Saytga maqolalarni avtomatik qo’shish plagini iste’molga chiqarildi

Yodingizda bo’lsa AdSense orqali pul ishlashga mo’ljallangan, boshqa saytlardan avtomatik maqola ko’chirib o’zida chop etadigan avtopilotdagi ProBloq.com sayti sotilgan edi. Bu saytning eng qiymatli xususiyati tashqi saytlardan kerakli maqolalarni o’ziga ko’chirib, chop etish orqali saytga ma’lumotlarni avtomatik tarzda kiritishi edi. ProBloq saytidagi bu funksiya maxsus plagin orqali amalga oshirardi va yaqinda ushbu plaginning qayta ishlangan, yangilangan va mukammallashtirilgan ko’rinishi AUS News Grabber nomi ostida keng iste’molga chiqarildi.
Endi bu plagindan istagan kishi foydalanishi mumkin. Agar Sizning saytingiz WordPress asosida ishlasa va saytingizga boshqa saytlardan maqolalar avtomatik tarzda ko’chirib chop etilishini xohlasangiz bu plagindan albatta foydalanishingiz kerak! Plagin yordamida saytingiz ma’lumotlari avtomatik tarzda boyitilaveradi!
Hozirgi vaqtda AUS News Grabber plagini ProBloq, News Ulugov saytlarida ishlab turibdi. Plagin qo’shayotgan avtomatik maqolalarni ko’rish uchun bu saytlardan biriga tashrif buyurishingiz kifoya.
Plaginni WordPressning plaginlar bo’limidan bepul yuklab olishingiz va o’rnatishingiz mumkin. Ayni vaqtda plagin bazasi 3 ta saytdan maqola tortishga ixtisoslashtirilgan. Plaginni o’rnatib, kerakli tarzda sozlasangiz saytingizga hi-news.ru, factroom.ru va mixstuff.ru saytlaridan barcha maqolalar avtomatik qo’shib borilishi mumkin.
Saytingizdan AdSense reklamalari orqali foyda ko’rmoqchimisiz? Plagin bazasidagi mavjud 3 ta sayt o’zidan maqola ko’chirishga ruxsat bergan. Bu esa AdSense qoidalariga to’liq mos keladi. Shunday ekan, saytingizga plaginni o’rnatib, uning bazasidagi saytlardan maqolalarni o’z saytingizda chop etsangiz, Google AdSense qoidalariga rioya qilgan holda ishlagan bo’lasiz. Bu masala to’liq o’rganib chiqilgan.
Plaginni bazasidan tashqari boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirishga moslash ham mumkin. Agar Sizni plagin bazasida mavjud 3 ta sayt qoniqtirmasa, butunlay boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirmoqchi bo’lsangiz, kelishilgan miqdoridagi to’lov evaziga istalgan saytni plagin bazasiga qo’shib berishimiz mumkin. Qaysidir saytga yangi maqola qo’shilganda shu maqola Sizning saytingizga avtomatik ko’chirilishini xohlaysizmi? To’lov evaziga shu saytni plagin bazasiga kiritish uchun buyurtma berishingiz mumkin.
Plagindagi mavjud 3 ta (Hi-News, FactRoom, MixStuff) saytni o’z saytingizga moslab sozlay olmayapsizmi? Kelishilgan miqdoridagi to’lov evaziga plaginni saytingizga o’rnatib, kerakli darajada sozlab bera olamiz!
Shunday ajoyib plaginni barchamizga taqdim etganligi uchun Anvar Ulug’ovga minnatdorchilik bildirgan holda barcha turdagi buyurtmalar bilan +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz yoki bog’lanish tizimi orqali xabar yozishingiz mumkinligini eslatib o’tmoqchiman.
Azamat aka yaqin kunlarda tayyor bo’lishi mumkinmi?
Yo’q.
Azamat aka faqat manashu 3 ta saytdan avtomatik yanglik yuklash mummkin xolosmi ?
Yoki o’zim istagan saytdan yangiliklarni avtomatik ko’chirib ololamanmi ?
Javobingiz uchun rahmat .
Hozircha faqat shular. Alohida saytni o’zingiz PHP bilan yaxshi tanish bo’lgan holda qo’shishingiz mumkin.
Bunday saytlarda juda ham foydalanuvchi kam buladi. Qisqa umrli sayt