Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Sayt orqali pul ishlash savol-javobi

Sayt orqali pul ishlash savol-javobi

Internet orqali pul ishlab topishning asosiy ulushi shaxsiy sayt orqali olinadigan davomadga to’g’ri keladi. Internet biznesga endi kirib kelayotgan, o’z shaxsiy saytiga endi ega bo’lib, u orqali daromad olish istagida bo’lganlarda sayt orqali pul ishlash yuzasidan juda ko’p savollar paydo bo’ladi. Saytim orqali bu sohani bir yildan oshiq vaqt mobaynida yoritib borayapman va shu vaqtga qadar menga bu sohaga oid turli savollar bilan murojaat qilishgan. Quyida sayt orqali, o’z shaxsiy saytiga ega bo’lgan holda pul ishlab topishga oid eng ko’p soraladigan savollarga batafsil javob yozmoqchiman.

Sayt orqali qanday qilib pul ishlash mumkin?

O’zingizning shaxsiy saytingiz bo’lsa, u orqali pul ishlab topishingiz hech narsa bilan chegaralanmaydi. Sayt orqali pul topish ko’proq o’zingizning tasavvuringizga bog’liq. Bu yo’nalish faqat ma’lum turdagi ishlarni o’z ichiga olgan soha emas. Sayt orqali pul ishlab topish uchun kishi kengroq fikrlashi, ijtimoiy ananalar tomonidan o’rnatilgan chegaralarni buzib chiqa olishi kerak. Agar boshqalar “Bu axmoqlik, bunaqa yo’l bilan pul topib bo’lmaydi!” degan vaziyatda Siz shu yo’l bilan pul topa olish mumkinligiga ishonsangiz, demak internet biznesda kelajagingiz borligiga ishonish mumkin. Aksincha, hamma tengi faqat ko’rinib turgan yo’ldan yura olib, o’z yo’nalishingizni yarata olmas ekansiz, yaxshisi internet biznes haqida o’ylamay boshqa ish bilan shug’ullanishingiz yaxshiroq.

Sayt orqali pul topishning usullari va imkoniyatlari juda ko’p. Ulardan eng ko’p tarqalganlari:

  • Saytda reklamalar joylashtirish orqali pul ishlash;
  • Saytda maxsulotlar sotish orqali pul ishlash;
  • Sayt orqali xizmat ko’rsatib pul ishlash;
  • Sayt ma’lumotlaridan foydalanganlik uchun pul talab qilish.

Saytingizda reklama joylashtirish orqali pul ishlamoqchi bo’lsangiz, birinchi e’tiborni saytga tashrif yuburuvchilar soniga qaratishingiz kerak bo’ladi. Saytingizga qanchalik ko’p odam kirsa, unga joylashtiriladigan reklama narxi ham shuncha yuqori bo’ladi. Saytingiz WWW.UZ reytingida birinchi o’ringa ko’tarila olsa, bitta 728×90 hajmli reklama joylash uchun 1 million so’m talab qilishga haqliman, deb hisoblashingiz mumkin. Saytingizda boshqa hajmli reklamalar uchun ham joy bo’ladi. Demak, bir oyda tahminan 3-5 million so’mgacha reklamadan daromad olishingiz mumkin.

Sayt orqali maxsulotlar sotish hozircha O’zbekistonda juda rivojlanmagan. Ammo xorijiy saytlarda internet savdo, ayniqsa ma’lumot savdosi juda ommalashgan. Men saytim orqali o’zim yozgan kitoblarni sotayapman. Bu ham sayt orqali elektron maxsulotlar sotishga bir misol bo’la oladi. Agar Sizda ham saytingiz orqali sotishingiz mumkin bo’lgan maxsulot topilsa, uni harid qiluvchilar albatta topiladi. Ammo yodingizda bo’lsin, sotiladigan maxsulot shaxsiy intellektual mulkingiz bo’lishi shart. Kimningdir ijodiy ishini sotishingiz qonunda ta’qiqlangan jinoyat hisoblanadi. Bu sohaga kirshishdan oldin Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi Qonunni o’qib chiqishingizni tavsiya etaman.

