Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Sayt Salomatlik Holati bilan tanishing

Sayt Salomatlik Holati bilan tanishing

WordPressning 5.1 versiyasidan boshlab tashkil etilgan Sayt salomatlik holati imkoniyati joriy 5.2 versiyasida mukammallashtirildi. Bu imkoniyat taqdim etilganidan buyon ancha vaqt o’tganligiga qaramasdan, ko’pchilik WordPress foydalanuvchilari bu imkoniyatni to’liq ko’zdan kechirib ulgurushmagan. Saytingiz WordPress asosida ishlayotgan bo’lsa, foydali ma’lumotlarni taqdim etuvchi ushbu ajoyib asbobdan foydalanib ko’ring.

Sayt salomatlik holati

Asbobga saytning admin qismi orqali o’tish mumkin. Saytning salomatlik holati bilan tanishish uchun Sizda muharrir va undan yuqori mansab bo’lishi talab etiladi.

Sayt salomatlik holati interfeysiga o’tish uchun saytingiz manzilidan keyin wp-admin/site-health.php yozishingiz talab etiladi. Bundan tashqari interfeysga WordPressning asosiy admin menyusidagi Asboblar bandi orqali ham qulay tarzda o’tishingiz mumkin.

Imkoniyatlar haqida

Asbob 15 dan ortiq har xil faktorlar bo’yicha saytingizni sinovdan o’tkazadi. Muammolar bo’lganda, asbob interfeysi orqali aynan qaysi plagin, shablon, faylda muammo borligi haqida xabar topishingiz, uni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar olishingiz mumkin.

Asosiy e’tibor, hayron bo’lmasligingiz mumkin, xavfsizlikka qaratilgan. Saytning salomatlik holati asosan plaginlarning so’nggi versiyada ishlayotganligi, PHP va boshqa server komponentlarining oxirgi versiyada bo’lishi, protokollar xavfsizligi va shu kabi bir qancha boshqa unsurlar asosida baholanadi.

Muammo yuz berganda adminga xabar berish eslatmalar shaklida, faqat jiddiy muammolarda amalga oshiriladi. Saytning faoliyatiga jiddiy xavf solmaydigan holatlarda xavf darajasi past bo’lgan muammolar va tavsiyalar bilan asbob interfeysida tanishishingiz mumkin.

Sayt yaratish va uni parvarish qilish

Sog’lom saytga dasturchi aralashuvi kamroq talab etiladi. Saytingiz yuritish uchun tayyor holatgan kelgan vaqtdan e’tiboran uning doimiy normal holatda ishlashi sayt administratori (blogger) zimmasidagi ish hisoblanadi. Sayt salomatlik holati asbobi yordamida endi dasturlashdan xabari bo’lmagan sayt yurituvchilari ham o’z saytlarining texnik holatini nazorat qilishlari mumkin bo’ladi.

Sayt yaratish va uni parvarish qilish, keraklicha tartibda yuritish o’rtasida katta farq bor edi. Yangi asbob yordamida dasturchi va blogger o’rtasidagi texnik imkoniyat farqlari minimal holatga keltirildi. Endi saytga egalik qilishingiz texnik jihatdan ham uni to’liq nazoratingiz ostida saqlay olishingiz bilan boyitildi.

Saytingizda ishlatiladigan barcha shablon va plaginlarni doimiy eng so’nggi versiyada saqlang. WordPress yangilanishlar bilan juda yaxshi ishlay oladi. Saytingizning dasturiy ta’minot jihatidan eng yangi versiyada bo’lishi kelajakdagi buzulishlarning oldini oladi.

PHP versiyasi ham katta ahamiyatga ega. WordPress PHP asosida ishlaydi. Demak, uning tomiridagi qoni bo’lgan PHPning eng so’nggi versiyada saqlab turishimiz saytimiz faoliyatini ijobiy tomonga yo’naltiradi.

Sayt Salomatlik Holati bilan tanishing” maqolasida 4 fikr

  1. Baxtiyor

    Salom, php versiyasi yangilanishi kerak bo’lsa uni hosting adminstratorlariga aytib yangilash kerak bo’ladimi, yoki sayt admini ham yangilay oladimi?

    Javob berish

  2. Baxtiyor

    Salom, men php versiyasini eng yangisiga (7.3) ga o’tkazsam sayt ishlamay qoldi. 7.2 versiyasigacha qo’ysam ishladi. Siz 7.3 versiyasini ishlatib ko’rmadingizmi? Balki bu oxirgi versiya bizdagi WordPress bazaga to’g’ri kelmasmikin?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan