Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Web reklama bannerlari va ularning hajmlari

Web reklama bannerlari va ularning hajmlari

Saytda reklamalar joylashtirish orqali pul topish bugungi ko’pchilik saytlarning eng asosiy daromad manbai hisoblanadi. Zamonaviy davrda saytga reklamalani rasm ko’rinishida joylashtirish keng tarqalgan. Ammo ko’pchilik saytlarda bir oz eskirgan bo’lsa ham flash reklama bannerlarini hozirgacha uchratishimiz mumkin. Ushbu maqolada saytlarda joylashtiriladigan reklama bannerlari va ularning hajmlari to’g’risida fikr yuritamiz.

Saytda joylashtiriladigan reklama bannerlarining qanchalik samara berishi sayt traffiki, SEOsiga qanchalik bog’liq bo’lsa, reklama bannerlarining qay darajada ustalik bilan tayyorlanganligi, saytga joylashtirilganligi ham shu qadar ahamiyatli hisoblanadi. Bannerlar albatta sayt dizayniga uyg’un bo’lishi hamda imkon qadar ko’proq e’tiborni bachkanalikka yo’l qo’ymasdan torta olishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun banner dizayn sohasi vujudga kelgan va sayt reklama bannerlarini tayyorlovchi alohida ustalar mavjud.

Saytlarda reklama bannerlarni asosan uch o’lchovga ko’ra joylashtirishadi: vaqtbay, ko’rishlar soni va kliklar soni bo’yicha.

VAQTBAY REKLAMA. Bunda sayt ma’lum hajmdagi rekmala bannerini ma’lum belgilangan vaqt davomida ko’rsatish majburiyatini oladi. Bunda banner ustiga nech marta bosilishi (kliklar soni) hamda u necha marta ko’rsatilganligi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi. Bu turdagi reklama bannerlarini ko’pincha kichik yoki o’rta traffikka ega bo’lgan saytlarda ko’rishimiz mumkin.

KO’RISHLAR SONI BO’YICHA REKLAMA. Bunda reklama banneri kodiga maxsus hisoblagich o’rnatiladi va bu kod reklama banneri saytda nech marta ko’rsatilganligini hisoblaydi. Odatda katta traffikka ega bo’lgan saytlarda bunday reklama bannerlari ko’proq joylashtiriladi. Shaxsan o’zim bu turdagi reklama joylashtirish reklama beruvchi uchun zarar, deb hisoblayman. Chunki, traffik juda katta bo’lgan saytlarda bunday reklamalarning samarasi juda kam bo’ladi. Har doim ham sayt foydalanuvchilari reklamalarga e’tibor qaratishmaydi. Odnoklassniki saytining web versiyasida Beeline va shunga o’xshash O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar reklamalarining joylashtirilganligini ko’rganman. Menimcha bir daqiqada bu reklamalar bir necha ming marta ko’rsatiladi. Ulardan kompaniya saytiga katta traffik borishiga esa shubham bor.

KLIKLAR SONI BO’YICHA REKLAMA. Bu turdagi reklama kodiga ham hisoblagich o’rnatiladi va u reklama banneri ustiga necha marta bosilganligini hisoblaydi. Odatda kliklar bo’yicha hisoblash, ko’rishlar soni bo’yicha hisoblashdagidek, mingliklar, 10 mingliklar va yuz mingliklar hisobida amalga oshiriladi. Masalan, saytga joylashtirilgan reklamangizning ustiga 10 ming marta bosishsa (klik bo’lsa), Sizdan ma’lum bir miqdordagi pul olinadi.

Yuqorida aytib o’tilgan uch turdagi reklamalarning barchasi saytda foiz hisobida hisoblanadigan yakka ko’rsatilish yoki o’rin almashish orqali ko’rsatilish bo’yicha joylashtirilishi mumkin. Agar reklama banneri saytning ma’lum bir joyida doimiy ko’rsatilib tursa, demak bu joylashtirish 100% hisoblanadi. Agar saytning bitta reklama o’rnida ikkita banner navbat bilan almashinib ko’rsatilsa, demak har bir banner 50% joylashtirish bo’yicha qo’yilgan bo’ladi. 25% joylashtirilgan bannerlarda esa bitta o’rinda 4 ta reklama almashinib ko’rsatiladi. Bunda sahifa yuklanishi hisobga olinadi. Masalan, 25% joylashtirilgan 4 ta banner bitta joyda bo’lsa, sahifani 4 marta yangilasangiz bannerlarning har biri navbat bilan ko’rsatilaveradi.

Saytlarning reklama hajmlari bo’yicha standartlari bor. Ammo bu barcha saytlarda bir xil standart hajmli reklamalar joylashtiriladi, degani emas. Ba’zi saytlarda nostandart, faqat saytning o’ziga xos bo’lgan hajmli reklamalar joylashtirilishi ham mumkin.

Sayt reklama bannerlari hajmi piksel hisobida o’lchanadi. Avval eni, keyin bo’yi ko’rsatiladi. Quyidagi hajmlar bugungi kunda reklama bannerlarining standart o’lchovlari hisoblanadi: 468 x 60, 728 x 90, 336 x 280, 300 x 250, 250 x 250, 160 x 600, 120 x 600, 120 x 240, 240 x 400, 234 x 60, 180 x 150, 125 x 125, 120 x 90, 120 x 60 va 88 x 31. Yuqorida aytib o’tilganidek, bular standart o’lchamlar. Agar Siz shablon yoki sayt tayyorlayotgan bo’lsangiz, reklama uchun joyni albatta standartlarga mos ravishda qoldirishingiz kerak bo’ladi. Ammo o’z saytingizda mijozlaringiz uchun reklama joylashtirayotgan bo’lsangiz, bu standartlarga amal qilishingiz mujburiy emas.

Google AdSense reklama o’lchovlari ham yuqorida eslatib o’tilgan hajmli standartlarga mos hisoblanadi.

Saytlar va web dasturlashning rivojlanib borayotganligi sababli bugungi kunda responsive (moslashuvchan) reklama bannerlari, background (orqa fon) reklamalari va boshqa turdagi reklamalar ishlab chiqilmoqda. Bularning barchasi web ustalarning saytlari orqali reklamalar joylashtirish bilan yaxshiroq daromad olishlari uchun tashkil etilmoqda.

Web reklama bannerlari va ularning hajmlari” maqolasida 11 fikr

  1. sherzod

    Azamat aka ayrim kompaniyalar o’zlari so’rab sizni saytingizga reklama qo’yadimi? yoki siz ulardan mahsulotini reklama qilishni so’raysizmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Sayt foydalanuvchilari qanchalik ko’payib, mashxur bo’laversa shunchalik ko’p reklama beruvchilar o’zlari murojaat qilishadi.

      Javob berish

  2. TheBestBeXa

    Chiroyli masalan sizni saytdagi bannerlarga o’xshagan bannerlarni qaysi programmada yasasa bo’ladi? Photoshop dan tashqari albatta

    Javob berish

  3. Mo'min

    Salom yordam beringlar, qanday qilib saytning orqa foniga ,,link» joylashtirsam bo’ladi ? reklama uchun
    mover dagiga o’xshagan .

    Javob berish

  4. Naimxon

    Azamat aka salom. Tayyorlangan gif fayllarni qanday qilib zn.uz tarmog`idagi bloklarga joylahtirsh mumkin. Masalan o`ng tomonda xar xil reklama yoki animatsion tasvirlaga o`xshash

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Oddiy: img tegi orqali HTMLda rasmni kerakli joyga qo’yasiz. Bunda WordPress widgetlarining «Tekst» turidan foydalanasiz.

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan