Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

SEO sohasi bo’yicha mukammal sayt g’oyasi

SEO sohasi bo’yicha mukammal sayt g’oyasi

SEO haqida ko’p o’ylayman. Haqiqatda saytlar SEO sohasi O’zbekistonda yaxshi rivojlanmagan, endigina odamlar nazariga tusha boshlagan soha, desam xato bo’lmaydi. O’zbekistonda o’n minglab saytlar bor. Ayni vaqtda ccTLD saytida .uz domen zonasida ro’yxatga olingan domenlar soni 30807 ekanligi ko’rsatilgan. Bu saytlarning har biri SEOga muhtoj. Sayti yo’q tashkilot yoki shaxslarga sayt ochish, ularga saytni yuritishni o’rgatish bosqichidan o’tib oldik. Endi navbat mavjud saytlarimizni SEO qilish va rivojlantirish.

.uz domen zonasida birorta ham SEOga ixtisoslashgan, o’zbek tilidagi mukammal sayt yo’q. Hamma saytlarga ko’proq tashrif buyuruvchilar kerak, hamma sayt adminlari saytlaridagi hisoblagich ko’rsatkichlarining yuqori darajada bo’lishini xohlashadi, ammo saytga traffikni qanday qilib to’g’ri (samarali) yo’naltirish mumkinligi, qidiruv mashinalari samaradorligidan qanday qilib unumli foydalanish kerakligi haqida ularda yetarlicha bilim yo’q. Bu esa, o’z navbatida, SEO sohasiga ixtisoslashgan mukammal bir sayt, forum yoki blogning yaratilishi hozirgi davrda ayni talabdagi ish bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.

SEO haqida rus yoki ingliz tillarida juda ko’p saytlarni topishingiz mumkin. Nega ulardan o’rnak olmaymiz? Hech bo’lmaganda o’sha rus yoki ingliz tillarida berilgan SEO haqidagi ma’lumotlarni o’zbek tiliga chiroyli tarzda tarjima qilib qo’ysak ham O’zbekistonda saytlar SEOsi sohasida mukammal bir saytga ega bo’lishimiz mumkin.

Ushbu maqola orqali «Qanday sayt qilsam ekan?», «Qanday sayt qilsam ko’proq odam kiradi?», «Qanday sayt qilsam saytim orqali pul ishlashim mumkin?», degan savollar bilan yurganlarga yuzlanmoqchiman: SEO sohasi bo’yicha mukammal sayt tashkil qiling!

SEO bo’yicha dunyoga mashxur Joost de Valk ismli kishi bor. U Yoast kompaniyasi (sayti, brendi)ga asos solgan. Joost o’zining Yoast.com sayti orqali yaxshigina shuhrat to’plagan. Saytga kirib ko’ring – hammasi SEO haqida. Saytdan imkon boricha daromad olishga harakat qilingan: bepul ma’lumotlar, tavsiyalar, plaginlar bilan birga pulli elektron kitoblar, SEO kurslar, saytlarni optimallashtirish xizmatlari va boshqa ko’plab mahsulotlar taklif etiladi. Yoast kompaniyasi 2010-yildan buyon faoliyat yuritayotganligiga qaramasdan butun dunyo saytlari orasida juda katta mavqega ega. Yoastning bepul Yoast SEO plagini bugungi kunda milliondan oshiq saytlarda ishlab turibdi. Bu plaginda pulli imkoniyatlar ham mavjud bo’lib, juda ko’pchilik plaginning pulli versiyasini ham harid qilishgan.

Joost de Valk tajribasini yaxshi o’rgangan holda o’zbek tilida SEO sohasini rivojlantiradigan bitta sayt ochib, o’zini butunlay SEO sohasiga bag’ishlagan holda saytlarni qidiruv mashinalari uchun optimallashtirishni o’rganib chiqadigan kishi topilsa, O’zbekiston saytlarining hozirgi holatida tezlik hamda osonlik bilan juda katta e’tibor va daromadga ega bo’lishi mumkin. Bu fikrga qiziqib qolganlar va SEO sohasiga alohida qiziqqanlarga imkon boricha tezroq SEOga yo’naltirilgan blog tashkil etishlarini tavsiya etaman.

Shaxsiy fikrimcha SEOga yo’naltirilgan blog (sayt)da quyidagi imkoniyatlar bo’lishi kerak:

  • SEO haqida maqolalar;
  • SEOni o’rgatuvchi video darslar;
  • SEO haqida elektron qo’llanmalar;
  • SEO haqida maslahatlar (email obuna bilan);
  • SEO sohasiga qiziquvchilar forumi;
  • SEO darslari;
  • va boshqa SEOga oid qimmatli ma’lumotlar.

Bunday blog tashkil etilsa, quyidagi usullar bilan pul ishlash mumkin:

  • Saytlarni SEO qilib berish;
  • SEO sohasini individual o’rgatish;
  • Elektron kitoblar sotish;
  • SEO qiziquvchilari forumi (klubi) a’zoligini pulli qilish;
  • Saytlardagi SEO ahvolini tuzatish;
  • Saytlarni SEO analiz qilish va maslahat berish;
  • SEO kurslar (video darslar, jonli darslar);
  • SEO maqola yozib berish;
  • SEO plaginlar va pulli imkoniyatlar.

Agar o’z ishini sevgan, SEOning haqiqiy mutaxassisi darajasigacha ko’tarila olgan kishi O’zbekistonda mukammal SEO saytini tashkil etishni uddalasa, shaxsan o’zim Azamat.uz sayti uchun birinchilardan bo’lib SEO xizmatlarga buyurtma bergan bo’lardim. Bunday xizmatlarni kutib yurgan minglab boshqa saytlarni ham uchratishingiz mumkin.

Hamma gap ishni boshlab, oxiriga yetkazishda. Ishining ustasiga daromad o’z oyog’i bilan keladi.

SEO sohasi bo’yicha mukammal sayt g’oyasi” maqolasida 4 fikr

  1. Mirzoxid

    Salom Azamat aka masalan men SEO ni unchalik yaxshi tushunmayman lekin qiziqaman men ham o’z shaxsiy blogimni tashkil qilib aloxida bo’limini SEO ga ajratib siz aytgan hamma ishlarni qila olamanmi yoki SEO ni mukammal o’rganishim kerakmi javob uchun oldindan raxmat!

    Javob berish

  2. Norkuloff

    Salom Seo boyicha mani savolim bor)
    Hullas mani saytim bor o’sha saytni Seo qildirmoqchiman SEO Narxlari haqida bilsangiz manga ham ayting. I kiyin kimlar shug’ullanadi bu ish bilan shuni ham ayting iloji bo’lsa.
    Javob uchun oldindan Raxmat))

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan