Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Sayt sahifalari tezligini Google nigohida kuzatish

Sayt sahifalari tezligini Google nigohida kuzatish

Saytingiz qanchalik tez ishlaydi? Undagi sahifalar foydalanuvchilarda, xorijiy mamlakatlarda qanday tezlik bilan yuklanayapti? Saytingizning hozirgi ishlash tezligi uning qidiruv mashinalarida olgan o’rniga qanchalik ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatayapti? Bular haqida batafsil bilmoqchi bo’lsangiz, Google PageSpeed Insights orqali saytingiz tezligini tekshirib ko’ring.

Bu tekshiruvda Google berilgan manzil bo’yicha saytga kirib ko’radi. Saytning yuklanish tezligi, uning foydalanuvchilar uchun qanchalik qulay yoki noqulay tezlikda ishlayotganligidan tashqari, sahifalaringizda qanday texnik xatolar borligi haqida ham batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Sayt tayyorlash jarayonida ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lishingiz mumkin. Yoki sayt yaratishga buyurtma berganingizda saytingiz tezligiga zarar yetkazuvchi, ortiqcha jihatni qo’shgandirsiz. Aynan hozir bular haqida bilib olishingiz, saytingizni internetda tez ochiladigan, uchib ishlaydigan qilishingiz mumkin.

PageSpeed Insights saytni ikki xil qurilma asosida: mobil va kompyuter uchun tekshiradi. Saytingiz qaysi turdagi qurilmada qanday ishlayotganligi haqida alohida ma’lumot beriladi. Sayt tezligi, xatolardan holi ekanligi 100 ballik asosda baholanadi. Tekshiruvning asosiy maqsadi – saytingiz foydalanuvchisiga eng yaxshi foydalanish imkoniyatini taqdim etish holatini tekshirish. Baholash ham aynan shu nuqtai nazar asosida amalga oshiriladi.

Tekshiruvda aniqlangan xatolar juda tushunarli usulda, yechimni o’z ichiga olgan holda keltirilgan. O’rta darajadagi texnik ko’nikmaga ega kishi keltirilgan xatolarning nima oqibatida paydo bo’lganligini va ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerakligini osonlik bilan tushunib oladi.

PageSpeed Insights tekshiruv natijalarini 30 soniya davomida keshda saqlab turadi. Tushunishimcha, bu –  natijalarni Sizga taqdim etish uchun zaruriy amaliyot. Agar Google ko’rsatgan xatoliklarni saytingizda tuzatsangiz va tekshiruvni qayta amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, so’nggi natijara ko’rsatilgan vaqtdan boshlab oradan 30 soniya o’tganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda eski keshni natija o’rnida ko’rishingiz mumkin.

Saytingiz natijalari qanday chiqishidan qat’iy nazar saytingizning asosiy e’tibori undan foydalanuvchilarga qaratilishi kerakligini unutmang. Imkon qadar saytingizdagi kamchiliklarni sozlashga harakat qiling. Agar endi sayt tayyorlash niyatida bo’lsangiz, saytning tezligiga alohida e’tibor qarating. Sayt yaratishga buyurtma berayotgan bo’lsangiz, saytning tez ishlashi Sizning asosiy maqsadlaringizdan biri ekanligini ham ta’kidlab o’tishni unutmang!

Saytingizga yuqori tezliklar tilab qolaman 🙂

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*