WordPress asosida ishlaydigan sayt tilini o’zgartirish

WordPress dasturining eng yangi versiyasi wordpress.org saytida har doim ilk bor ingliz tilida chiqariladi. WordPressning rasmiy relizlari ba’zi boshqa jahon tillarida ham mavjud. Masalan, rus tilidagi WordPressni ru.wordpress.org saytidan yuklab olishingiz mumkin. Bir qancha vaqt avval o’zbek webmasterlari uchun o’zbek web dasturchilari tomonidan WordPressning o’zbek tilidagi versiyasi ham taqdim etilgan edi. Uni uz.wordpress.org saytidan yuklab olishingiz mumkin edi. Hozirgi vaqtda WordPressning yangi versiyalari o’zbek tilidagi versiyadan ancha oldinlab ketganligi sababli o’zbek tilidagi rasmiy WordPress relizlari to’xtatilgan. Uning o’rnida WordPress O’zbekiston saytida ingliz tilidagi WordPressning eng so’nggi nusxasini yuklab olish taklif etiladi. WordPress tilini o’zgartirishni bilganimiz holda uning ingliz tilidagi so’nggi versiyasini yuklab olib, uni qiyinchiliklarsiz o’zbek tiliga o’girib olishimiz mumkin. Buning uchun WordPress tillari qanday ishlashini tushunib olishimiz kerak.
WordPressning odatiy, ya’ni hech qanday tilga o’girilmagan versiyasi o’rnatilganda uning asosiy tili ingliz tilida bo’ladi. WordPress tarjima qilingan til fayllari – PO va MO kengaytmali fayllar asosida boshqa tillarda ishlashi mumkin. Bu fayllar turli tillar uchun, jumladan, o’zbek tilida uchun ham mavjud. WordPress tarjima fayllari istalgan kishi tomonidan tarjima qilinishi va uning umumiy ishlatilishi uchun hissa qo’shilishi uchun tayyorlab qo’yilgan. Garchi o’zbek tilidagi fayllar 100% tarjima qilinmagan bo’lsa-da, uni o’z saytingizning asosiy qismini o’zbekchalashtirish uchun ishlatishingiz mumkin. O’zbek tilidagi PO va MO fayllarni mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
Til fayllarini (uz_UZ.po va uz_UZ.mo) saytni boshqa tilga o’girish uchun WordPressning o’rnatilish joyi (hostingdagi saytning asosiy papkasi – public_html yoki htdocs)dagi wp-content papkasi ichida languages papkasini yaratib, uning ichiga ko’chirasiz. Shundan so’ng saytning asosiy o’rnatilish papkasi – public_html yoki htdocs papkasining birinchi bosqichida joylashgan wp-config.php faylini Bloknot matn muharriri ochasiz va uning define (‘WPLANG’, »); deyilgan qismini topasiz. Bu qismni define (‘WPLANG’, ‘uz_UZ’); qilib o’zgartirasiz (ya’ni, qo’shtirnoq ichiga uz_UZ qismini yozasiz). Agar bunaqa yozuvni fayl ichidan topa olmasangiz, shunchaki fayl ichidagi «define»lar qatoriga define (‘WPLANG’, ‘uz_UZ’); qilib kiritib qo’ying. Amaliyot bajarilgandan so’ng wp-config.php fayli serverda saqlanishi (yangilanishi) kerak. Uni o’zgartirishni hosting admin panelida yoki FTP orqali amalga oshirishingiz mumkin (FTP dasturi bilan ishlash haqida mukammal ma’lumotni mana bu qo’llanmadan topishingiz mumkin). Shundan so’ng saytingiz o’zbek tilida ishlashni boshlaydi!
WordPressining o’zbek tilidagi rasmiy saytida ham bu haqida ma’lumot bor.
Tarjimaning PO va MO fayllarini mana bu yerdan olishingiz mumkin bo’lgan PoEdit dasturi orqali tarjima qilishingiz, tugallanmagan tarjimani to’ldirishingiz, ba’zi o’zingizga yoqmagan tarjimalarni o’zgartirishingiz mumkin. Bu dastur bilan ishlash juda oson: tilning PO faylini dasturda ochasiz, chap tomonda ingliz tilidagi iboralar, o’ng tomonda shu iboralarning o’zbek (yoki rus) tilidagi tarjimalari bo’ladi. Siz o’ng tomonga iboralar tarjimalarini yozasiz. MO faylni tarjima qilish shart emas, chunki u PO faylning siqilgan shakli hisoblanadi. Siz PoEdit dasturida PO faylni tarjima qilib, saqlaningizda dastur avtomatik tarzda MO faylni ham yangilaydi.
WordPressning o’zbek tilidagi imkoniyatlaridan foydalaning va agar imkoniyatingiz bo’lsa mana bu yerdagi tarjima loyihasiga o’z hissangizni qo’shing.
Menga domen xaqida malumot kerak
Men uchun ajoyib sayt
https://azamat.uz/domen-haqida/
DataLife Engine Ham Tushunasizmi
???????????????????????????????
Yo’q, hech qachon ishlatmaganman.
html va php ni o’rganib keyin DLE da sayt yaratishni boshlasangiz qulayroq.Agar hmtl va php ni o’rganmasdan sayt ochishni xoxlasangiz WordPress da sayt oching
Azamat qandaysiz? Man wp Jarida temasini o’zbek tiliga POEDIT orqali trjima qilmoqchi edim lekin qila olmayapman sababi dastur .po faylni ko’rmayapti iltimos to’liqroq malumot bersangiz.
Oldindan tashakkur!!!
PoEdit har doim .PO fayllarni ochadi. Balki Siz boshqa faylni ochayotgandirsiz? Boshqa tildagi PO faylni ochishga urinib ko’ring.
wordpress dagi sayt parolimni unitip qoydim email ga yeborsam bormayapti nima qilay
Bazadan tiklang.
Salom, men Surxondaryodan Abbosbek. Men ham yaqindan boshlab wordpressda blog sayt tayyorlashni o’rgandim. Lekin hali ko’p narsalarni tushunmayapman. Nima qilsam bo’ladi?
Saytga tez-tez kirib turing. WordPressga oid maqolalar kiritiladi. Birga o’rganamiz.
Assalomu aleykum. Savolim boridi. Saytingizdagi 3 ta tilli imkoniyatni qaysi plagindan foydalangansiz? Javob uchun kotta rahmat.
Plagin emas, WPMU bilan ishlayapti. Bu haqida saytimda alohida yozganman.
Assalaomu alaykum!
Azamat aka po va mo faylini ko’chirib oling degan silkangizga kirdim mo faylini yukladim lekin po faylini bossam faylni ochyapti lekin ko’chirmayapti nima qilishim kerak?
«faylni ochayapti, lekin ko’chirmayapti» deganda nimani nazarda tutayapsiz?
fayl ustiga bossam skachat qilmasdan joyida faylni ochyapti!
Ustiga o’ng tomonni bosib, «Soxranit kak…» orqali saqlab oling.
Har ikki faylni ham languages papkasiga tashlashim kerak to’g’rimi?
Lekin bittasini skachat qilyapti po faylini skachat qilib bo’lmayapti!
To’g’ri.
po faylini skachat qilishim uchun nima qilishim kerak?
Ha aytganizdey qildim bo’ldi.Rahmat!
Azamat aka Leave a Reply tarjima qilish kerak po faylida bu so’z yo’qga o’xshaydi nima qilishim kerak?
WordPress til faylida bo’lishi mumkin, qarab ko’ring.
comment template.png faylida bor o’zgartirsam faqat o’zbekcha bo’lib qolayapti menda rus tili ham ingliz tiliham bor edida!
Siz templateni o’zgartirmang. wp-content papkasi ichida languages papkasi bor (bo’lmasa uni o’zingiz yarating). Papka ichida WordPressning asos tillari joylashgan bo’ladi.
Agar Sizda bu papka bo’lsa, ichiga kiring va uz_UZ.po va uz_UZ.mo fayllarini yuklab olib, tarjima qilib, qayta chiqaring. Shunda string o’zbekcha (agar ruschasini ham tarjima qilsangiz – ruscha) bo’ladi.
Agar bu papka bo’lmasa, wp-content ichida languages deb papka oching va https://translate.wordpress.org/ sahifasidan o’zingizga kerakli bo’lgan til(lar)ni yuklab oling. Ularni tarjima qilish orqali WordPressni ham tarjima qilgan bo’lasiz.
O’sha pappka bor u papkani ichhida rus tili bor Uzbekchasini ham olib qo’ydim ikki faylni lekin ruschaani ichida Leave a reply degan inglizcha so’z bor Uzbekcha po fayliga kirsam o’sha inglizcha so’z yo’q po faylini faqat tarjima qilsa bo’ladimi ichiga biron so’z qo’shib tarjima qilsa ham bo’ladimi?
O’zbekcha til fayllarini o’chiring. Ruscha til fayllarini klon qilingda, klonni uz_UZ deb nomlang. Shunda ruscha fayldagi bor narsalar bunda ham bo’ladi.
Kerakli joyini o’zbekcha til faylida tarjima qilib, saytingiz sozlanmalarida sayt tilini o’zbekcha qilib belgilang. Tekshirib ko’ring.
Rahmat bajarildi!
lekin hammasi emasku keraklilarini tarjima qildim!
As salomy alaykum azamat aka men sizni saytingizni shablonini ko`chib oldim shablon ichida rus tili bor ekan shu tilni qanday qilib inglizcha dan ruschaga o`tkazish mumkin. Saytingizni shabloni yoqdi. Men Jarida shablonini inglizchalab boshqargani qiynalyabman russ tili bor lekin unga o`tkazishni bilmayatman. Oldindan raxmat.
PoEdit programmasi orqali po va mo fayllarini tarjima qilasiz.
