Umid yo’q! Dunyoni o’zgartirishga urunmang

Ijtimoiy tarmoqlardagi gaplar, har xil yangiliklar asabimizni egovlab, umrimizni qisqartirayapti. Ba’zi izohlarni o’qiganimda ularni yozgan kishi allaqachon jahldan yoki jazavadan o’lgan bo’lsa kerak deb o’ylab qolaman. Ehtiroslar do’zaxdagi qozondek shaqirlab qaynaganda mantiq anchagina sustlashgani seziladi. Birodarlar, umid yo’q! Hech narsani o’zgartirib bo’lmaydi. Bizdan oldin ham shunday bo’lgan, biz o’tib ketganimizdan keyin keladigan yuz yilliklarda ham yana hammasi shunday davom etaveradi.
Faqat o’zingizga zarar
Har qancha asabiylashsangiz ham vaziyat o’zgarishsiz qolishini sezganmisiz? Dunyo sizning fikringizni hech qachon hisobga olmaydi. Bu hayotda siz ham, sizni fikringiz ham hech qanday ahamiyatga ega emas. Ana endi tinchlansangiz bo’ladi.
Voqelikni o’zgartiraman deb kuyib-pishishingiz faqat va faqat o’zingizga zarar beradi. Lekin bu harakatlaringizdan tashqi muhitingizga hech qanday ta’sir sezilmaydi. Samarasi bo’lmaydigan harakat uchun qancha asabingiz, bebaho sog’ligingiz, qimmatli vaqtingiz sarf bo’layotganini unutmang.
Asab kasalliklarini google qilib ko’rsangiz, bu turdagi dardning qanchalar ko’p ko’rinishi uchrashidan hayratga tushasiz. Asab kasalliklari deb kimdir siyg’oq bo’lib qolsa, yana kimdir eng sodda kundalik yumushlarini ham azob bilan bajaradigan bo’lib qoladi. Bular haqida o’qib faqat shukur qilasiz va har qanday asab buzarlik sizga zarar yetkazishiga arzimasligini tushunasiz.
Umid yo’q ekan. Nima qilish kerak?
Hayotdan zavqlaning! Sizga berilgan hayotni yashang va har bir kuningizni bayramdek o’tkazing. Hayotda «sal anaqaroq» bo’lish foydali ekanligini tushuning. Siz haqingizdagi boshqalarning fikri muhim emas. O’zingiz to’g’ri deb bilgan ishni qiling.
Dunyo o’zgarmaydi. Odamlar o’zgarmaydi. Siz boshqalar uchun qayg’urmang. Jamiyat uchun ham kuyunmang. Hech kimga yaxshilik qilmang, shunda yomonlik ham ko’rmaysiz. Odamlar juda noshukur. Odamlar juda hudbin. Ulardan faqat yuz o’girib qutulish mumkin. Bu hayotda umid yo’qligini tan oling va yengil tortib baxtli hayot boshlang.
Keyingi marta nimadandir siqilsangiz bu hayotda siz hech kim emasligingizni va bu hayot hech narsaga arzimaydigan bir lahza ekanligini eslang.
assalom aleykum. hayrli kun. ayni damda negadir siz bilan bog’lanishni juda istadim. sababi yo’q buni lekin.. hozir juda qiyin vqziyatda turibman deymanu bir tomondan o’ylab qarasa tasavvurimdagi kabi tang ahvolda emasdirman. chunki bemalol sizga murojat qilib turibman. lekin baribir o’zimni qiyin, og’ir va murakkab vaziyatda turibman deb hisoblayman. kitob yozishni maqsad qildim. mavzuyim ohirgi yillarda his qilgan og’riqlarim. oilamni va o’zim ishonch bildirgan insonlarni ishonchsizligi . ishonchimni sindirishi, qalbimni va hayotimni vayron qilishi bo’lyapti
men bilan bog’lanishingizni va yozmoqchi bo’layotgan yoki yozib boshlagan kitobim uchun fikringizni bildirsangiz degandim. ayni damda meni siz bilan istalgan vaqtda bog’lanish uchun hich bir manbam yo’q. bu habarlarni kutubxona kompyuterida o’tirib sizga yozyapman.
menga yordam bering
Men bilan telegram orqali bog’lanishingiz mumkin. Telegramda: getOver
xo’p rahmat! telegramdan bog’lanish uchun urinib ko’raman. habarimni etiborsiz qoldirmaganninggizdan minnatdorman
«Umid y6q, dunyoni 6zgartirib b6lmaydi» deyishsa, bu degani 6sha odam dunyoni 6zgartirishga qodir, 6zgartiradigan odam emas. Aslida, esa dunyoni 6zgartirib b6ladi. Man bir z6r taklif b-n shaxsan Azamat akaga tel qilganimda hamkorlikni rad etdilar, katta 6zgarish yasaydigan taklif edi u balki, lekin rad etildi. Mening hayotim 6zgardi. Azamat aka 6sha 6sha )