Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Shaxsiy sayt ochishingizga 10 sabab

Shaxsiy sayt ochishingizga 10 sabab

XXI asrda yashayapmiz va bugungi kunda 50 yoshgacha bo’lgan, kelajakdagi faoliyatini zamon bilan hamnafas tarzda rivojlantirishni rejalashtirgan har bir kishi o’z shaxsiy saytiga ega bo’lishi zarur. Agar Siz uchun shaxsiy saytga ega bo’lish masalasi keraksiz va ikkinchi darajali mavzu bo’lsa, demak internetdan samarali foydalanish hamda shaxsiy saytingiz orqali erishishingiz mumkin bo’lgan ustunliklar haqida hech narsa bilmas ekansiz. Sizda shaxsiy sayt ochishga zarurat yo’q deb o’ylaysizmi? Quyida shaxsiy sayt ochishingizga 10 ta eng umumiy sabablarni keltirib o’taman. Bu sabablarning kamida 3 tasi Sizni o’ylantirib qo’ysa, demak Siz shaxsiy saytingizga ega bo’lishingiz kerak.

1. RAQOBATDOSHINGIZNING SHAXSIY SAYTI BOR. Har birimiz u yoki bu sohada boshqalar bilan raqobatlashamiz. Doim ochiqcha aytavermasak ham, aslida biz har doim hammadan ustun bo’lishni, bir qadam oldinda yurishni hamda bizning darajamiz raqobatdoshlarimiznikiga nisbatan ancha yuqorida bo’lishini xohlaymiz. Har qanday sohada ishlamang: ta’lim, tijorat, tibbiyot, ishlab chiqarish, san’at … va hatto folbinlik – hamma sohada raqobatdoshingizning shaxsiy sayti bor. Ular zamonaviy texnologiyalardan foydalanish jihatidan Sizga nisbatan bir qadam oldinda borishayapti.

2. ODAMLAR SIZNI INTERNETDAN QIDIRISHADI. Biz axborot asrida yashayapmiz. Ilgari ma’lumot olish uchun qayerga murojaat qilishni o’ylab qoladigan kishilar bugungi kunda o’z izlagan narsalarini internetdan topishlariga hech qanday shubha qilishmayapti. Bugun kishilar manzillar va telefon raqamlarni, ma’lum kishilar va xizmatlarni faqat internet orqali qidirishmoqda. Bundan keyin ularga Sizning xizmatingiz zarur bo’lib qolsa, Siz bilan bog’lanish uchun manzilingiz, telefon raqamingizni mahallangizdagi qo’shnilaringizdan kelib so’rashadi, deb o’ylaysizmi? Yo’q, adashasiz. Kelajakda ma’lumotlar faqat internet orqali olinadi va faqat internetda o’z manziliga ega bo’lgan kishilargina mashxurlikka erisha olishadi.

3. SHAXSIY SAYT – ENG YAXSHI REKLAMA. Ma’lumotlarga boy sayt har qanday reklamadan afzal. Siz millionlab sarflashingiz mumkin bo’lgan reklamalar hech qachon shaxsiy sayt berganchalik ma’lumotni iste’molchilarga yetkazib bera olmaydi. Televideniya, radio, gazeta, billbordlar va boshqa turdagi reklamalar faqat saytga ega bo’lgandan keyingina yaxshi natija berishi mumkin. O’ylab ko’ring, bugungi kunda O’zbekistondagi qaysi kompaniyaning sayti yo’q? Biror kompaniya o’z saytiga ega bo’lmasdan muvaffaqiyatga erisha olayaptimi?

4. HAMMA UCHUN, HAR DOIM, HAMMA JOYDA. Sizning saytingiz kunida 24 soat, haftasida 7 kun ishlab turadi. Saytingiz uchun dam olish kunlari, tanaffus vaqtlari belgilanmagan. Saytingiz – Sizning internetdagi doimiy ishlab turadigan idorangiz. Siz ta’tilda bo’lganingizda, ovqatlanayotganingizda, ko’chada yurganingizda va hatto uxlaganingizda ham saytingiz Siz uchun mijozlar bilan ishlaydi, buyurtmalar qabul qiladi, ma’lumot beradi va iste’molchilar bilan Sizni bog’laydi. Saytingiz – dunyoning barcha mamlakat va shaharlarida, hatto chekka qishloqlarida joylashgan idorangiz filiali. Bu idoraga xizmatlaringiz bilan tanishish uchun O’zbekistondan, Fransiyadan, AQShda, Madagaskardan va hatto dunyodagi eng kichik orollardan turib ham tashrif buyurish mumkin.

5. MIJOZLARGA XIZMAT KO’RSATISHNI YAXSHILASH. Siz ko’rsatadigan xizmat yoki taqdim etadigan mahsulot yuzasidan iste’molchilarda savollar, tushunmovchiliklar bo’lishi mumkin. Har bir iste’molchining savoli bilan alohida shug’ullanish juda ko’p xarajat, vaqt va ish talab qiladi. Shaxsiy saytga ega bo’lish orqali haridorlaringiz uchun internetda ma’lumotlar bazasini yaratishingiz mumkin. Vaqt o’tgan sari bitta foydalanuvchida paydo bo’lgan savolga bergan javobingiz o’nta boshqa foydalanuvchining muammosini hal qiladi, yuzta iste’molchi duch kelgan muammoning yechimini esa minglab boshqa iste’molchilar saytingiz orqali bilib olishlari mumkin bo’ladi.

6. IKKI MILLARD SAKKIZ YUZ MILLION KISHI. Bu juda ko’p sonli aholi. 2014-yilda butun dunyoda 2 milliard sakkiz yuz milliondan ortiq kishi internetdan foydalanayotgan bo’lsa, bu ko’rsatkich kelasi bir necha yil davomida yana oshadi. Internetdan foydalanishga kelganda kimning qayerdan ekanligi hech qanday ahamiyatga ega emas. Saytlardan eng chekka qishloqdagi kishilar ham, eng rivojlangan mamlakatning eng yirik shahridagi kishilar ham bir xil tarzda foydalanishadi. Shaxsiy saytingizga ega bo’lish esa dunyoning 2 milliarddan ortiq aholisiga mahsulot va xizmatlaringizni birdek taqdim etish imkoniyatini beradi.

7. PASSIV DAROMAT IMKONIYATLARI. Asosiy faoliyatingizdan tashqari saytingiz orqali passiv (Siz ishlamasangiz ham pul to’lanadigan) daromadga ham ega bo’lishingiz mumkin. Saytingizga reklamalar joylashtirish, mualliflik huquqi, kontent savdosi va boshqa turdagi manbaalar orqali daromadingizni bir necha barobar o’stirishingiz mumkin. Saytingiz orqali passiv daromad ko’rishingiz usullari faqat o’zingizning tasavvuringiz doirasi bilan chegaralanishi mumkin.

8. QULAY VA ARZON. Shaxsiy saytingizga ega bo’lish juda oson va arzon. Shaxsiy saytingizni o’zingiz tayyorlashingizni hisobga olsak, domen va hosting (26+36) xarajatlari bir yilga atigi 62000 so’mni tashkil etadi. Agar sayt tayyorlashga buyurtma bermoqchi bo’lsangiz ham, bu xizmat Siz uchun hech qanday qimmat narxga baholanmaydi. Shaxsiy saytingizga ega bo’lganingizdan keyin esa, uni boshqarish huddi qo’l telefoningizdan foydalanishingiz kabi oson va qulay.

9. SIZ BETAKRORSIZ. Dunyoda Sizning ismingiz boshqa kishilarda ham bor. Familiyangiz ham yagona emas. Sizdagi mashina, kiyim, telefon va boshqa buyumlar ham Sizdagi individuallikni ta’kidlash darajasida betakror emas. Hatto qiyofangiz ham dunyoning bir chetidagi kimdadir bor bo’lishi mumkin. Shaxsiy sayt masalasida esa hammasi butunlay boshqacha. Shaxsiy saytingizga ega bo’lish orqali Siz butun dunyoda o’ziga xoslik va betakrorlik bilan ajralib turishingiz mumkin. Microsoft kompaniyasi o’z nomini www.microsoft.com sayti bilan butun dunyoda betakror qildi. Bundan keyin hech kim www.microsoft.com saytini qayta ochishi mumkin emas. Siz o’z kompaniyangiz nomini yoki shaxsiy ismingizni dunyoda betakror qilishga ulgurdingizmi?

10. HAMKORLIK. Shaxsiy saytingizga ega bo’lish orqali o’z sohangiz bo’yicha boshqa kishilar, kompaniyalar bilan hamkorlik qilishingiz imkoniyati kengayadi. Endi Siz nafaqat mahalliy faoliyat yurituvchi shaxslar bilan, balki global ravishda o’z hamkorlaringiz bilan aloqaga chiqishingiz, ularning holati haqida xabardor bo’lib turishingiz, yangi g’oyalarni birgalikda amalga oshirishingiz  mumkin. Bir so’z bilan aytganda, shaxsiy saytingiz Siz uchun shaxsiy rivojlanish hamda moddiy gullab-yashnash imkoniyatini taqdim etadi.

Zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan onlayn faoliyatdan chetda qolmang. O’z saytingizga bugundanoq ega bo’ling. Saytimiz orqali shaxsiy web sayt tashkil etishni o’rganishingiz, shaxsiy sayt tayyorlashga buyurtma berishingiz yoki juda arzon narxda o’z shaxsiy saytingizga ega bo’lishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. Uzr bir joyida adashuv bo`libdi.Dunyo bo`yicha 7 milliard axoli bor.Ulardan 2 milliarddan ortig`i internetga kirmoqda.Siz esa 7 milliard kishi internetga kiradi debsiz.Iloji bo`lsa xatoni tog`irlab qo`ying

  2. Salom!
    Internetda trafik ham pul ham qolmagan taqdirdayam kiradigan saytni qanday ochish mumkin?
    misol uchun: ki.uz , namcity.uz
    nima uchun sizning saytingizga kirib bo’lmaydi, net pul trafik qolmaganda?

    • Agar sayt UzNet hostingida joylashtirilsa barcha UzOnline abonentlari hisobida puli bo’lmagan holatda ham saytga kira olishadi. Mening saytim shaxsiy mustaqil serverga o’tkazilganligi sababli hisobida puli tugagan abonentlar uchun ko’rinmaydi.

  3. Iskandariy Nizomaddin

    Salom menga qanday qilib sayt ochish haqida malumot bera olasizmi oldindan Raxmat.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*