Hamasini siz aytgandak qildim natija yoq
Raxmat aka tarjima qilib oldim
Salom Azamat aka, men wordpressni denwer yordamida o’rganishga harakat qilyapman, tilini o’zbekchaga o’zgartirmoqchiydim, lekin menda wp-config.php da define (‘wplang’.»») degan joyi chiqmayapti qayerda xato bo’lgan bo’lishi mumkin?
Agar shunday joyi bo’lmasa, uni o’zingiz yozib qo’yishingiz mumkin.
https://codex.wordpress.org/Installing_WordPress_in_Your_Language
E xa Rahmat özgartirdim -u lekin tarjima judayam chatoqku özbekcha, ruscha, inglizcha. Siz özingiz tarjima qilib chiqganmisiz?
Men va bir nechta ko’ngilli tarjimonlar. Siz ham tarjimaga qo’shilishingiz, xato tarjimalarni tuzatishingiz mumkin. https://translate.wordpress.org/projects/wp/dev sahifasiga kirib, o’zbek tilini toping. WordPressga tarjimonlar kerak.
Assalomu aleykum Azamat aka! O’zbek tilidagi .Po va .Mo Siz maqolada ko’rsatgan yerdan yuklab bo’lmayapti iltimos boshqa link bersangiz. Bu fayllar menga juda ham kerak edi sayt ochmoqchi edim
Yuqoridagi maqolada berilgan ma’lumot eskirdi. Endi WordPress o’zbek tilida ishlashi mumkin!
Saytingizni o’zbekcha qilish uchun admin paneldagi sozlanmalar ichida o’zbek tilini tanlashingiz kifoya.
Agar po va mo fayllari zarur bo’lsa, ularni https://translate.wordpress.org/projects/wp/dev/uz/default sahifasidan yuklab olishingiz mumkin.
WordPressning o’zbek tilidagi rasmiy sahifasi http://uz.wordpress.org ekanligini eslatib o’taman.
Azamat aka men WordPressni rus versiyasini o’rnatib, saytimni sozlamalarini sozlab, maqolalar yozib, qisqasi saytim ustida ko’proq ish qilib bo’ldim endi undagi WPni o’zbekcha versiyasiga qanday qilib almashlayman ?
Sozlanmalarda o’zbek tilini tanlang.
Bu yerda o’zbek tili yo’q ! Faqat rus va ingliz tili bor xolos
men OpenServer orqali localhostda internetsiz tuza yotgandim-da shunga topa olmagan ekanman endi
esa topdim rahmat azamat aka
Salom Azamat aka. Menga saytingiz shabloni yoqdi. Agar malol kelmasa saytingizni shablon addresini download qilish uchun linkini yozib yuboring. Oldindan kotta raxmat!!!
*Jarida nulled theme- nulled qilingan Jarida shabloni http://themewarez.com/nulled-themes/nulled-jarida-v2-4-5-responsive-wordpress-news-magazine-blog/ pullik(premium) shablonni tekin(nulled) qilingani . Bunday shablonlar asosan bir qadam orqada bo’ladi va xafsizligiga kafolat berilmaydi…
Assolomu alaykum Azamat aka.
Wordpressda bosh sahifani qanday uzgartiradi?
Masalan megauz.rf.gd deb yozib kirsa wordpressni sahifasi emas o’zim yaratgan biror sahifa bulsin
Umumiy sozlanmalarda istalgan sahifani bosh sahifa sifatida belgilash mumkin.
Shuni qanday qiladi men birmarta butun saytni yaroqsiz ahvolga keltirib qo’ydim bosh sahifani uzgartiraman deb!
Qaysiga yozish kerak wordpress manziligami?
Yoki sayt manziliga bosh sahifa nomini yozish kerakmi
Umumiy sozlanmalar ichida O’qish bandi bor. Shu yerda bosh sahifa sifatida qaysidir boshqa bir sahifani belgilash imkoniyati mavjud.
Raxmat topdim shablonda ham bularkan raxmat
Assolomu alaykum Azamat aka men saytimni ishva tushurdim obunachilar ko’paydi lekin endi pulni qanday qilib ishlashim mumkin reklamachilarni qayerdan topaman? Adsensega ulasam ham reklama chiqmayapti yoki notoog’rimi?
Saytda pul ishlashni boshlash haqida maqola yoza olasizmi mumkin bo’lsa. Butun obunachilariz bu maqolani o’qishga tayyor menimcha!
Saytni pul ishlashdigan qilish yo’llarini ko’rsatib o’rgatib bering iltimos!
O’zbek tilidagi PO va MO fayllarni mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. dagi ssilka ishlamayapti
saytim rus va uzbek tilida qilmoqchiman eng optimal variant nima hozirgi kunda ?
saytimda sslikani kopirovat qilib vstavit qilsa %%% qushilib chiqvotti nima qilsa buladi
oldindan rahmat.
Linkni o’zgartirdim. Tarjimalarni po fayl ko’rinishida eksport qilishingiz mumkin.
Assolomu alaykum Azamat aka wordprees versiyani yangilaganda oldin yaratilgan malumotlarga tasiri yoqmi ma’lumotlar o’zgarib ketmaydimi
Ta’siri yo’q, o’zgarmaydi.