Will va Going to iborasi

WILL
Will o`z- o`zidan paydo bo`lgan qarorni ifodalaydi.
Wait, I will help you.
To`xta, men senga yordam beraman.
Fikr, umid, noaniqlik yoki kelajakni taxmin qilishda ishlatiladi.
He will probably come back tomorrow.
U balki , ertaga qaytib kelar.
Va`dani ifodalaydi.
I will not watch TV tonight. Men tunda televizor ko`rmayman.
Kelasi zamondagi ish-xarakatni ifodalaydi.
It will rain tomorrow. Ertaga yomg`ir yog`adi.
Shart ergash gap (type I) da ishlatiladi.
If I arrive late, I will call you
Agar men kech yetib kelsam, senga qo`ng`iroq qilaman.
Shakli
Bo`lishli Bo`lishsiz So`roq
I/We/you/they/he/she/it I will speak I will not speak Will I speak
Qisqa javoblar
Yes, will
I / you / she / he / it / we / they
No, won`t
Will odatda yozma va og`zaki nutqda olmoshlar bilan kelganda qisqartiriladi.
I`ll she`ll we`ll you`ll he`ll they`ll it`ll
Olmosh qisqa javoblarda yordamchi fe`llar bilan birga kelganda qisqartirilmaydi.
To`g`ri: Yes, I will
Noto`g`ri: Yes, I`ll
GOING TO
Yaqin kelajakda bajarishni rejalashtirgan ish-harakatni ifodalaydi.
I`m going to study harder next year
Men kelasi yili qattiqroq shug`ullanmoqchiman.
Yaqin kelajakda soidr bo`lishi aniq bo`lgan ish-harakatni ifodalaydi.
The sky is absolutely dark. It is going to rain.
Osmon butunlay qorong`u. Yomg`ir yog`moqchi.
Be going to dan so`ng fe`lning oddiy shakli keladi.
We are going to be late. Biz kech qolamiz
She`s going to come tomorrow. U ertaga kelmoqchi.
Noto`g`ri: She`s going to comes tomorrow.
Be going to asosan yozma shaklda ishlatiladi, lekin og`zaki nutqda (asosan Amerika shevasida) ba`zan «gonna» / gana/ deb talaffuz qilinadi. «Gonna» odatda yozma shaklda ishlatilmaydi.
Hurry up! We`re gonna be late!
Tez bo`l ! Biz kech qolamiz !
TAQQOSLASH
Be going to va will
Be going to va will kelasi zamonni ifodalash uchun ishlatiladi. Will va be going to ko`pincha bir xil ma`noni bildiradi, lekin ba`zan ular turli ma`nolarni anglatadi. Quyidagi juftliklarning ma`nosi bir xil
I`m going toleave at nine tomorrow morning.
I will leave at nine tomorrow morning.
Men ertaga ertalab soat to`qqizda ketmoqchiman.
Malika is going to be at the meeting today.
Malika will be at the meeting today.
Malika bugun yig`ilishda bo`ladi
Kelasi zamonni ifodalash uchun shall (I va we bilan) ishlatiladi, lekin kamdan-kam uchraydi.
I shall leave at nine tomorrow morning.
Men ertaga ertalab soat to`qqizda ketmoqchiman.
We shall leave at nine tomorrow morning.
Biz ertaga ertalab soat to`qqizda ketmoqchimiz.
Amerika inglizchasida In the future; Britaniya inglizchasida in future ishlatiladiBe going to va will kelajakni basorat qilishda ishlatilsa, bir xil ma`noni anglatadi.
She is going to succeed because she works hard.
She will succeeed because she works hard.
U muvaffaqiyat qozonadi, chunki qattiq ishlayapti.
Be going to (will emas) rejalashtirilgan, ya`ni gapirishdan oldin bir qarorga kelingan ishni ifodalash uchun ishlatiladi.
I bought some wood because I`m going to build a bookcase for my apartment.
Men bir qancha yog`och sotib oldim, chunki kvartiram uchun kitob javoni yasamoqchiman.
Bu darsni REPITITOR kitobida o’qigandim, bu kitob hammada yo’qligini hisobga olganda, uni maqola holida kiritib juda yahshi qilib siz
Juda zor bilim olishga yetarli deb hisoblayman
Salom yahshimisiz going to dan keyin go feline ishlatamizmi?
Hammaga salom will and be going to ni bilmayaptudm endi bilib oldim
Rahmat maqola uchun)
will aniqroq emasmi to be going to ga nisbatan
kerakli ma’lumotlar ekan
Farqlashni soddaroq qilib tushintirib bering oldindan raxmad
Hammasini bizga kerakli va aniq shaklda kiritganiz uchun raxmat davomini kutib qolamiz!
Rahmat. Kerakli malumotlarni oldim. Ishlarizga rivoj.
Assalawmu alaykum Azamat aka. Maxolangizga gap yoq. iltimos ikkalasini ajratishni aniqroq tushintirsangiz. oldinnan rahmat
Rahmat foydali ekan
Men grammarwayda o’qiganimda ogohlanitirishda ham ishlatilasdi doq popisa qilishda lekin bu yerda yozilmagan
Kotta kon rahmad organishga katta yordam beryabdi
Rahmat juda zo’r ekan va tushinarli
Soʻroq shakllari ham tushuntirilsa yanada yaxshiroq boʻlardi.Leki rahmat.
Zor ekan self study uchun
Rahmat juda zoʻr tuwuntirilgan ekan
Judayam ajoyib maqola ekan rahmat.
Farqini azgincha chuqurroq o’rgatsez bo’lardi manimcha azgina kam ma’lumot berilgan. Shunchalik tushuntirib beribsiz raxmat
Farqlashni azgincha chuqur o’rgatsez qayerlarga ishlatishni oldindan rahmat
Juda Zor ekan. Yoqdi. Agar iloji bulsa grammatikalani emaildan tashasez yaxwi bulardi
Shall va willning farqi nimada