Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Tasdiq so’roq gaplarning zaruriy qoidasi

Tasdiq so’roq gaplarning zaruriy qoidasi

Tasdiq so’roq gaplarda kishi o’zi bildirgan fikrini so’roq orqali tasdiqlab ko’rsatadi. Masalan: Bugun chiroyli kun, shunday emasmi? Bu gapning «Bugun chiroyli kun» qismi so’zlovchining fikri, undan keyin kelayotgan «shunday emasmi?» qismi esa avvalroq bildirilgan fikrni tasdiqlash uchun ishlatilayotgan so’roq hisoblanadi. Agar fikrni gapning birinchi qismi, deb tushunsak, tasdiq sifatida berilayotgan so’roqni ikkinchi qism, deb hisoblasak, bu holda tasdiq so’roq gaplarning yasalishida gapning birinchi qismida qaysi fe’l ishtirok etgan bo’lsa, ikkinchi qismida ham shu fe’l ishtirok etadi. Ammo birinchi qismda keltirilgan fe’l darak (bo’lishli) shaklda bo’lsa, ikkinchi qismda bu fe’l inkor (bo’lishli) shaklda keltiriladi. Shuning uchun tasdiq so’roq gaplarning yasalishini «INKOR-DARAK» va «DARAK-INKOR», deb qabul qilishimiz mumkin. Mana bu misolga e’tibor bering:

He doesn’t smoke, does he? – U chekmaydi, shundaymi?

Bu gapning birinchi qismida doesn’t inkor shaklida kelgan bo’lsa, ikkinchi qismida, tasdiqlashda bu fe’lning o’zi does darak shaklida keltirilgan. Boshqa bir misolni ko’ramiz:

They are at home, aren’t they? – Ular uyda, shunday emasmi?

Endi bu gapda avvalgi gapning aksi bo’layapti: gapning birinchi qismida darak shaklidagi are ishlatilgan bo’lsa, ikkinchi qismida inkor shaklidagi aren’t ishlatilgan.

Abituriyentlar uchun yuqoridagi misollarda berilgani kabi gaplar test savoli sifatida berilsa, ular uchun hech qanday qiyinchilik tug’ilmaydi, chunki tasdiq so’roq gaplarning bu oddiy qoidalari o’rganish uchun juda oson va ko’pchilik abituriyentlar bu mavzuga juda sodda mavzu sifatida qarashadi.

Ammo tasdiq so’roq gaplar mavzusining ham bir oz murakkab jihati mavjud. Hozir shu masalani ko’rib o’tamiz. Quyigi uchta asosiy qoidani tushunib, yodlab oling:

1. Agar tasdiq so’roq gaplarning birinchi qismi «Let’s…» («Keling…») bilan boshlansa, demak uning ikkinchi, tasdiq qismi har doim «shall we?» bo’ladi. Masalan:

Let’s play tennis tonight, shall we? – Keling, bugun kechga tennis o’ynaymiz, maylimi?

Let’s have a party, shall we? – Keling, bazm uyushtiramiz, maylimi?

2. Agar tasdiq so’roq gapning birinchi qismida buyruq gap keltirilgan bo’lsa, bu holda uning ikkinchi, tasdiq qismi «will you?» bo’lib tugaydi. Masalan:

Open the door, will you? – Eshikni oching, maylimi?

Please, help me with my homework, will you? – Iltimos, uyga vazifamga yordam bering, maylimi?

3. Tasdiq so’roq gapning birinchi qismi «I am» («men»)ga nisabatan aytilgan fikr bo’lsa, demak uning tasdiq qismi «aren’t I?» bo’lib tugaydi. Masalan:

I am here to help you, aren’t I? – Men bu yerda Sizga yordam berish uchun turibman, shunday emasmi?

I am intelligent, aren’t I? – Men aqlliman, shunday emasmi?

Yuqoridagi uchta qoida tasdiq so’roq gap haqidagi testlarda juda ko’plab uchraydi. Ko’pchilik bilimdon abituriyentlarimiz yuqoridagi oddiy qoidalarni allaqachon juda mukammal darajada o’zlashtirishga. Ammo shunday bo’lishiga qaramay, ularni yana bir bor eslab o’tishimiz foydadan holi bo’lmaydi.

Tasdiq so’roq gaplarning zaruriy qoidasi” maqolasiga bitta fikr bildirilgan

  1. mohinur

    Ma’lumotlar uchun tashakkur, chindan ham bu kabi testlarga ko’p duch kelaman, yozganlaringiz bilimlarimni anchagina mustahkamlab, o’zimga nisbatan ishonchimni ming chandon oshiryapti

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan