Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Teliston.uz saytiga start berildi!

Teliston.uz saytiga start berildi!

Bugundan e’tiboran O’zbekiston telefon raqamlari onlayn katalogi – Teliston.uz sayti barcha imkoniyatlari bilan (vaqtincha sinov rejimida) ishlay boshladi! Yodingizda bo’lsa, telefon raqamlarni jamlashga ixtisoslashgan sayt tayyorlash rejasini e’tiboringizga havola etgan edim. Bir qancha muddatdan so’ng ushbu reja amalga oshdi va sayt ishga tushirildi!

Nega sayt nomi Teliston? Saytimiz o’z oldiga O’zbekistondagi barcha telefon raqamlarini yig’ishni maqsad qilib qo’ygan. Teliston O’zbekistonning telefon raqamlari jamlanmasi hisoblanadi. Shu sababli Telefon va O’zbekiston so’zlarini uyg’unlashtirib, sayt nomini «Teliston» deb tanladik.

Saytni o’z qiziqishlarim asosida, o’zim yuritishni reja qilgan holda, to’liq o’zimning qarashlarim asosida tayyorladim. Afsuski, navbatdagi loyihalarga o’tishim kerakligi va shaxsiy blogimdan ortib bu saytni ham yuritishga vaqt ajrata olmasligimni hisobga olgan holda yangi tayyorlangan Teliston.uz saytini sotishga qaror qildim. Umid qilamanki, yangi saytni rivojlantirish va O’zbekistonning birinchi raqamli telefon raqamlari katalogiga aylantirishni o’z oldigan maqsad qilgan kimdir unga egalik qiladi. Sayt sotilishi haqida e’lonni navbatdagi bir necha kun ichida e’lon qilmoqchiman.

Hozircha esa saytdan bahramand bo’ling! Teliston saytiga har kim o’zi xohlagan raqamni qo’shishi mumkin. Raqamlar saytda e’lon qilinishidan avval administrator tomonidan tasdiqlanadi. To’liq ma’lumot kiritilmagan, xato yozilgan yoki sayt qoidalariga mos bo’lmagan raqamlar katalogga kiritilmaydi.

Iltimos, saytni foydali telefon raqamlar bilan boyitishda o’z hissangizni qo’shing. O’zingiz taniydigan qo’li gul usta, malakali repetitor, tajribali haydovchi yoki qattiqqo’l murabbiy telefon raqamini bilsangiz, uni sayt katalogiga to’g’ri va aniq ma’lumotlar asosida kiriting. Teliston sayti orqali ularni minglab yangi iste’molchilar, buyurtmachilar va mijozlar osongina topib olishadi. Saytda foydali raqamlar qanchalik ko’p bo’lsa, o’ziga kerakli bo’lgan kishini oson topib oladigan foydalanuvchilarga ham, o’z xizmatini imkon qadar ko’proq mijozlarga taklif etishi mumkin bo’lgan shaxslarga ham birdek foydali bo’ladi.

Ha, aytgancha! Saytga nafaqat alohida shaxslar raqamlarini, balki tashkilotlar, savdo nuqtalari va tijorat joylari raqamlarini ham kiritish mumkin. Umuman, boshqalar uchun foydali bo’lgan har qanday raqamni kiritishingiz saytimiz va foydalanuvchilar uchun faqat ijobiy natija olib keladi.

Teliston.uz saytiga hoziroq tashrij buyuring. Katalog bo’limlarini ko’zdan kechiring, o’zingiz bilgan bir nechta foydali raqamlarni aniq va to’liq ma’lumotlar asosida kiriting, mavjud raqamlar ichidan o’zingizga keragini osonlik bilan topib oling.

O’zbekiston internetidagi barchani o’zbek tilidagi yana bir yangi foydali sayt bilan tabriklayman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

3 ta fikr

  1. Assalomu alaykum. Sizni ham tabriklayman, va Saytni qanchaga sotasiz.

  2. Juda yaxshi proyekt ekan! Sayt juda qulay! Shunday saytlar ko’payadi degan umiddaman.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*