Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Saytga maqolalarni avtomatik qo’shish plagini iste’molga chiqarildi

Saytga maqolalarni avtomatik qo’shish plagini iste’molga chiqarildi

Yodingizda bo’lsa AdSense orqali pul ishlashga mo’ljallangan, boshqa saytlardan avtomatik maqola ko’chirib o’zida chop etadigan avtopilotdagi ProBloq.com sayti sotilgan edi. Bu saytning eng qiymatli xususiyati tashqi saytlardan kerakli maqolalarni o’ziga ko’chirib, chop etish orqali saytga ma’lumotlarni avtomatik tarzda kiritishi edi. ProBloq saytidagi bu funksiya maxsus plagin orqali amalga oshirardi va yaqinda ushbu plaginning qayta ishlangan, yangilangan va mukammallashtirilgan ko’rinishi AUS News Grabber nomi ostida keng iste’molga chiqarildi.

Endi bu plagindan istagan kishi foydalanishi mumkin. Agar Sizning saytingiz WordPress asosida ishlasa va saytingizga boshqa saytlardan maqolalar avtomatik tarzda ko’chirib chop etilishini xohlasangiz bu plagindan albatta foydalanishingiz kerak! Plagin yordamida saytingiz ma’lumotlari avtomatik tarzda boyitilaveradi!

Hozirgi vaqtda AUS News Grabber plagini ProBloqNews Ulugov saytlarida ishlab turibdi. Plagin qo’shayotgan avtomatik maqolalarni ko’rish uchun bu saytlardan biriga tashrif buyurishingiz kifoya.

Plaginni WordPressning plaginlar bo’limidan bepul yuklab olishingiz va o’rnatishingiz mumkin. Ayni vaqtda plagin bazasi 3 ta saytdan maqola tortishga ixtisoslashtirilgan. Plaginni o’rnatib, kerakli tarzda sozlasangiz saytingizga hi-news.ru, factroom.ru va mixstuff.ru saytlaridan barcha maqolalar avtomatik qo’shib borilishi mumkin.

Saytingizdan AdSense reklamalari orqali foyda ko’rmoqchimisiz? Plagin bazasidagi mavjud 3 ta sayt o’zidan maqola ko’chirishga ruxsat bergan. Bu esa AdSense qoidalariga to’liq mos keladi. Shunday ekan, saytingizga plaginni o’rnatib, uning bazasidagi saytlardan maqolalarni o’z saytingizda chop etsangiz, Google AdSense qoidalariga rioya qilgan holda ishlagan bo’lasiz. Bu masala to’liq o’rganib chiqilgan.

Plaginni bazasidan tashqari boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirishga moslash ham mumkin. Agar Sizni plagin bazasida mavjud 3 ta sayt qoniqtirmasa, butunlay boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirmoqchi bo’lsangiz, 10 shartli birlik miqdoridagi to’lov evaziga istalgan saytni plagin bazasiga qo’shib berishimiz mumkin. Qaysidir saytga yangi maqola qo’shilganda shu maqola Sizning saytingizga avtomatik ko’chirilishini xohlaysizmi? To’lov evaziga shu saytni plagin bazasiga kiritish uchun buyurtma berishingiz mumkin.

Plagindagi mavjud 3 ta (Hi-News, FactRoom, MixStuff) saytni o’z saytingizga moslab sozlay olmayapsizmi? 5 shartli birlik miqdoridagi to’lov evaziga plaginni saytingizga o’rnatib, kerakli darajada sozlab bera olamiz!

Shunday ajoyib plaginni barchamizga taqdim etganligi uchun Anvar Ulug’ovga minnatdorchilik bildirgan holda barcha turdagi buyurtmalar bilan +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz yoki bog’lanish tizimi orqali xabar yozishingiz mumkinligini eslatib o’tmoqchiman.

Saytga maqolalarni avtomatik qo’shish plagini iste’molga chiqarildi” maqolasida 27 fikr

  1. Yusuf

    Assalomu aleykum, Azamat aka!
    Foydali tavsiya uchun rahmat. Men shu plaginni saytimga yuklab aktivlashtirmoqchi bo’lsam:

    Parse error: syntax error, unexpected ‘[‘ in /home/usr/data/yusuf/public_html/wp-content/plugins/aus-news-grabber/grabbers/class.hinewsru.php on line 60

    shunday deyapti, aktivlashtirishim uchun nima qilishim kerak?

    Javob uchun oldindan rahmat!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Shunchaki saqlash tugmasini bir marta bosing bu xatolik boshqa ko’rsatilmasligi kerak. Agar muammo yana uchrasa yozing.

      Javob berish

  2. HARU

    Salom Azamat aka
    Tepadagi 3-ta satdan faqat belginlagan category ga featured image bo’lib ko’chishi uchun nima qilinadi,

    Javob berish

  3. Arslon

    Azamat aka men aus-news-grabberni aktivlashtirdim lekin ishlamayapti.aus-news-grabberni you tubedagi videoga qarab aktivlashtirgandim.Menga yordam bera olaszmi

    Javob berish

  4. HRBOY

    Salom Azamat aka,
    Men bitta saytdan maqollardi ko’chirmoqchi edim, u saytda 700 tacha post bor ekan, ulardi hammasini ko’chirish mumkinmi? yoki faqat yangilari ko’chadimi?

    Javob berish

  5. Isroil

    Probloq va kukariku saytlariga kiruvchilar juda oz. Qande qo’shincha daromad keltiradi. Hatto o’ziga ketgan harajatni ham oqlayaptimi o’zi

    Javob berish

  6. shodibek

    Salom Azamat aka men ham saytimga ushbu plaginni aktivatsiya qilmoqchi bo’ldim lekin

    Плагин не был активирован, потому что он вызвал фатальную ошибку.

    Parse error: syntax error, unexpected ‘[‘ in /home/lifeseop/hi-tech.lifeseo.pw/wp-content/plugins/aus-news-grabber/grabbers/class.hinewsru.php on line 60

    deb chiqyapti hech qanday saqlash degan tugmaa yoq iltimos yordam bering

    Javob berish

  7. Ibrohim

    Assalomu alaykum
    plugin uchun katta rahmat.
    Factroom rss ga to’g’irladim. Lekin umuman ko’chirmayapti. Nima qilishim kerak. Boshqa saytga to’glirlasam faqat sarlavhasini ko’chivotti.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Demak sayt markapida o’zgarish bo’libdi. Plaginni yangilash kerak ekan.
      Afsuski o’zingiz hech narsa qilolmaysiz (agar PHPda yaxshi ko’nikmaga ega bo’lmasangiz).
      Plaginning yangi versiyasini chiqarishimizni kutishingizga to’g’ri keladi.

      Javob berish

      1. Ibrohim

        Ha raxmat. Php endi o’rganayapman. Pluginni yangi versiyasini chiqishini kutamiz. Sizning vaqtingiz tig’izdir o’zi. Lekin bizga vaqtingizdan ozgina ajratsangiz, Juda ham hursand bo’lamiz. 🙂

        Javob berish

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan