Sayt tarkibiy qismi va CMS

Har qanday sayt HTML (HyperText Markup Language), JavaScript, PHP kabi bir talay tillarga oid kodlardan tashkil topgan sahifalar yig’indisidan iborat bo’ladi. HTML – bu sayt sahifalarini tashkil etishda ishlatiladigan eng asosiy va eng kerakli til hisoblanadi.
Internet tarmog’i endigina rivojlana boshlagan va ilk saytlar yaratila boshlanga vaqtlarda barcha web saytlar to’liq HTML kodlar asosida yaratilgan. Bunday saytlar sahifalarida ko’rish orqali ma’lumotga ega bo’lishdan boshqa hech qanday amaliyot bajarishning imkoni bo’lmagan. Shuning uchun to’liq HTML yordamida tashkil etilgan saytlar foydalanuvchilarga faqat ma’lumot berish, ya’ni ma’lumotlarni ko’rsatib berish imkoniyati bilan cheklangan.
Bugungi kunda saytlar orqali faqat ma’lumot olish bilan cheklanib qolmaysiz. Hozirgi zamonaviy saytlarda ma’lumot olish bilan bir qatorda berilgan ma’lumotni tahrirlashingiz (masalan, Wikipedia), yangi ma’lumot qo’shishingiz (masalan, saytlarda fikr bildirish – Comment), bir turdagi ma’lumotni uzatib, online tizimda boshqa bir turdagi ba’lumot shaklida qabul qilib olish (masalan, video fayllarni online tizimda mp3 formatiga o’tkazish), soni cheklanmagan foydalanuvchilarning bir vaqtning o’zida online muloqotga kirishish (masalan, chat) va boshqa interaktiv amaliyotlarni bajarishingiz mumkin. Bu, o’z navbatida, faqat HTML ishlatilgan zamonga nisbatan hozirgi paytda internetda saytlarning yaratilishi sezilarli rivojlanganligini bildiradi.
Hozirgi davrda, agar Siz sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, HTML yoki boshqa biror murakkab web dasturlash tilini bilishingiz majburiy emas. Hatto birorta ham kodni yoza olmasangiz ham zamonaviyligi, dizayni, murakkab amaliyotlarni bajara olishi jihatlaridan zamon talablariga to’la javob bera oladigan sayt yarata olish imkoniyatiga egasiz. Bunda Sizga CMS yordam beradi!
CMS (Content Management System – Ma’lumotlar Boshqarish Tizimi) – bu maxsus web dastur bo’lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so’ng to’la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bunday turdagi web dastur, huddi kompyuterlar uchun mo’ljallangan dasturlar singari, bir necha bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ib oladi va bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Dasturni o’rnatish jarayonining nihoyasida Siz kiritgan ma’lumotlarda tayangan, o’zingiz xohlagandek sayt avtomatik tarzda yaratiladi.
Quyida eng keng tarqalgan va bugungi kunda ko’pchilik saytlarning asosi hisoblangan CMS dasturlarini keltirib o’tmoqchiman. Bu yerda faqat eng ko’p foydalaniladigan, asosiy dasturlargina keltirilgan. Sayt yaratishingiz mumkin bulardan boshqa yana ko’plab dasturlar mavjud.
1. WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib boriladigan o’rga hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham ishlatishayapti.
WordPress – foydalanish uchun juda oson, qulay va eng asosiysi 100% bepul bo’lgan dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti www.wordpress.org orqali yuklab olishingiz va joydalanishingiz mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun millionlab shablonlar (sayt ko’rinishlari) va pluginlar (dastur ichida ishlovchi kichik qo’shimchalar) yaratilgan.
Agar Siz o’zingiz uchun shaxsiy sahifa ochmoqchi bo’lsangiz, sevimli qo’shiqchingizga bag’ishlab sayt yaratmoqchi bo’lsangiz yoki o’zingiz uchun qiziq bo’lgan biror mavzuga oid maqolalaringizni butun dunyo bilan bo’lishmoqchi bo’lsangiz WordPressni tanlang!
Hozir Siz ko’rib turgan azamat.uz sayti ham WordPress CMS asosida yaratilgan.
Heeey, O’zbekistonliklar WordPressni ham egallashga ulgurishdi! π Endi WordPress CMSni o’zbek tilida ham ishlatishingiz mumkin. Uning O’zbekiston uchun maxsus rasmiy sahifasi ham bor: uz.wordpress.org
2. Joomla! Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo’ljallangan. Ommaviyligi bo’yicha WordPressdan keyingi o’rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti www.joomla.org orqali yuklab olishingiz mumkin.
Joomla! CMS uchun ham ko’plab shablonlar, «extension» (kengaytma, plugin) lar yaratilgan. Joomla! uchun ham saytni o’zbek tiliga o’tkazish imkoniyati bor. Buning uchun dasturni o’rnatib, o’zbek tiliga o’girish uchun maxsus tayyorlangan kichik dasturni qo’shishingiz kifoya!
Agar Siz katta portal yaratmoqchi bo’lsangiz, saytingiz foydalanuvchilari ro’yxatdan o’tib, saytingizda «foydalanuvchi-server» aloqasi ko’rinishidagi murakkab amaliyotlarini bajara olishini xohlasangiz, juda keng qamrovli katta sayt yaratmoqchi bo’lsangiz Joomla! Siz uchun eng yaxshi tanlov bo’la oladi.
3. Simple Machines. Forum tashkil etish uchun juda qulay CMS. Unda foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari, mavzular yaratishlari, mavjud mavzularda o’z firklarini bildirish orqali qatnashishlari va boshqalarning fikrlarini to’ldirishlari mumkin. Bu CMS vBulletin kabi katta imkoniyat va kuchga ega bo’lmasa ham, oddiy darajadan yuqoriroq bo’lgan katta forum saytlarni bemalol boshqara oladi.
Forum uchun o’zbek tilini o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo hozircha o’zbek tilidagi rasmiy CMS ishlab chiqilmagan. Tilni faqat dasturga qo’shimcha kiritish orqali o’zgartirish imkoni bor.
Bugungi kunda Simple Machines forum saytlar uchun yengil ishlashi, o’rnatilishi uchun ko’p joy talab qilmasligi va eng asosiysi bepul bo’lganli sababli ham ko’p sonli saytlarning tanloviga aylangan.
Simple Machines CMSni dasturning rasmiy sayti www.simplemachines.org orqali yuklab olishingiz mumkin.
4. DataLife Engine. Bu CMS Joomla! CMSga tuzilishi va amaliyotlarining bajarilishi jihatlaridan juda o’xshash. DLE ham Joomla! kabi katta portal saytlar uchun mo’ljallangan. Hozirga qadar men bu CMSni .uz domenida faqat havaskor webmasterlar tomonidan «yuklab olish!» mavzusidagi portallar uchun ishlatilganligining guvohi bo’lganman. Agar Siz ham yuklab olishlar uchun portal yaratish niyatida bo’lsangiz, DLE CMSni sinab ko’ring, balki Siz unda o’zingiz qidirigan jihatlarni topa olarsiz.
DataLife Engine CMSning o’zbek tilidagi versiyasini hozircha ko’rganim yo’q. Dasturni www.datalifeengine.net sayti orqali yuklab olishingiz mumkin.
Agar Sayt yaratishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz va o’z saytingiz uchun qaysi CMS to’g’ri kelishini bilmayotgan bo’lsangiz, saytingizning hajmi va u orqali foydalanuvchilar qanday ma’lumotlarni olishini rejalashtirayotganingizga qarab o’zingizga ma’qul bo’lgan CMSni tanlang.
CMS tanlash jarayonida faqat Siz tanlamoqchi bo’lgan CMSning shablonlariga, saytning tashqi ko’rinishini belgilaydigan jihatlarigagina emas, balki saytning yengil ishlashi, hostingingizda ko’p joy olmasligi (agar buning zarurati bo’lsa), qidiruv mashinalarida oson ro’yxatdan o’ta olishi, foydalanuvchilar uchun qulayligi, turli brauzerlarda bir hil ko’rinishi kabi muhim jihatlariga ham e’tibor bering.
Yuqorida sanab o’tilgan va boshqa CMS dasturlarning o’rnatilishi, boshqarilishi haqida keyingi maqolalardan o’qib olishingiz mumkin.
Salom Azamat Xodjakov. Bond.uz sayti manga juda ham yoqdi. bu saytga Ingliz tilidan mustaqil ish izlab kirgan edim, lekin bu yerda undan ham kerakli ma’lumotlarni oldim, bular uchun sizga rahmat!
iltimos CMS dasturi haqida yanada ko`proq ma’lumotlar bersangiz.
Yukorida yozulgan barcha CMS lar ingiliz tilida ekan.Rus tilida CMS bormi?
Ularning barchasida rus tilida ishlash imkoniyati mavjud. Rasmiy saytlarining ham rus tilidagi versiyalarini topishingiz mumkin.
oka bilmismi uff.uz yokia stadion.uz saytlari qaysi cms ochilgan yoki htmldami.Bular ham shaxsiy block ga kirsa kere?
Qaysidir saytning qaysi CMSda tayyorlanganligini bilish uchun uning HTML kodini ko’rishingiz kerak. Buning uchun saytning istalgan sahifasining istalgan joyida sichqonchaning o’ng tugmasini bosasiz. Kelib chiqqan menyudan «Isxodnoy kod HTML», yoki «View page source HTML» degan bandini tanlaysiz. Sizga ko’rsatiladigan kodning birinchi 20-30 qatorida tegi ichida sayt qaysi CMSda tayyorlanganligi haqida ma’lumot beriladi. Masalan, u yerda WordPress, Joomla! yoki boshqa CMS nomini topishingiz mumkin.
Agar sayt hech bir tayyor CMSdan foydalanilmagan holda, to’liq qo’lda yozib chiqilgan bo’lsa CMS nomi ko’rsatilmasligi ham mumkin. Agar META teglarda tayyor CMSlarning birortasining nomi bo’lmasa, demak sayt qo’lda to’liq tayyorlangan.
nima deysiz qo`lda tuzib chiqish ancha murakkab ishni o`z ichiga oladimi?
siz etgan ketma ketliklarni ko`rib chiqdim topomadm…
Muayyan sohada yetarli ilmga ega bo’lgan kishi uchun «ancha murakkab» ishning o’zi yo’q. Agar PHP haqida yaxshi tushunchaga ega bo’lsangiz, sayt tayyorlashni yaxshi bilsangiz, saytni to’liq qo’lda yozib chiqish, «0»dan yaratish qiyin emas.
Agar sayt tayyorlash haqida hech narsa bilmasangiz, faqat boshlang’ich ma’lumotingiz bo’lsa, Siz uchun saytni boshidan oxirigacha tayyorlash juda qiyin kechishi mumkin.
Maslahatim PHP tilini o’rganing, izlaning, qiziqishingiz juda yuqori bo’lsa web development sohasini yaxshi o’rganing. http://www.ulugov.uz saytida PHP haqida o’zbek tilidagi video darslar bor.
Sayt ochishn va pul topishni toliq chuntira olasizmi Azamat iltimos
Albatta, kelajakda bu haqida hali ko’p yozaman va o’rgataman. Saytimni kuzatib boring.
Hurmatli Azamat Xodjakov, men sayt ochmoiqchiman Π»Π΅ΠΊΠΈΠ½ Ρ Π°ΠΌΠΌΠ° Π΄Π°ΡΡΡΡΠ»Π°ΡΠ½ΠΈ ΠΎΡΠ³Π°Π½ΠΈΡΠΏΠΌΠ°Π½ Ρ ΠΎΡΡΠΈΠ½Π³ ΠΈΠ·Π»Π°ΡΠ½ΠΈ Π±ΠΈΠ»ΠΌΠ°ΡΠΏΠΌΠ°Π½ Π½ΠΈΠΌΠ° ΠΌΠ°ΡΠ»Π°Ρ Π°Ρ Π±Π΅ΡΠ°ΡΠΈΠ·?
http://www.hosting-obzor.uz saytiga kirib o’zingizga mos hosting kompaniyasini tanlang.
Aka qanchaga ochiladi polniy sayt ochmoqchi bolsangiz???
kiyen qanday domen qoysan bo’ladi??
Saytimdagi maqolalarni o’qib boring, bu savollaringizning barchasiga bosqichma-bosqich, har biriga alohida maqola ko’rinishida javob yozib boraman.
sayt ochishga barcha narsalarini yozib bering iltimos!
Word Press nima programma nima vazifalani qiladi?
WordPress – saytingizning asosi, butun qismini tashkil etadi.
Joomla nima o’zi?
Adobe Dreamweaver larda qilsa bo’midimi?
DreamWeaver – bu juda kuchli dastur. Unda saytni boshidan oxirigacha tayyorlash mumkin. Ammo bu dasturni ishlatish uchun Sizda php va shunga o’xshash web dasturlar tillariga oid ko’p bilim hamda tajriba bo’lishi kerak.
Bo’masa manga qanday dastur tog’ri keladi?ham osonroq bolish kerakda!
siz qaysi hosting tallagansiz??
iltimos Azamat aka javob bering!
http://uzdc.uz/hosting.html
Azamat aka men sayt yaratmoqchiman qaysi saytta men sayt yaratolaman?
Sayt yaratish uchun sizga hosting va domen kerak bo’ladi. Agar qaysidir kompaniya orqali sayt yaratishga buyurtma berishni xohlasangiz http://www.arsenal-d.uz kompaniyasiga murojaat qilishingizni tavsiya etaman.
azamat aka ulogov.uz saytga kirdim. sayt yaratish bo’limida
Ulugov.uz saytida sayt yaratish imkoniyati yo’q. Unda faqat mavjud saytingizni katalogga joylashtirishingiz mumkin.
salom maktabimizning saytini oshgan edim boshidagi slideri bir kunnan keyin toqtab qolayapti nima qilish kerak doim harakatda bulish ushan nima maslaxat berasiz.Oldinnan raxmat
Sozlanmalarini to’g’rilang, nimanidir xato bajarayapsiz. Kirib ko’rdim, slider qotib turibdi. Unga kamida 3-5 ta maqola ulab, doimiy aylanib turadigan qilish kerak.
Oka bitta iltimos boridi agar hopdesez!
Shu saytizzi chatini menga ham bromismi juda yaxshi chat ekan.Iltimos oka javobizzi kutaman.
Man bir narsaga tushunmayapman admin,uzdc.uz satiga kirib hosting tariflarini ko`rib o`tirgandim,shunda o`sha yerda ΠΠΈΡΡΡΠ°Π»ΡΠ½Π°Ρ ΡΠ»Π΅ΡΠΊΠ°
degan linkka ko`im tushib kirib ko`rgandim bepul tarifi boe ekan 50mb joy bepul ekan.
Nima o`zi u bilasmi,man tushunmadim
Virtual fleshka – bu Siz uchun ajratiladigan joy, bunda o’zingiz istagan ma’lumotlarni (video, rasm, musiqa) saqlashingiz va kerakli bo’lgan vaqtda internetdan yuklab olishingiz mumkin bo’ladi. Qulayligi – o’zingiz bilan fleshka olib yurmaysiz, fleshkangiz virtual hisoblanadi.
Aytmoqchisizki,huddi dir.uz,nnm.uz shunga o`xshgan narsami?
Shunday, faqat bitta farqi bor: bunda fayllaringiz hammaga ko’rsatilmaydi, toki o’zingiz buni xohlamasangiz.
Arsenal-d hosting ochish uchun passport kerak bo’ladimi??
Ha, kerak
Yana bitta savol bor,men viloyatdanman,lekin menga uzdc hosting kerak,uni olishim uchun tumanimda joylashgan UZTELECOM filialidan olamanmi yoki shaharga borib olish kerakmi.Saytidan olib bomasakan yomontomoni.
Javobizzi zudlik bilan kutaman.Rahmat
Men bu haqida aniq ma’lumotga ega emasman, Uztelecom filialiga murojaat qiling, agar shahar filialiga yuborishsa, u yerdan borib olasiz!
Great, agar siz uzdc dan hosting olmoqchi busangiz Azamat aka aytganidek Shahar Filiali ga borishingiz kerak buladi. Agar istasangiz mening nomimda ham hosting bor uzdc dan olingan. Men uni ishlatmayapman hozircha, agar istasangiz sotib olishingiz mumkin.
Islander, qanchaga so’tasiz?domeni qanaqa? manashu nomerga tel qilvoring +998903442692
Timur, men bilan bog’lanish uchun
mail: owl_city7@mail.ru
skype: islander_oc7
Murojaat qiling!
:Islander: tel nomeringiz yoqmidi?
Timur, ha bor +998905822007, +998936337700
Azamat aka menda bitta savol tug`uldi,misol aytaylik(Saytim ancha rivojlandi.ancha-muncha foydalanuvchilarga erishdi,saytim onlineda o`z o`rnini mukammal mavqeyga yetkazib oldi)deylik.Endi uni havfsizligini saqlash uchun unga sertifikat olish kerak bo`lib qoladi.
Buning uchun nima qilish kerka bo`ladi.Birinchi o`rinda nimalarga e`tibor berish kerak bo`ladi.U o`zi nima uchun kerak bo`ladi va narxini ham aytib tushuntirib yuborasizmi?
Sertifikat nima uchun kerak? SSL sertifikatlar saytning xavfsiz ekanligi, kredit karta yoki shunga o’xshash «nozik» ma’lumotlarni saytga yuborish xavfsiz ekanligining kafolati hisoblanadi. Agar sertifikat bo’lmasa-yu, saytda savdo qilishni xohlasangiz, odamlar Sizning saytingiz ishonchli ekanligiga ishonmasligi mumkin. Sertifikat shuning uchun kerak.
Sertifikat olgan saytlar HTTPS (secure) kanali orqali brauzerlarning xatolik ogohlantirishlarisiz, tasdiqlanishi bilan ishlay oladi. Ko’proq ma’lumotni mana bu yerdan olasiz: https://www.globalsign.com/ssl-information-center/what-is-an-ssl-certificate.html
Manda yana bitta sovol bor edi.Shu Arsenal-d dagi akkountimni qanday o`chirsam bo`ladi aka bilmaysizmi?
O’chirish? Ular to’lov asosida Sizga xizmat ko’rsatadi. Pulini to’lamasangiz har qanday xizmat kelishilgan muddatidan bir kunga ham uzaytirilmasdan o’chiriladi.
Islander,narxini etvorinchi
Azamat aka sizdan birnarsani so`ramoqch edim.Xullas saytim wordpress tiizimida ochilgan,shuni har bitta so`ngi qo`shilgan xabarlarini soati bilan qanday chiqarsam bo`ladi?
Mana misol men yangi maqola qo`shdim,u saytda shunday ko`rinyapdi: 03.10.2014 lekin manga 03.10.2014 00:00 ko`rsatishi kerak.Shuni qanday qilib chiqarsam bo`ladi iltimos yordam bervorin.Javozbizzi kutaman
Sozlanmalarni tekshirib ko’ring.
Qaysi sozlamalrni?Menimcha yuqorida aniq tushurolmadim!Mana qaren,misol «ertaga yurtimizda muborak qurbon hayiti»degan yangi xabr chiqardim saytga.shu xabarni qachon va soat nechida chiqarilganini qanday qilaman ya’ni so`atini qanday qo`ysam bo`ladi?qandaydir teg ishlatiladimi?va qaysi .php faylga?Wordpressda yangi chiqarilgan xabarlar da soat aks ettirilmas ekan faqat kun.sana.yil ko`rsatilar ekan.A menga esa o`sha habarni soati bilan chiqadigan qilishim kerak edi.Shuni so`ravotgan edim.
Javobiz uchun oldindan rahmat!
index.php faylini ochib, uning ichidan the_time(__(‘F jS, Y’, ‘inove’) kodini toping. Keyin the_time(__(‘F jS, Y’, ‘inove’) kodi ichidagi ‘F jS, Y’ni ‘F jS, Y H:i’ bilan almashtiring (ko’rib turganingizdek, kun, oy, yil ko’rsatkichilariga soat va daqiqa ko’rsatkichlari qo’shiladi). Muammo bo’lsa yana yozing.
index.php ni ichida faqat:shu kodlar borku siz etgan kod chiqmadiku Azamat aka
=============================
<?php
/**
* Front to the WordPress application. This file doesn't do anything, but loads
* wp-blog-header.php which does and tells WordPress to load the theme.
*
* @package WordPress
*/
/**
* Tells WordPress to load the WordPress theme and output it.
*
* @var bool
*/
define('WP_USE_THEMES', true);
/** Loads the WordPress Environment and Template */
require( dirname( __FILE__ ) . '/wp-blog-header.php' );
=============================
Saytingizda o’rnatilgan TEMAning index.php fayliga kiring.
Salom! Azamat aka saytingizni ko`rib chiqdim menga juda yoqdi. Ayniqsa sayt yaratish bo`yicha chiqargan maqolalaringiz,m en bir savol bilan murojat qilayotgan edim. Xullas men .html va.php tillarida sayt chiqarmoqchi edim, lekin saytni chiqarishimda qanday dasturlardan foydalansam bo`ladi? Webmasterlar qanday dasturlardan foydalanadilar?
Javob uvhun oldindan rahmat!
O’zingiz istagan dasturdan foydalaning. Shaxsan men Sublime Text dasturidan foydalanaman.
Salom azamat aka wordpress ni UZ til paketi bormi ? Rasmiy saytidagisi ancha eski versiyasiga ekan sizda yangisi bo`lsa iltimos link bering yuklab olishga
Men ham rasmiy saytdagisini ishlataman. Eskirgan bo’lsa ham ishlaydi.
Qadamma qadam orgatasmi. Menga php oquv qollanmasi kere qayerdan olsam boladi
Emailga jonating jovobini kuttaman
Google orqali qidiring. Shaxsan o’zim o’rgatmayman. Vaqtim yetmaydi.
Salom Azamat aka!
Sizdan bir narsani so`ramoqchi edim,dc.uz dan hostingga qanday buyurtma qilsam bo`ladi,siz qanday olgansiz hostingni.Hech qayerdan o`zbek cha to`liq ma`limot ololmayapman?Iltimos yordam bervorin!
Shu hosting saytiga kiring va ularning tel raqamini olib qo’ng’iroq qiling.
Mening hammga bir savolim bor edi. men saytmga wordpressda plagin o’rnatmoqchiman. kim yordam beradi.dizaynga kerakli plaginlar nomini kim bilasa menga yordam bersin. mail : mosajonov@mail.ru
Ortiqcha plaginlar saytni sekin ishlashiga sabab bo`ladi.
Salom Azamat aka iltimos Joomlani oβzbek tiliga oβgirish uchun maxsus tayyorlangan kichik dasturni nomini aytib yuborsangiz.
Bunday dastur haqida ma’lumotga ega emasman.
Salom Azamat aka sizga savolim bor edi. Qanday qilib saytga online test joylashtirsam bo’ladi? Javob uchun oldindan raxmat!!
5 yil bo’libdi, bu savolga albatta javobni topib wordpressda profissional bolgansiz deb oylayman, kimgadir kerak bolsa plaginlarga kirib QUIZ deb qidirsa chiqadi