WordPress ga shablon tayyorlash uchun nimalarni o’rganish kerakligini aytib yubora olasizmi ?

        Masalan:
        Html
        Css
        JavaScript
        Php
        Web Dizayner
        Verstalshik
        Wordpress ni o’rganish

        Javob berish

          1. oynur

            bularni deyarli yarmidan ko’p qismini o’rganib bo’ldim, lekin WordPressga shablon tayyorlash haqida o’ylab ko’rmagan ekanman

  10. Islom

    Assalamu alaykum Azamat aka !
    men sizdan bir nasrsani so’ramoqchidim. Azamat aka aytaylik agar men ham sayt ochadigan bo’lsam reklamdan tashqari ya’ni meni saytimga odamlar kerib mb ishlatlaytilar. bu uchun men pul olamanmi ? yoki faqat reklama va shunga o’xshash narsalardanmi ? Iltimos bu haqida menga iloji boricha to’liqroq qilib emailimga yozib yuborsangiz !!

    Javob berish

  11. Zakir

    Savol sizga Azamat aka, assalomu alaykum. Shablon nima plagin nima html css da sayt toyyarlasa boladimi. Savollar juda kop bitaikita javop bersaiz yahshi tushunardim

    Javob berish

  12. Nishonboy

    Assalomu alekum Azamat aka wordpressda olx ga öxshagan sayt yaratmoqchiman qaysi plaginlardan foydalanishni tavsiya qilasiz javob uchun oldindan raxmat

    Javob berish

  13. javohir

    salom alekum wordpress da kran sayt yarata yotgandim shablonlar bo’limida biroz muammoga duch keldim yordam bera olasizmi? @Aslanali

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan