Kuchli odam

Kecha televizor orqali Lineks tabletkalarining rus tilidagi reklama roligida «Порядок начинается изнутри» («Tartib ichkaridan boshlanadi») degan gapni eshitib qoldim. Balki bu gap sog’likka bevosita bog’liq bo’lgan maxsulot reklamasida aytilayotganligi uchunmi, yoki menga bu fikrning o’zi yoqib qolganligi uchunmi, hozirgi maqolamning mana shu so’zlar bilan boshlashga qaror qildim.

Rostdan ham, agar yaxshilab o’ylab ko’rsangiz, ichki tomoni tartibli bo’lmagan kishining tashqi tomoni hech qachon chiroyli bo’lishi mumkin emas. Bu gapni ham to’g’ri, ham ma’joziy ma’noda qabul qilishingiz mumkin.

Biz shaxsiy rivojlanish haqida gapirganimizda kasbimizda muvaffaqiyatli bo’lishimiz, qaysidir yoqtirgan sohamizda professional darajasiga yetishishimiz yoki o’zimiz kutgandek komil shaxs darajasiga ko’tarilishimiz haqida tasavvurlar birinchi o’rinda paydo bo’ladi. Ammo bularning barchasi, agar sog’lik bo’lmasa, ikkinchi o’rindagi masalalarga aylanib qolishi aniq. Shuning uchun ham bu maqolamizda muvaffaqiyatimizning birinchi o’rinli asosi – sog’ligimiz va qanday qilib uni o’z qo’llarimiz bilan harob qilmaslik haqida gaplashamiz.

Siz shaxsiy jihatdan rivojlanish, yetuk shaxs bo’lish, kuchli inson bo’lishga harakat qilmoqchi ekansiz, yodda tuting: kuchli odam – bu sog’lom odam degani! Har qanday sohada muvaffaqiyatli bo’lishingiz uchun siz eng avvalo kuchli, yanayam aniqroq qilib aytsak, sog’om bo’lishingiz kerak.

Avvalo har kimning tani-joni har doim sog’ bo’lsin. Kasal bo’lish insonga hos holat, ammo men bu maqolada tabiiy tarzda emas, balki o’z xohishi bilan kasal bo’lishga urinayotgan kishilar haqida yozmoqchiman. O’z xohishi bilan kasal bo’lishga jon-jahdi bilan urinayotgan kishini ko’rganmisiz? Men esa bunaqa kishilarni har kuni, deyarli hamma joyda uchrataman. Ular sigaret chekish orqali sog’liklarini yo’qotishga, aroq va pivo ichish orqali o’z tanalarini kuchsizlantirishga harakat qilishadi.

Sigaret cheksangiz, yoki spirtli ichimliklar iste’mol qilsangiz – xohlaysizmi-yo’qmi ma’lum darajada qul hisoblanasiz. Qullik – bu erkinlikni yo’qotish bilan tengdir. Erkin bo’la olmagan kishi esa hech qachon buyuk ishlarga qodir bo’la olmaydi. Shaxsiy rivojlanish borasida muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsangiz, ishni eng avvalo ichki tomoningizni sizga sezdirmasdan kemirayotgan ichish, chekish kabi zararli odatlaringizni tashlash hamda bu odatlardan imkon qadar uzoqroq yurishga harakat qilishdan boshlashingiz kerak. Ichish, ayniqsa eng ko’p tarqalgan zararli odat, chekishning qanchalar tuban ish eknaligini anglashingiz uchun maqolamni quyidagi qisqa, ammo 100% haqqoniy hikoya bilan tugataman.

AQSH prezidentligi uchun saylovlarda nomzod bo’lgan Mitt Romney bugungi kungacha sigaret ishlab chiqaruvchi gigant – Marlboro kompaniyasining savdo strategiyasini ishlab chiqqan, uning maxsulotlarini sotishda yordam bergan, ammo eng hayron qolarlisi – Mitt Romneyning o’zi sigaret chekmas ekan. Marlboro kompaniyasining eng yaqin yordamchisi nega sigaret chekmaydi deb o’ylaysiz? Undan bu haqida so’rashganda Romney sigaretlar sotish strategiyasi faqat pul topish uchun bo’lganligini, o’zi esa sog’ligini yo’qotish uchun chekish darajasida «ahmoq» emasligini ta’kidlagan. (maqolaning ingliz tilidagi original matnini o’qish uchun bu yerga bosing).

O’ylab ko’ring. Zararli odatlarga qul bo’lmang! Sizni buyuk ishlar kutmoqda!

Abituriyentlar uchun test formulalari

3 ta fikr

  1. Good evening admin. Could you tell me about passive voice ,Please.
    Thank you

  2. Salom alaykum Azamat aka.
    sizda komputerlar uchun inglizcha-o`zbekcha lug`at programmalar bo`lsa saytizda joylashtirib qo`ysangiz yaxshi bo`lardi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*