Saytga maqolalarni avtomatik qo’shish plagini iste’molga chiqarildi

Yodingizda bo’lsa AdSense orqali pul ishlashga mo’ljallangan, boshqa saytlardan avtomatik maqola ko’chirib o’zida chop etadigan avtopilotdagi ProBloq.com sayti sotilgan edi. Bu saytning eng qiymatli xususiyati tashqi saytlardan kerakli maqolalarni o’ziga ko’chirib, chop etish orqali saytga ma’lumotlarni avtomatik tarzda kiritishi edi. ProBloq saytidagi bu funksiya maxsus plagin orqali amalga oshirardi va yaqinda ushbu plaginning qayta ishlangan, yangilangan va mukammallashtirilgan ko’rinishi AUS News Grabber nomi ostida keng iste’molga chiqarildi.
Endi bu plagindan istagan kishi foydalanishi mumkin. Agar Sizning saytingiz WordPress asosida ishlasa va saytingizga boshqa saytlardan maqolalar avtomatik tarzda ko’chirib chop etilishini xohlasangiz bu plagindan albatta foydalanishingiz kerak! Plagin yordamida saytingiz ma’lumotlari avtomatik tarzda boyitilaveradi!
Hozirgi vaqtda AUS News Grabber plagini ProBloq, News Ulugov saytlarida ishlab turibdi. Plagin qo’shayotgan avtomatik maqolalarni ko’rish uchun bu saytlardan biriga tashrif buyurishingiz kifoya.
Plaginni WordPressning plaginlar bo’limidan bepul yuklab olishingiz va o’rnatishingiz mumkin. Ayni vaqtda plagin bazasi 3 ta saytdan maqola tortishga ixtisoslashtirilgan. Plaginni o’rnatib, kerakli tarzda sozlasangiz saytingizga hi-news.ru, factroom.ru va mixstuff.ru saytlaridan barcha maqolalar avtomatik qo’shib borilishi mumkin.
Saytingizdan AdSense reklamalari orqali foyda ko’rmoqchimisiz? Plagin bazasidagi mavjud 3 ta sayt o’zidan maqola ko’chirishga ruxsat bergan. Bu esa AdSense qoidalariga to’liq mos keladi. Shunday ekan, saytingizga plaginni o’rnatib, uning bazasidagi saytlardan maqolalarni o’z saytingizda chop etsangiz, Google AdSense qoidalariga rioya qilgan holda ishlagan bo’lasiz. Bu masala to’liq o’rganib chiqilgan.
Plaginni bazasidan tashqari boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirishga moslash ham mumkin. Agar Sizni plagin bazasida mavjud 3 ta sayt qoniqtirmasa, butunlay boshqa saytlardan maqolalarni avtomatik ko’chirmoqchi bo’lsangiz, kelishilgan miqdoridagi to’lov evaziga istalgan saytni plagin bazasiga qo’shib berishimiz mumkin. Qaysidir saytga yangi maqola qo’shilganda shu maqola Sizning saytingizga avtomatik ko’chirilishini xohlaysizmi? To’lov evaziga shu saytni plagin bazasiga kiritish uchun buyurtma berishingiz mumkin.
Plagindagi mavjud 3 ta (Hi-News, FactRoom, MixStuff) saytni o’z saytingizga moslab sozlay olmayapsizmi? Kelishilgan miqdoridagi to’lov evaziga plaginni saytingizga o’rnatib, kerakli darajada sozlab bera olamiz!
Shunday ajoyib plaginni barchamizga taqdim etganligi uchun Anvar Ulug’ovga minnatdorchilik bildirgan holda barcha turdagi buyurtmalar bilan +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz yoki bog’lanish tizimi orqali xabar yozishingiz mumkinligini eslatib o’tmoqchiman.
Assalomu aleykum, Azamat aka!
Foydali tavsiya uchun rahmat. Men shu plaginni saytimga yuklab aktivlashtirmoqchi bo’lsam:
Parse error: syntax error, unexpected ‘[‘ in /home/usr/data/yusuf/public_html/wp-content/plugins/aus-news-grabber/grabbers/class.hinewsru.php on line 60
shunday deyapti, aktivlashtirishim uchun nima qilishim kerak?
Javob uchun oldindan rahmat!
Shunchaki saqlash tugmasini bir marta bosing bu xatolik boshqa ko’rsatilmasligi kerak. Agar muammo yana uchrasa yozing.
Salom Azamat aka
Tepadagi 3-ta satdan faqat belginlagan category ga featured image bo’lib ko’chishi uchun nima qilinadi,
Birinchi rasm featured image qilib olinadi.
belginlagan category dan ko’chadigan qilsa ham bo’ladimi?
Albatta. Belgilangan kategoriyadan belgilan ketegoriyaga ko’chiradi.
Azamat aka men aus-news-grabberni aktivlashtirdim lekin ishlamayapti.aus-news-grabberni you tubedagi videoga qarab aktivlashtirgandim.Menga yordam bera olaszmi
Muammoni batafsil yozing.
Arsenal D dan hosting va domen olishim uchun kimga murojat qilsam bo`ladi.Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Faqat Arsenal-D kompaniyasiga.
Salom Azamat aka,
Men bitta saytdan maqollardi ko’chirmoqchi edim, u saytda 700 tacha post bor ekan, ulardi hammasini ko’chirish mumkinmi? yoki faqat yangilari ko’chadimi?
RSSda borlarini va kelajakda chop etiladigan barcha yangi maqolalarni ko’chiradi.
Saytga qanday qilib azo bo’lsam bo’ladi?
Erotik saytlar, menimcha, .uz domenida ta’qiqlangan. .org domenini reg.ru orqali sotib olishingiz mumkin.
Unday sayt taqiqlangan, iltimos Admin bunday kommentlardi o’chirib yuboring (menikini ham)
Probloq va kukariku saytlariga kiruvchilar juda oz. Qande qo’shincha daromad keltiradi. Hatto o’ziga ketgan harajatni ham oqlayaptimi o’zi
Salom Azamat aka men ham saytimga ushbu plaginni aktivatsiya qilmoqchi bo’ldim lekin
Плагин не был активирован, потому что он вызвал фатальную ошибку.
Parse error: syntax error, unexpected ‘[‘ in /home/lifeseop/hi-tech.lifeseo.pw/wp-content/plugins/aus-news-grabber/grabbers/class.hinewsru.php on line 60
deb chiqyapti hech qanday saqlash degan tugmaa yoq iltimos yordam bering
PHP versiyasini o’zgartirib, qayta urinib ko’ring.
Assalomu alaykum
plugin uchun katta rahmat.
Factroom rss ga to’g’irladim. Lekin umuman ko’chirmayapti. Nima qilishim kerak. Boshqa saytga to’glirlasam faqat sarlavhasini ko’chivotti.
Demak sayt markapida o’zgarish bo’libdi. Plaginni yangilash kerak ekan.
Afsuski o’zingiz hech narsa qilolmaysiz (agar PHPda yaxshi ko’nikmaga ega bo’lmasangiz).
Plaginning yangi versiyasini chiqarishimizni kutishingizga to’g’ri keladi.
Ha raxmat. Php endi o’rganayapman. Pluginni yangi versiyasini chiqishini kutamiz. Sizning vaqtingiz tig’izdir o’zi. Lekin bizga vaqtingizdan ozgina ajratsangiz, Juda ham hursand bo’lamiz. 🙂
Hali chiqarmadilami?
Azamat aka yaqin kunlarda tayyor bo’lishi mumkinmi?
Yo’q.
Azamat aka faqat manashu 3 ta saytdan avtomatik yanglik yuklash mummkin xolosmi ?
Yoki o’zim istagan saytdan yangiliklarni avtomatik ko’chirib ololamanmi ?
Javobingiz uchun rahmat .
Hozircha faqat shular. Alohida saytni o’zingiz PHP bilan yaxshi tanish bo’lgan holda qo’shishingiz mumkin.
Bunday saytlarda juda ham foydalanuvchi kam buladi. Qisqa umrli sayt