Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Sayt tarkibiy qismi va CMS

Sayt tarkibiy qismi va CMS

Har qanday sayt HTML (HyperText Markup Language), JavaScript, PHP kabi bir talay tillarga oid kodlardan tashkil topgan sahifalar yig’indisidan iborat bo’ladi. HTML – bu sayt sahifalarini tashkil etishda ishlatiladigan eng asosiy va eng kerakli til hisoblanadi.

Internet tarmog’i endigina rivojlana boshlagan va ilk saytlar yaratila boshlanga vaqtlarda barcha web saytlar to’liq HTML kodlar asosida yaratilgan. Bunday saytlar sahifalarida ko’rish orqali ma’lumotga ega bo’lishdan boshqa hech qanday amaliyot bajarishning imkoni bo’lmagan. Shuning uchun to’liq HTML yordamida tashkil etilgan saytlar foydalanuvchilarga faqat ma’lumot berish, ya’ni ma’lumotlarni ko’rsatib berish imkoniyati bilan cheklangan.

Bugungi kunda saytlar orqali faqat ma’lumot olish bilan cheklanib qolmaysiz. Hozirgi zamonaviy saytlarda ma’lumot olish bilan bir qatorda berilgan ma’lumotni tahrirlashingiz (masalan, Wikipedia), yangi ma’lumot qo’shishingiz (masalan, saytlarda fikr bildirish – Comment), bir turdagi ma’lumotni uzatib, online tizimda boshqa bir turdagi ba’lumot shaklida qabul qilib olish (masalan, video fayllarni online tizimda mp3 formatiga o’tkazish), soni cheklanmagan foydalanuvchilarning bir vaqtning o’zida online muloqotga kirishish (masalan, chat) va boshqa interaktiv amaliyotlarni bajarishingiz mumkin. Bu, o’z navbatida, faqat HTML ishlatilgan zamonga nisbatan hozirgi paytda internetda saytlarning yaratilishi sezilarli rivojlanganligini bildiradi.

Hozirgi davrda, agar Siz sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, HTML yoki boshqa biror murakkab web dasturlash tilini bilishingiz majburiy emas. Hatto birorta ham kodni yoza olmasangiz ham zamonaviyligi, dizayni, murakkab amaliyotlarni bajara olishi jihatlaridan zamon talablariga to’la javob bera oladigan sayt yarata olish imkoniyatiga egasiz. Bunda Sizga CMS yordam beradi!

CMS (Content Management System – Ma’lumotlar Boshqarish Tizimi) – bu maxsus web dastur bo’lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so’ng to’la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bunday turdagi web dastur, huddi kompyuterlar uchun mo’ljallangan dasturlar singari, bir necha bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ib oladi va bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Dasturni o’rnatish jarayonining nihoyasida Siz kiritgan ma’lumotlarda tayangan, o’zingiz xohlagandek sayt avtomatik tarzda yaratiladi.

Quyida eng keng tarqalgan va bugungi kunda ko’pchilik saytlarning asosi hisoblangan CMS dasturlarini keltirib o’tmoqchiman. Bu yerda faqat eng ko’p foydalaniladigan, asosiy dasturlargina keltirilgan. Sayt yaratishingiz mumkin bulardan boshqa yana ko’plab dasturlar mavjud.

1. WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib boriladigan o’rga hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham ishlatishayapti.

WordPress – foydalanish uchun juda oson, qulay va eng asosiysi 100% bepul bo’lgan dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti www.wordpress.org orqali yuklab olishingiz va joydalanishingiz mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun millionlab shablonlar (sayt ko’rinishlari) va pluginlar (dastur ichida ishlovchi kichik qo’shimchalar) yaratilgan.

Agar Siz o’zingiz uchun shaxsiy sahifa ochmoqchi bo’lsangiz, sevimli qo’shiqchingizga bag’ishlab sayt yaratmoqchi bo’lsangiz yoki o’zingiz uchun qiziq bo’lgan biror mavzuga oid maqolalaringizni butun dunyo bilan bo’lishmoqchi bo’lsangiz WordPressni tanlang!

Hozir Siz ko’rib turgan azamat.uz sayti ham WordPress CMS asosida yaratilgan.

Heeey, O’zbekistonliklar WordPressni ham egallashga ulgurishdi! 🙂 Endi WordPress CMSni o’zbek tilida ham ishlatishingiz mumkin. Uning O’zbekiston uchun maxsus rasmiy sahifasi ham bor: uz.wordpress.org

2. Joomla! Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo’ljallangan. Ommaviyligi bo’yicha WordPressdan keyingi o’rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti www.joomla.org orqali yuklab olishingiz mumkin.

Joomla! CMS uchun ham ko’plab shablonlar, «extension» (kengaytma, plugin) lar yaratilgan. Joomla! uchun ham saytni o’zbek tiliga o’tkazish imkoniyati bor. Buning uchun dasturni o’rnatib, o’zbek tiliga o’girish uchun maxsus tayyorlangan kichik dasturni qo’shishingiz kifoya!

Agar Siz katta portal yaratmoqchi bo’lsangiz, saytingiz foydalanuvchilari ro’yxatdan o’tib, saytingizda «foydalanuvchi-server» aloqasi ko’rinishidagi murakkab amaliyotlarini bajara olishini xohlasangiz, juda keng qamrovli katta sayt yaratmoqchi bo’lsangiz Joomla! Siz uchun eng yaxshi tanlov bo’la oladi.

3. Simple Machines. Forum tashkil etish uchun juda qulay CMS. Unda foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari, mavzular yaratishlari, mavjud mavzularda o’z firklarini bildirish orqali qatnashishlari va boshqalarning fikrlarini to’ldirishlari mumkin. Bu CMS vBulletin kabi katta imkoniyat va kuchga ega bo’lmasa ham, oddiy darajadan yuqoriroq bo’lgan katta forum saytlarni bemalol boshqara oladi.

Forum uchun o’zbek tilini o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo hozircha o’zbek tilidagi rasmiy CMS ishlab chiqilmagan. Tilni faqat dasturga qo’shimcha kiritish orqali o’zgartirish imkoni bor.

Bugungi kunda Simple Machines forum saytlar uchun yengil ishlashi, o’rnatilishi uchun ko’p joy talab qilmasligi va eng asosiysi bepul bo’lganli sababli ham ko’p sonli saytlarning tanloviga aylangan.

Simple Machines CMSni dasturning rasmiy sayti www.simplemachines.org orqali yuklab olishingiz mumkin.

4. DataLife Engine. Bu CMS Joomla! CMSga tuzilishi va amaliyotlarining bajarilishi jihatlaridan juda o’xshash. DLE ham Joomla! kabi katta portal saytlar uchun mo’ljallangan. Hozirga qadar men bu CMSni .uz domenida faqat havaskor webmasterlar tomonidan «yuklab olish!» mavzusidagi portallar uchun ishlatilganligining guvohi bo’lganman. Agar Siz ham yuklab olishlar uchun portal yaratish niyatida bo’lsangiz, DLE CMSni sinab ko’ring, balki Siz unda o’zingiz qidirigan jihatlarni topa olarsiz.

DataLife Engine CMSning o’zbek tilidagi versiyasini hozircha ko’rganim yo’q. Dasturni www.datalifeengine.net sayti orqali yuklab olishingiz mumkin.

Agar Sayt yaratishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz va o’z saytingiz uchun qaysi CMS to’g’ri kelishini bilmayotgan bo’lsangiz, saytingizning hajmi va u orqali foydalanuvchilar qanday ma’lumotlarni olishini rejalashtirayotganingizga qarab o’zingizga ma’qul bo’lgan CMSni tanlang.

CMS tanlash jarayonida faqat Siz tanlamoqchi bo’lgan CMSning shablonlariga, saytning tashqi ko’rinishini belgilaydigan jihatlarigagina emas, balki saytning yengil ishlashi, hostingingizda ko’p joy olmasligi (agar buning zarurati bo’lsa), qidiruv mashinalarida oson ro’yxatdan o’ta olishi, foydalanuvchilar uchun qulayligi, turli brauzerlarda bir hil ko’rinishi kabi muhim jihatlariga ham e’tibor bering.

Yuqorida sanab o’tilgan va boshqa CMS dasturlarning o’rnatilishi, boshqarilishi haqida keyingi maqolalardan o’qib olishingiz mumkin.

Sayt tarkibiy qismi va CMS” maqolasida 68 fikr

  1. Behruz Usmonov

    Salom Azamat Xodjakov. Bond.uz sayti manga juda ham yoqdi. bu saytga Ingliz tilidan mustaqil ish izlab kirgan edim, lekin bu yerda undan ham kerakli ma’lumotlarni oldim, bular uchun sizga rahmat!

    iltimos CMS dasturi haqida yanada ko`proq ma’lumotlar bersangiz.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ularning barchasida rus tilida ishlash imkoniyati mavjud. Rasmiy saytlarining ham rus tilidagi versiyalarini topishingiz mumkin.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Qaysidir saytning qaysi CMSda tayyorlanganligini bilish uchun uning HTML kodini ko’rishingiz kerak. Buning uchun saytning istalgan sahifasining istalgan joyida sichqonchaning o’ng tugmasini bosasiz. Kelib chiqqan menyudan «Isxodnoy kod HTML», yoki «View page source HTML» degan bandini tanlaysiz. Sizga ko’rsatiladigan kodning birinchi 20-30 qatorida tegi ichida sayt qaysi CMSda tayyorlanganligi haqida ma’lumot beriladi. Masalan, u yerda WordPress, Joomla! yoki boshqa CMS nomini topishingiz mumkin.
      Agar sayt hech bir tayyor CMSdan foydalanilmagan holda, to’liq qo’lda yozib chiqilgan bo’lsa CMS nomi ko’rsatilmasligi ham mumkin. Agar META teglarda tayyor CMSlarning birortasining nomi bo’lmasa, demak sayt qo’lda to’liq tayyorlangan.

      Javob berish

  2. Great

    nima deysiz qo`lda tuzib chiqish ancha murakkab ishni o`z ichiga oladimi?
    siz etgan ketma ketliklarni ko`rib chiqdim topomadm…

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Muayyan sohada yetarli ilmga ega bo’lgan kishi uchun «ancha murakkab» ishning o’zi yo’q. Agar PHP haqida yaxshi tushunchaga ega bo’lsangiz, sayt tayyorlashni yaxshi bilsangiz, saytni to’liq qo’lda yozib chiqish, «0»dan yaratish qiyin emas.
      Agar sayt tayyorlash haqida hech narsa bilmasangiz, faqat boshlang’ich ma’lumotingiz bo’lsa, Siz uchun saytni boshidan oxirigacha tayyorlash juda qiyin kechishi mumkin.
      Maslahatim PHP tilini o’rganing, izlaning, qiziqishingiz juda yuqori bo’lsa web development sohasini yaxshi o’rganing. http://www.ulugov.uz saytida PHP haqida o’zbek tilidagi video darslar bor.

      Javob berish

  3. Timur

    Hurmatli Azamat Xodjakov, men sayt ochmoiqchiman лекин хамма дастурларни органияпман хостинг излашни билмаяпман нима маслахат берасиз?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Saytimdagi maqolalarni o’qib boring, bu savollaringizning barchasiga bosqichma-bosqich, har biriga alohida maqola ko’rinishida javob yozib boraman.

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan