Bosh sahifa / Abituriyentga / Video darslarni ko’chirib olish

Video darslarni ko’chirib olish

Video darslar

Quyida ingliz tili grammatikasini o’rganishga oid, o’zim tomonimdan tayyorlangan o’zbek tilidagi video darslarni yuklab olishingiz mumkin. Barcha fayllar TAS-IX tarmog’ida joylashtirilgan va O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan deyarli barcha internet provayderlar abonentlari uchun yuklab olish 100% bepul!

Yuklab olishda e’tiborli bo’ling; kompyuter orqali yuklab oluvchilar uchun alohida, mobil telefonlar orqali yuklab oluvchi foydalanuvchilar uchun alohida tugmalar mavjud. Kompyuter orqali yuklab olishda faylni to’la sifatli, katta hajmda yuklab olasiz. Mobil telefonlar orqali yuklab olish tugmasini bosganingizda video darsning kam hajmli, qulay va mobil telefonlar uchun moslangan ko’rinishi yuklanadi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

332 ta fikr

  1. As.al.hurmatli bond.uz nimagadir menda hamma darslar ochilmayapti dowload ham bo»lmayapti iltimos yordam bering

    • Salom! Fikrimcha Siz foydalanayotgan kompyuter internetga qandaydir proksi server orqali ulangan. Bu User Gate, TMeter yoki boshqa dastur bo’lishi mumkin. Bunday dasturlar idoralarda, tarmoq orqali ommaviy internetdan foydalanish joylarida ishlatiladi. Agar Siz tarmoq orqali internetga ulanayotgan bo’lsangiz proksi server Siz yuklab olishni istayotgan fayllarni cheklayotgan bo’lishi mumkin. Iltimos, tarmoq administratoringizga murojaat qiling. Agar shundan keyin ham yuklab olishda muammoga duch kelangiz (+99891) 576-02-93 raqamiga qo’ng’iroq qiling, imkon qadar yordam berishga harakat qilaman.

  2. Qadrli foydalanuvchilar! Video darslarimni yuklab olishda muammoga duch kelayotganligingizning sababi video darslarni yuklab olish joyini topa olmayotganligingizda deb tushundim. Shuni hisobga olgan holda yuqoridagi video darslarni yuklab olish manzilini alohida «SHU YERDAN YUKLAB OLING» grafik ko’rsatkichi yordamida belgilab qo’ydim. Bundan keyin yuklab olishda hech qanday muammoga duch kelmaysizlar degan umiddaman!
    Video darslarni online ko’rish (sayt orqali ko’rish)da ham muammo bo’lmasligi kerak, chunki avvalgi MyTube.Uz serveridan voz kechib, hozirgi vaqtda video fayllarni uTube.Uz sayti orqali ko’rsatiladigan qilganman. Agar Sizda uTube.Uz videolarini ko’rish muammosiz kechsa, demak video darslarimizni sayt orqali ham hech qanday muammosiz ko’rishingiz kerak.
    Fayllarni yuklab olish bo’yicha yana boshqa muammolar paydo bo’lguday bo’lsa bu yerda comment yozib qoldirishingiz yoki (+99891) 576-02-93 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin. Sizga yordam berishdan har doim xursandman!

    • Assalomu Aleykum. Video darslaringiz judayam foydali ekanligini aytmoqchi edim. Menga juda yoqdi. O’zim ham ingliz tilidan dars beraman. Bu videolaringizdan darslarimda foydalanmoqchiman. Sizga kattakon rahmat. Hecham charchamang. Hurmat bilan Aziz.

    • Assalomu aleykum avvalo ushbu loyiha ijodkorlariga tashakkur izhor etaman. Man 10 kun ichida til urganish loyihasining dars sonlarini uz mobil oparatimga yuklab oldim biroq 3-darslikni yuklab olishni iloji bulmayapti??? Javop va e’tibor uchun katta raxmat!!!

  3. Assalamu alaykum!
    Manda yana ochmayapti, online korsa boladimi?

    • Online ko’rsa bo’ladi. Video uTube.uz saytidan olib ko’rsatiladi. Nima uchun ochilmayotganiga hayronman, juda ko’pchilikda videolarni ko’chirib olish yoki ko’rishda muammolar kuzatilmayapti.

    • Assalomu alaykum. bond.uz sayti ingliz tilini o’rganishimiz uchun har hil videolar bor.Bu saytni tuzganlarga alohida raxmat.

  4. Ingiliztili video darsligini kochirib Bolmayaptiku iltimos yourdam bervorilar

    • Ko’chirib olishdagi maummoni aniqroq tushuntiring. Ko’chirib olmoqchi bo’lganingizda nima bo’layapti? Video ovozi eshitilmayotgan bo’lsa kompyuteringizdagi ovoz qurilmasini tekshiring, operatsion sistemangizda barcha kerakli ovoz va video kodeklar o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Agar muammo bartaraf etilmasa (+99891) 576-02-93 raqamiga qo’ng’iroq qiling, yordam berishga harakat qilaman.

  5. O’ylashimcha saytda online video darslikni ko’rmoqchi bo’lgan bazi foydalanuvchilarda «Adobe Flash» dasturi o’rnatilmagan shuning uchun ham videoni ko’rish imkoni mavjud bo’lmasa kerak.
    Ishontirib aytaolamanki menda hech qanday muammo yuz bergani yo’q be’malol videolarni ko’rib yuklab oldim. Ma’muriyatga yani «Azamat Xodjakov» katta rahmat!

  6. Azamat vidio dars zur chiqibdi tabrikliyman

  7. Салом яхшимисиз сизга саволим бор эди. home билан house иккаласининг маноси уй дигани. Иккаласини бир биридан нима фарки бор.

    • To’g’ri, HOME va HOUSE so’zlari o’zbek tiliga bir hil – UY deb tarjima qilinadi. Ammo bu so’zlarning ishlatilishida farq bor.
      HOME – bu Sizning doimiy yashaydigan, mehringiz singgan, o’z vataningiz deb biladigan, doimiy yashash joyingiz sifatida ardoqlaydigan joyingiz hisoblanadi. Ko’chadagi har qanday uyni o’zingiz uchun «home» deya olmaysiz. Siz uchun asosiy yashash joyi hisoblangan bino Siz uchun «home» hisoblanadi.
      HOUSE – bu uy tariqasida foydalanilishi mumkin bo’lgan har qanday binodir. «House» ko’proq bino nazarda tutilgan uyga hisbatan ishlatiladigan so’z hisoblanadi.
      Mashxur Amerika shoiri Edgar Albert Guest o’z she’rlaridan birida «It takes a heap of living in a house to make it home» deb yozgan edi. Ya’ni, «(House) uyni (Home) uyga aylantirish uchun unda ancha ko’p yashash kerak».
      Javobim tushunarli bo’ldi deb umid qilaman. Saytni kuzatib borishda davom eting.

  8. Ока жавобиз учун катта рахмат. Яна 1 та саволим бор эди.
    Инглиз тилида father ота дигани тугрими. Кейин яна farther узокрок дигани. Лекин бу икки сузнинг транскрипцияси укилиши бир хил fa:the диб укиларкан. Ким биландир гаплашвотганда fa:the деса мен каердан билсам булади у ота деяптими ёки узокрок деяптими. Ёзилганда ажратвоса булади факат 1 та r харфи кушилади лекин укилганда иккаласи бир хил fa:the укилади. Гаплашганда кандай килиб ажратвосам булади. Хайрон ковотганим ота деяптими узокрок деяпти мен каердан билишим.

    • Bu ikki so’zning o’qilishini tahlil qilishingizda bir oz xatolik bor. Father va Farther so’zlari ikki hil o’qilish qoidasiga ega. Father so’zi [fah-ther] bo’lib o’qilsa, Farther so’zi [fahr-ther] tarzida o’qiladi.
      Bu ikki so’z talaffuz jihatidan bir-biriga juda o’xshash bo’lganligi sababli ularning og’zaki nutqda farqlanishida ko’proq nutq mazmuniga suyaniladi. Ya’ni, so’z ishlatilayotgan jumla anglatayotgan ma’noga qarab «ota» yoki «uzoqroq» so’zlarining ishlatilishini bilib olish mumkin.
      So’zlarning to’g’ri talaffuz qilish uchun ularning o’qilishini imkon qadar ishonchliroq lug’atlardan bilib olish maqsadga muvofiq. Chunki ba’zi kichik lug’atlarda so’zlarning o’qilishida xatolar uchrashi mumkin.
      Internet orqali so’zlarning to’g’ri o’qilishini Oxford online lug’atidan yoki dictionary.com saytidan bilib olishingiz mumkin.

  9. Salom mangayam yordam bervorila videoni tortish qiyin bulyapti

    • Fayllar uzdc.uz fayl hostingida joylashtirilgan. Agar TAS-IX tarmog’ida bo’lsangiz fayllarni ko’chirib olishingiz juda tez va oson bo’lishi kerak. Boshqa tarmoqlarda juda sekin ko’chiriladi menimcha.

  10. qanday qilib ingiliz tili darslarini videolarini birin ketin yuklab olish mumkin

    • Ushbu sahifada video darslarni ZIP fayllarda yuklab olish imkoniyati mavjud. Fayl ichida video darslarning barcha seriyasi tartib bilan berilgan. Siz bitta ZIP faylni yuklab oling, uning ichida barcha video darslar birin-ketin keltirilgan bo’ladi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*