Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Sayt sarlavhasi va uning SEOga ta’siri

Sayt sarlavhasi va uning SEOga ta’siri

Joriy oyining yarmida saytimning asosiy sarlavhasini «ingliz tili grammatikasi, IELTS va shaxsiy rivojlanish»dan «sayt yaratish, WordPress va sayt tayyorlash yo’nalishidagi boshqa ma’lumotlar»ga almashtirdim. Sayt sarlavhasi (va aynan title tegi) saytning SEOsiga naqadar kuchli ta’sir ko’rsatishini amalda ko’rib bir oz ajablandim.

Ilgari ingliz tilini o’rganishga oid sarlavha bilan mingtadan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qilayotgan saytim yangi sarlavha bilan avvalgiga nisbatan 50% kam natija ko’rsata boshladi. Aynan tashrif buyuruvchilarning reytingiga e’tibor qilsangiz (www.uz hisoblagichida), sarlavha almashgan kundayoq tashrif buyuruvchilar soni yarim baravarga qisqardi.

Sayt sarlavhasi nega kerak?

Tajribadan ko’rinib turibdiki, saytning qidiruv mashinalarida tutgan o’rnini belgilab beruvchi unsurlar ichida sayt sarlavhasi muhim ahamiyatga ega. Sayt sarlavhasi qidiruv mashinalariga saytning umumiy mazmunini ochib berishi kerak. Sayt sarlavhasi 50-60 belgidan iborat bo’lgan qisqa gap, ibora yoki har qanday boshqa so’zlar jamlanmasidan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Bu qisqa tasnifda saytning ichidagi ma’lumotlar haqida umumiy tasavvur jamlanishi kerak. Sayt sarlavhasining sayt mazmuniga to’la mos bo’lishi, saytdagi ma’lumotlarga mutanosib ekanligiga alohida e’tibor qaratish zarur.

Nega men sarlavhani o’zgartirdim?

Xabaringiz bor, saytim Bond.uz domeni ostida ilk bor 2013-yil faoliyat boshlagan. Keyinchalik Azamat.uz domeni bilan ishni davom ettirgan. Sayt tashkil etilgandan boshlab tahminan bir yarim yil ilgarigi holatgacha saytda asosan ingliz tili darslari, xorijiy til (ingliz) grammatikasi o’rgatib kelingan edi. Bundan tashqari bepul ingliz tili darslarini online tarzda birinchilardan bo’lib sinab ko’rganimni ham saytimning yutuqlaridan biri, deb bilaman. Sayt ingliz tili video darslari bilan ham foydalanuvchilarga manzur bo’la olgan edi.

Saytimni faoliyatimning ko’zgusiga aylantirib borish tamoyilimga asosan ma’lum sabablarga ko’ra kasbimni ingliz tili o’qituvchiligidan dasturchilikka o’zgartirganimdan so’ng Azamat.uz saytining asosiy mavzusi sayt tayyorlash, WordPress tizimiga oid texnik ma’lumotlar, sayt yaratish bo’yicha o’rganganlarimni yoritib borish bo’lib qoldi. Albatta, sayt yaratish, saytga ega bo’lish zamonaviy hayotimizning muhim talablaridan biriga aylanib borayapti. Saytim esa ingliz tilidan tashqari sayt yaratish, dasturchilikni o’rganish sohasida ham foydalanuvchilarga zarur bo’lgan ma’lumotlarni yetkazib beruvchi vosita bo’layotgani meni quvontiradi.

Sayt yo’nalishi o’zgarganligi sababli, yuqorida aytib o’tilganidek, saytim sarlavhasi ham mazmunga monand tarzda almashtirildi.

Sayt sarlavhasini qanday tanlash kerak?

Har bir saytning o’z sarlavhasi bor. Buni brauzeringiz oynasida, eng yuqori qismda ko’rishingiz mumkin. Sayt sarlavhasi HTML sahifalarda title tegi orasida yozilsa, WordPress kabi tizimlar asosida ishlaydigan saytlar sarlavhasi umumiy sozlanmalar sahifasida kiritilishi mumkin.

Saytingiz sarlavhasi saytning bor mazmunini qisqa tarzda ifodalab berishi kerak. Saytingiz mavzusi bog’dan kelib turgan vaqtda sarlavha tog’dan kelib qolsa nafaqat foydalanuvchilar uchun, balki saytingiz SEOsi uchun ham noqulayliklar yuzaga keladi. Shunday ekan, sayt sarlavhasini aqllilik bilan tanlashga harakat qiling.

SEO uchun qulay sarlavhani tanlashning oson usullaridan biri saytga ta’luqli eng muhim kalit so’zlarni yig’ib chiqishdir. Masalan, mening saytim sayt yaratish sohasiga aloqador. Saytim uchun eng kerakli, eng muhim bo’lgan kalit so’zlar: sayt yaratish, sayt tayyorlash, WordPress tizimi, dasturlash, sayt yaratishni o’rganish… Ularni jamlagan holda saytga mos bo’lgan ajoyib sarlavha yozish mumkin. Sarlavhani shakllantirish jarayonida foydalanuvchilar kalit so’zni Google qidiruvida qanday yozib qidirishlari ehtimolini ham unutmaslik kerak. Mening holatimda saytim sarlavhasi barcha kalit so’zlarni imkon qadar jamlagan holda «Sayt yaratish, WordPress va sayt tayyorlash yo’nalishidagi boshqa ma’lumotlar» tarzida shakllandi. Sizning saytingizda ham sarlavha eng muhim kalit so’zlar asosida qurilishi kerak.

Saytingiz SEOsiga jiddiyroq qarang. Aynan u saytingiz darajasini belgilab beradi!

Sayt sarlavhasi va uning SEOga ta’siri” maqolasida 2 fikr

  1. Oybek

    50% qisqartirishga faqatgina title ta’sir ko’rsata olmaydi. O’zi bayram oldi trafik keski pasayib ketadi. Menda ham 22 dekabrdan boshlab to 31 dekabrga qadar trafik kamayishi kuzatildi. 31 dekabr kuni o’rtacha kunlikka nisbatan 60% kam.

    Javob berish

  2. Sunnatilla

    WordPress uchun ALL in one pack plagini bunday vaziyatda juda qo`l keladi.
    Faqat title ni emas balki maqolaga tegishli kalit sozlarni ham tahrirlash kerak. Men asosan, yandex.webmaster yoki google analyitcs orqali kerakli kalit sozlarni aniqlab olaman. Sizga ham shuni tavsiya beraman

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan