Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

WordPress asosida ishlaydigan sayt tilini o’zgartirish

WordPress asosida ishlaydigan sayt tilini o’zgartirish

WordPress dasturining eng yangi versiyasi wordpress.org saytida har doim ilk bor ingliz tilida chiqariladi. WordPressning rasmiy relizlari ba’zi boshqa jahon tillarida ham mavjud. Masalan, rus tilidagi WordPressni ru.wordpress.org saytidan yuklab olishingiz mumkin. Bir qancha vaqt avval o’zbek webmasterlari uchun o’zbek web dasturchilari tomonidan WordPressning o’zbek tilidagi versiyasi ham taqdim etilgan edi. Uni uz.wordpress.org saytidan yuklab olishingiz mumkin edi. Hozirgi vaqtda WordPressning yangi versiyalari o’zbek tilidagi versiyadan ancha oldinlab ketganligi sababli o’zbek tilidagi rasmiy WordPress relizlari to’xtatilgan. Uning o’rnida WordPress O’zbekiston saytida ingliz tilidagi WordPressning eng so’nggi nusxasini yuklab olish taklif etiladi. WordPress tilini o’zgartirishni bilganimiz holda uning ingliz tilidagi so’nggi versiyasini yuklab olib, uni qiyinchiliklarsiz o’zbek tiliga o’girib olishimiz mumkin. Buning uchun WordPress tillari qanday ishlashini tushunib olishimiz kerak.

WordPressning odatiy, ya’ni hech qanday tilga o’girilmagan versiyasi o’rnatilganda uning asosiy tili ingliz tilida bo’ladi. WordPress tarjima qilingan til fayllari – PO va MO kengaytmali fayllar asosida boshqa tillarda ishlashi mumkin. Bu fayllar turli tillar uchun, jumladan, o’zbek tilida uchun ham mavjud. WordPress tarjima fayllari istalgan kishi tomonidan tarjima qilinishi va uning umumiy ishlatilishi uchun hissa qo’shilishi uchun tayyorlab qo’yilgan. Garchi o’zbek tilidagi fayllar 100% tarjima qilinmagan bo’lsa-da, uni o’z saytingizning asosiy qismini o’zbekchalashtirish uchun ishlatishingiz mumkin. O’zbek tilidagi PO va MO fayllarni mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Til fayllarini (uz_UZ.po va uz_UZ.mo) saytni boshqa tilga o’girish uchun WordPressning o’rnatilish joyi (hostingdagi saytning asosiy papkasi – public_html yoki htdocs)dagi wp-content papkasi ichida languages papkasini yaratib, uning ichiga ko’chirasiz. Shundan so’ng saytning asosiy o’rnatilish papkasi – public_html yoki htdocs papkasining birinchi bosqichida joylashgan wp-config.php faylini Bloknot matn muharriri ochasiz va uning define (‘WPLANG’, »); deyilgan qismini topasiz. Bu qismni define (‘WPLANG’, ‘uz_UZ’); qilib o’zgartirasiz (ya’ni, qo’shtirnoq ichiga uz_UZ qismini yozasiz). Agar bunaqa yozuvni fayl ichidan topa olmasangiz, shunchaki fayl ichidagi «define»lar qatoriga define (‘WPLANG’, ‘uz_UZ’); qilib kiritib qo’ying. Amaliyot bajarilgandan so’ng wp-config.php fayli serverda saqlanishi (yangilanishi) kerak. Uni o’zgartirishni hosting admin panelida yoki FTP orqali amalga oshirishingiz mumkin (FTP dasturi bilan ishlash haqida mukammal ma’lumotni mana bu qo’llanmadan topishingiz mumkin). Shundan so’ng saytingiz o’zbek tilida ishlashni boshlaydi!

WordPressining o’zbek tilidagi rasmiy saytida ham bu haqida ma’lumot bor.

Tarjimaning PO va MO fayllarini mana bu yerdan olishingiz mumkin bo’lgan PoEdit dasturi orqali tarjima qilishingiz, tugallanmagan tarjimani to’ldirishingiz, ba’zi o’zingizga yoqmagan tarjimalarni o’zgartirishingiz mumkin. Bu dastur bilan ishlash juda oson: tilning PO faylini dasturda ochasiz, chap tomonda ingliz tilidagi iboralar, o’ng tomonda shu iboralarning o’zbek (yoki rus) tilidagi tarjimalari bo’ladi. Siz o’ng tomonga iboralar tarjimalarini yozasiz. MO faylni tarjima qilish shart emas, chunki u PO faylning siqilgan shakli hisoblanadi. Siz PoEdit dasturida PO faylni tarjima qilib, saqlaningizda dastur avtomatik tarzda MO faylni ham yangilaydi.

WordPressning o’zbek tilidagi imkoniyatlaridan foydalaning va agar imkoniyatingiz bo’lsa mana bu yerdagi tarjima loyihasiga o’z hissangizni qo’shing.

WordPress asosida ishlaydigan sayt tilini o’zgartirish” maqolasida 51 fikr

  1. ODILXON

    As salomy alaykum azamat aka men sizni saytingizni shablonini ko`chib oldim shablon ichida rus tili bor ekan shu tilni qanday qilib inglizcha dan ruschaga o`tkazish mumkin. Saytingizni shabloni yoqdi. Men Jarida shablonini inglizchalab boshqargani qiynalyabman russ tili bor lekin unga o`tkazishni bilmayatman. Oldindan raxmat.

    Javob berish

  2. men ham Azamat

    Salom Azamat aka, men wordpressni denwer yordamida o’rganishga harakat qilyapman, tilini o’zbekchaga o’zgartirmoqchiydim, lekin menda wp-config.php da define (‘wplang’.»») degan joyi chiqmayapti qayerda xato bo’lgan bo’lishi mumkin?

    Javob berish

      1. Azamat

        E xa Rahmat özgartirdim -u lekin tarjima judayam chatoqku özbekcha, ruscha, inglizcha. Siz özingiz tarjima qilib chiqganmisiz?

        Javob berish

  3. Alisher

    Assalomu aleykum Azamat aka! O’zbek tilidagi .Po va .Mo Siz maqolada ko’rsatgan yerdan yuklab bo’lmayapti iltimos boshqa link bersangiz. Bu fayllar menga juda ham kerak edi sayt ochmoqchi edim

    Javob berish

  4. Alisher

    Azamat aka men WordPressni rus versiyasini o’rnatib, saytimni sozlamalarini sozlab, maqolalar yozib, qisqasi saytim ustida ko’proq ish qilib bo’ldim endi undagi WPni o’zbekcha versiyasiga qanday qilib almashlayman ?

    Javob berish

    1. Alisher

      men OpenServer orqali localhostda internetsiz tuza yotgandim-da shunga topa olmagan ekanman endi
      esa topdim rahmat azamat aka

      Javob berish

  5. Xurshid

    Salom Azamat aka. Menga saytingiz shabloni yoqdi. Agar malol kelmasa saytingizni shablon addresini download qilish uchun linkini yozib yuboring. Oldindan kotta raxmat!!!

    Javob berish

  6. Muhammad

    Assolomu alaykum Azamat aka.
    Wordpressda bosh sahifani qanday uzgartiradi?
    Masalan megauz.rf.gd deb yozib kirsa wordpressni sahifasi emas o’zim yaratgan biror sahifa bulsin

    Javob berish

      1. Muhammad

        Shuni qanday qiladi men birmarta butun saytni yaroqsiz ahvolga keltirib qo’ydim bosh sahifani uzgartiraman deb!
        Qaysiga yozish kerak wordpress manziligami?
        Yoki sayt manziliga bosh sahifa nomini yozish kerakmi

        Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Umumiy sozlanmalar ichida O’qish bandi bor. Shu yerda bosh sahifa sifatida qaysidir boshqa bir sahifani belgilash imkoniyati mavjud.

          Javob berish

  7. Muhammad

    Assolomu alaykum Azamat aka men saytimni ishva tushurdim obunachilar ko’paydi lekin endi pulni qanday qilib ishlashim mumkin reklamachilarni qayerdan topaman? Adsensega ulasam ham reklama chiqmayapti yoki notoog’rimi?
    Saytda pul ishlashni boshlash haqida maqola yoza olasizmi mumkin bo’lsa. Butun obunachilariz bu maqolani o’qishga tayyor menimcha!
    Saytni pul ishlashdigan qilish yo’llarini ko’rsatib o’rgatib bering iltimos!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan