Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Sayt tayyorlash va Sayt yaratish atamalari

Sayt tayyorlash va Sayt yaratish atamalari

Sayt tayyorlash sohasi o’zbek internetida jadal rivojlanmoqda. Sohaning rivojlanishi bilan birga unga bog’liq bo’lgan atamalar ham tilimizda odatiy atamalar sifatida ishlatilayapti. O’zbekistonda sayt tayyorlash sohasining vakili sifatida kamina o’zimni ushbu yo’nalishga oid atamalarni shakllantiruvchilardan biri, deb hisoblayman. Ya’ni, bugun men sayt tayyorlash sohasiga oid qaysi atamani qay shaklda ishlatsam, kelajakda shu atama o’zbek tilidagi sayt tayyorlash sohasiga oid barcha tomonidan qabul qilingan atamaga aylanishi hech gap emas.

Bugun men sayt tayyorlash sohasiga oid o’zbek tilida ishlatilib kelinayotgan sayt tayyorlash va sayt yaratish atamalari xususida o’z fikrlarimni bildirmoqchiman. Ushbu atamalarning har ikkalasi ham internet foydalanuvchilari tomonidan bir xilda ishlatiladi. Shu kunga qadar telefon orqali sayt tayyorlashga olgan buyurtmalarim uchun foydalanuvchilar xizmatga nisbatan “sayt tayyorlash” va “sayt yaratish” atamalarini bir xilda ishaltishgan. Shaxsiy fikrimga ko’ra esa, bu ikki atama orasida kichik bir farq bor va kelajakda sayt tayyorlashga nisbatan ulardan faqat bittasi ishlatilishi, ikkinchisi esa imkon qadar ishlatilmasligi to’g’ri bo’ladi.

Men qandaydir bir saytni ochish va uni tayyorlab, ish holatiga keltirish bilan bog’liq barcha ish-harakatlarni sayt tayyorlash deb atashni tavsiya etaman. Fikrimcha sayt yaratish atamasi o’zining xususiyatiga ko’ra biz nazarda tutayotgan ish-harakatni to’liqligicha aniq ifodalay olmaydi.

“Yaratish” deganda men nimaningdir jismoniy yo’qdan bor bo’lishini tushunaman. Agar Siz hech qanday jismoniy yo’qlikdan o’z aqliy faoliyatingizga tayangan yolda bir asar yozsangiz, Siz shu asarni yaratgan hisoblanishingiz mumkin. Ammo Siz qaysidir ovqatni tayyorlasangiz, bunda albatta qandaydir jismoniy masalliqlardan foydalanasiz. Bunda esa Siz ovqatni yaratgan emas, tayyorlagan bo’lasiz.

“Tayyorlash” atamasi esa, fikri ojizimcha, avvaldan mavjud bo’lgan, Siz yaratmagan narsalardan foydalangan holda nimanidir yasash, tayyorlash ma’nosini ifodalaydi. Bu huddi uy qurish singari avvaldan tayyorlangan g’isht, qorishma va boshqa narsalarni birlashtirgan holda yangi bir binoni bunyoda etishga o’xshaydi.

Sayt tayyorlashda har qanday dasturchi avvaldan yaratib qo’yilgan HTML, CSS, JavaScript, PHP kabi bir talay tillardan foydalanadi. Bunda dasturchi uchun shu tillar uning sayt tayyorlashiga yordam berish maqsadida oldindan yaratib qo’yilgan, u esa tayyor tillardan foydalangan holda yangi bir saytni tayyorlashi, yasashi tushuniladi. Dasturchi yo’qlikdan qaysidir dasturlash tilini o’zi ijod etib, yaratib, so’ngra o’zi yaratgan tildan foydalangan holda saytni tashkil etsa, shundagina u saytni yaratgan hisoblanishi mumkin.

Keyingi vaqtlarda esa sayt yaratish va sayt tayyorlash atamalari bilan birga sayt yasash atamasi ham ko’p bo’lmasa-da, tez-tez uchrab turibdi. Bu atamaga men neytral qarayman. Chunki u ham sayt tayyorlash atamasi kabi nimadandir foydalangan holda quriladigan jarayonga yaqin ma’noni beradi va yaratish kabi o’z holatiga zid ma’noni ifodalamaydi.

Xulosa o’rnida bundan keyin shaxsiy saytimda sayt tayyorlashga nisbatan sayt yaratish atamasini emas, aynan sayt tayyorlash atamasini ishlatishimni ma’lum qilmoqchiman. Fikrimni qo’llab-quvvatlovchilarga esa bundan keyin jarayonga nisbatan faqat sayt tayyorlash atamasini ishlatishlarini tavsiya etaman. Umid qilamanki, o’zbek tilida saytlarni barpo etish amaliyotiga nisbatan sayt tayyorlash atamasining ishlatilishi to’liq to’g’ri, deb e’tirof etiladi.

Yangi sayt g’oylaringiz bo’lsa va ularni hayotga tadbiq etishda sayt tayyorlash xizmatiga ehtiyoj sezsangiz, xizmatlarimizdan foydalanishingiz mumkin.

Sayt tayyorlash va Sayt yaratish atamalari” maqolasida 9 fikr

    1. Anvar Jamgirov

      Manimcha hicham maydalashmaganla aksincha bu yangi boshlaganla uchun dasturlash aniqrog’I web dasturlash sohasini kichik sohalarini tug’ri va aniq tushunishiga yordam beradigan maqola bulibdi.
      Mani fikrim shunday !!!

      Javob berish

  1. Farrux

    Menimcha Sayt yaratish to’g’riroq. Chunki boshqa tillarda Sayt yaratish deb qo’llanib kelinadi (Masalan: “Create site, Создать сайт).
    Siz aytgandek Sayt tayyorlash (Готовить сайт, Make site) emas!

    Javob berish

  2. Azam

    Azamat aka bitta hostinga 2 domen ulash mumkinmi? masalan, sayt.uz va video.sayt.uz subdomendagi hostinga yangi video.uz domeni ulash mumkinmi?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan