Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Sitemap haqida

Sitemap haqida

Sitemap o’zbek tilida «sayt xaritasi» degan ma’noni anglatadi. Sitemap ko’pchilik saytlarda mavjud bo’ladi, ammo uning saytda bo’lishi majburiy hisoblanmaydi. Odatiy shaharlar yoki davlatlar xaritasi singari sayt xaritasi ham foydalanuvchilarga saytning barcha ma’lumotlarini umumiy nazar bilan kuzatishga, saytdagi foydalanuvchiga kerak bo’lgan ma’lumotni osonroq topib olishiga yordam beradi.

Saytlarda sitemap ko’pincha linkli mundarija ko’rinishida aks ettiriladi. Bunda saytning bo’limlari, sahifalari, asosiy qismlari ma’lumotga olib boruvchi link ko’rinishida tasvirlanadi. Uning asosiy maqsadi sayt tuzilmasini foydalanuvchiga yaqqolroq ko’rsatish hisoblanadi.

Bundan tashqari faqat qidiruv mashinalari uchun mo’ljallangan maxsus XML xaritalar ham bor. Ularda saytning barcha bo’limlari, sahifalari va maqolalari birma-bir ko’rsatiladi hamda shu yo’l bilan qidiruv mashinalari robotlari uchun sayt ma’lumotlarini, qurilishini yaxshiroq indeks qilishga erishiladi. Bu saytning ommalashuvida muhim o’rin tutganligi sababli ko’pchilik sayt egalari, shu jumladan o’zim ham, saytning XML xaritalariga e’tiborli bo’lishadi.

XML xaritalar generatsiya qilinadi. Bugungi kunda qidiruv mashinalari uchun saytingiz XML xaritasini tayyorlab beruvchi bepul online xizmatlar mavjud.

Har qanday maqsadda bo’lsa ham saytingizda xaritalardan foydalanish uni yaxshiroq tartiblashga hamda foydalanuvchilar va qidiruv mashinalari robotlari uchun oson topishga sharoit yaratgan bo’lasiz.

Sitemap haqida” maqolasida 4 fikr

  1. Javohir

    Salom. Azamat aka yaxshimisiz!

    Sitemap.xml yasab bo’lmayaptiku. Yasash haqida ma’lumot bering!

    Saytim nomini yozdim. Keyin Startga bosdim. Lekin sitemap.xml ga link bermadi.

    Javob berish

      1. Javohir

        Mana bunday yozuv chiqyapti

        Links depth:1
        Current page:loads
        Pages scanned:14(100.0KB)
        Added in sitemap:14
        Pages left:44
        Time passed:0:04
        Time left:0:13

        Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan