Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Tinglab tushunish ko’nikmasi mashq kitoblari

Tinglab tushunish ko’nikmasi mashq kitoblari

Bugungi kunda tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishga mo’ljallangan ko’plab qo’llanmalarni toppish mumkin. Ularning deyarli barchasi, albatta, tinglab tushunish ko’nikmasini mashq qilishga yordam beruvchi audio manbaalar bilan boyitilgan. Bunday qo’llanmalar qatoriga qo’shiqlar yoki she’rlarning maxsus jamlanmalarini ham misol keltirish mumkin.

Masalan, “Jazz Chants” qo’llanmasida alohida grammatik tushunchalar, og’zaki nutq qoidalari, ifodali nutq mashqlari o’rgatilgan. Ma’lumki, ifoda, ayniqsa dialog shaklidagi nutqda, mazmunning 70% gacha qismini tashkil etadi. Shuning uchun tinglab tushunishni o’rganishda ifodaga ishning asosiy qismi sifatida qarash kerak.

Ifodani qabul qilish va nutqni tinglab tushunishni o’rgatishga yo’naltirilgan bir necha o’quv qo’llanmalariga misollar keltiramiz. Bu qo’llanmalarda o’rgatishning boshlang’ich bosqichida foydalanish tavsiya etiladi.

“Advanced Stories for Comprehension” qo’llanmasi tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beruvchi tinglash va qayta hikoya qilib berishga moslashtirilgan hajviy hikoyalardan tashkil topgan. Tinglab tushunish bilan bir qatorda gapirish ko’nikmasini shakllantirish hamda so’z boyligini oshirishga yordam beradi.

“Visitor” tinglab tushunish ko’nikmasini rivojlantirishga yo’naltirilgan, kichik parchalardan iborat bo’lgan butun bir hikoya asosida tashkil etilgan qo’llanma. Ushbu qo’llanma “Kernel 2” darsligining tarkibiy qismi hisoblansa ham, tinglab tushunish va gapirish ko’nikmalarini shakllantirish uchun alohida qo’llanma sifatida foydalanilishi mumkin.

“Off Stage” alohida grammatik xossalarini o’rganishga yo’naltirilgan hajviy dialoglardan iborat. Dialoglar mazmunan juda qiziqarli. O’rganuvchilar ularni yuqori darajadagi qiziqish bilan tinglashadi.

Yuqorida aytib o’tilgan qo’llanmalardan tashqari, biz tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirish uchun “Success at First Certificate” va “Master Class” kabi o’quv qo’llanmalaridan ham foydalanamiz.

Tinglab tushunish ko’nikmasi yetarli darajada shakllanib bo’lgandan so’ng testlarni bajarishga o’tish mumkin.

Yuqorida misol keltirilgan qo’llanma va kitoblarni MP3 audio fayllari bilan birgalikda Google orqali qidirish natijasida topishingiz hamda yuklab olishingiz mumkin. IELTS testlariga tayyorlanish uchun oson bo’lgan bu qo’llanmalarni ko’rib chiqishga vaqt ajrating.

Tinglab tushunish ko’nikmasi mashq kitoblari” maqolasida 14 fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan