Uchinchi darajali .UZ domeni – BEPUL!!!

Endi saytingiz uchun ISMINGIZ.FOR.UZ ko’rinishidagi uchinchi darajali domenga BEPUL (!!!) ega bo’lishingiz mumkin. Bu qulaylikni O’zbekistonda ilk bor Uzinfocom kompaniyasi taqdim etmoqda.
Bepul domen, saytda e’lon qilinishacha, 100% bepul va abadiy Sizniki bo’ladi. Bu domenga ega bo’lish uchun ID.uz tizimida ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz va albatta PassportID maqomiga ega bo’lishingiz shart.
Hozirgi kunda O’zbekiston registratorlari tomonidan .UZ domen zonasiga ro’yxatdan o’tkazish narxi bir yil uchun 26 000 so’mni tashkil qiladi. Ismingiz.for.uz domeni esa ham bepul, ham juda chiroyli.
Sayt tayyorlashni xohlovchilar, o’z saytiga qo’shimcha domen nomi olishni ihtiyor etganlar FOR.UZ xizmatidan foydalanishga shoshilishlari kerak. Chunki FOR.UZ tizimida bir ism faqat bir marta ro’yxatdan o’tkaziladi. Ismingiz band bo’lmasidan uni shaxsilashtirishga shoshiling! Men ham azamat.for.uz domenini band qilishni xohlayapman.
Menga bu domen nomi ma’nosi bilan ham juda yoqdi. Agar AZAMAT.FOR.UZ subdomeniga ega bo’lsam, bu domen o’qilganda “Azamat O’zbekiston Uchun (!!!)”, degan ma’noni anglatadi. Sizda ham vatanparvarlik hissi kuchli bo’lsa, demak bu domen nomi uchun ro’yxatdan o’tishingizga undovchi yana bitta sabab bor!
Ro’yxatdan o’tish bilan bog’liq qo’shimcha ma’lumotlarni http://for.uz/uz/ saytidan olishingiz mumkin.
Azamat aka shu for.uz bepul bo’lsa hostingchi ??
Hostingning ham bepullarini topsa bo’ladi. Ammo hozircha O’zbekistonda (TAS-IX) bepul hosting yo’q.
oka bu domenni olish uchun passport-id maqomini olish kerak ekanku to`rimi.Shuni online olish yo`li yo`qmikan shaxsan men uo`izm uchun uzinfocom markaziga borib uchrashish muamo;
1cgidan uzoq
2chidan o`z passportiz bilan borishingiz kerak ekan
3chidan uni filiallri yo`q ekan
Menda ham huddi shu muammo bo’lib turibdi. Men Termizdaman, bu yerda Uzinfocom filiali yo’q, faqat shu subdomen uchun Toshkentga borish niyatim yo’q 😀 Afsuski, online olishning iloji yo’q ekan.
men saytimda online dasturlarni qo’ymoqchiman lekin qanday qo’yishni bilmayapman, menga qanday html teglar yoki dasturlar kerak???
Iltimos, savolingizni mahsus Savol-Javob bo’limida yozing.
Unda tufta ekan
bepul hosting dir.uz
bu be pul hostin bugani bilan dir.uz dan host sifatida faqat narsa yuklab foydlanishiz mumkin .afcus
Azamat Xodjakov bilasizmi sayt yaratish uchun eng yaxshi programma qaysi ?
DreamWeaver
Assalomu alaykum, Azamat Xodjakov, sayt yaratish uchun eng yaxshi programma – DreamWeaver deb javob beribsiz. O’zingiz sayt yaratishda DreamWeaver dan foydalanganmisiz yoki WordPress dan?
Saytim WordPress asosida ishlaydi, lekin unga kerakli o’zgatirishlar kiritishda DreamWeaverdan foydalanaman.
Manga o’rgatinglar qanday qilib sayt yaratishni
man ID.uz saytidan royxadan oddim lekin saytga kirib login parolimmi yozsam notori divotti nima qisam boladi
ID.uz ma’muriyatiga sayti orqali murojaat qiling. Agar bepul domen olishda muammo bo’layotgan bo’lsa, yodingizda bo’lsin-ki, for.uz domenini olish uchun Sizda PassportID bo’lishi talab etiladi.
wuelta.tk sayti razmeri eniga qisqartiriwni aytolmaysizmi DLE tizimida iwlaydi sotkadan ham kirdim yaxwi iwlayabdiyu lekin ung tomonga razmeri katta
saytga yangilik joylanganda uwa yangilik sms qilib yuboriw ni taxlashni bilasizmi? yoki @Mailga yuboriwni @maildan sotkaga keladida)
Iltimos, savollaringizni saytning mahsus Savol-Javob bo’limida yozing.
Tanishuv sayti ochish maqsadim
man shu sayt ochmoqchiman manga yordam bering 3 chi domenli sayt iltimos
Aka men ham for.uz domenli sayt ochmoqchi edim lekin passportid maqomiga ega bo’lolmayapman nima qilsam bo’ladi?
Toshkent shahri Navoiy ko’chasidagi Uzinfocom bosh ofisiga pasportingiz bilan boring.
Juda ko’p saytlar o’z saytlari nomiga pochta yaratdilar. Masalan, info@azamat.uz. Shu ko’rinishidagi pochtalar qanday yaratiladi?
https://connect.yandex.ru/pdd/ – shu servis yordamida pochta ochishingiz mumkin. Bundan tashqari hosting provayderingizning o’zi ham domen pochtalarini taqdim etishi kerak. aHostda bor, boshqalarini bilmadim.
aka men for.uz dominli sayt ochmoqchi edim passportID maqomini ololmayapman
passport ID olish pullikmi
Domen beringla