Sayt orqali xizmat ko’rsatish sohasi ham O’zbekiston uchun yangi yo’nalish. Gilam yuvish va boshqa klining xizmatlarini taklif etuvchi o’zbek saytlarini ko’rganman. Bu ham sayt orqali xizmat taklif qilishga misol bo’ladi oladi. Ammo sayt orqali xizmat ko’rsatish yordamida pul ishlash, deganda men boshqacharoq yo’nalishdagi xizmatlarni tasavvur qilaman. Masalan, saytlarga texnik xizmat ko’rsatish, konsalting xizmati, online yordam va boshqalar.

Sayt ma’lumotlaridan foydalanish uchun to’lov talab qilish orqali pul ishlash yo’nalishidagi saytlar bizda juda kam. Bir oyda ma’lum miqdorda pul to’lab olinadigan login/paroli yordamida saytdan foydalanish, parol bilan ximoyalangan ma’lumotlarni olish… bularning barchasi aynan shu xizmat turiga misol bo’ladi oladi. Bundan tashqari Odnoklassniki saytidagidek OK birliklarini sotish, saytda ma’lum qo’shimcha qulayliklarga ega bo’lish uchun to’lovlar va hokazo usullardan foydalanishingiz ham mumkin.

Xullas, sayt orqali pul ishlab topish usullarini o’ylab topish o’zingizga bog’liq. Ma’lum bir chegaralangan qonun-qoida yo’q. Qanchalik antiqa va yangi usullarni o’ylab topsangiz, biznesingiz shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Shunday ekan, bundan keyin “Saytdan qanday qilib pul ishlasam bo’ladi?” degan savolni avval o’zingizdan so’rang.

Saytdan ishlangan pul qayerga tushadi? Uni qanday olaman?

Saytdan keladigan pullarni qayerga tushirib olish masalasi sayt orqali qanday qilib pul ishlash haqida bir qarorga kelganingizdan keyin boshlanadi. Bu masala yechimi ham, yuqorida aytganimizdek, o’zingizning tasavvuringiz va qanchalik darajada yaratuvchan bo’la olishingizga bog’liq. Shaxsan men endigina bu sohaga kirib kela boshlaganimda saytimda keladigan pullarni qanday qilib olishni bilmasdim: Termizgacha pulni taksida berib yuborish juda noqulay, pochta jo’natmasi orqali olish bir oz qimmat, Paynet orqali telefon raqamimga tashlatish esa umuman bema’ni usul bo’lib tuyulardi. Shundan so’ng har oyda internetim uchun to’lov qilishim haqida o’ylab ko’rdim. Agar to’lovlarni internet xisobimga Paynet orqali tushurtirsam, saytimdan keladigan daromad internetimni ta’minlab turadi va yaxshiroq to’lovlar qabul qilish imkoniyati tug’ilgunicha saytim uydagi internetimning doimiy ishlashi uchun xizmat qiladi, degan qarorga keldim. Saytim orqali keladigan barcha pul: reklama to’lovlari, saytlarga xizmat ko’rsatish to’lovlari, sayt tayyorlash to’lovlari va boshqalar Paynet yordamida internet xisob raqamimga to’lanadigan bo’ldi. Hozirgacha ham internetim shu tushgan pullar asosida ishlaydi – bir yildan buyon internet uchun to’lamayman va hozirgacha bir oz qoldiq ham qolgan:

Saytingiz orqali keladigan pullarni qanday qilib olish haqida yaratuvchanlik bilan yondoshgan holda o’ylab ko’ring: Qanday qilib foydalanuvchilaringizdan naqd pulni muammolarsiz, tashvishlarsiz olishingiz mumkin? Paynet orqali qanday qilib to’lov qildirshingiz VA (eng muhimi) bu tushgan pullarni qanday qilib naqd qilib olishingiz mumkin? To’lov uchun yana qanday usullarni o’ylab topa olasiz?

Keyinchalik, internet biznesingiz yaxshi rivojlanib ketsa, Click, UzCard, SMSTo’lov kabi tizimlardan biriga ulanib olishingiz va ishingizni davom ettirishingiz mumkin bo’ladi. Albatta, bu tizimlarga ulanishingiz uchun MCHJ yoki YaTT ochishingiz talab etiladi. Sayt orqali daromadingiz oshgan sari yuridik shaxs sifatida faoliyatdan soliq to’lashingiz ham shunchalik osonlashadi. Ammo hali yaxshi daromad yo’nalishini qurib olmasdan turib yuridik shaxs maqomini olib, hali pul to’laydigan foydalanuvchilarga ega bo’lmasdan turib butun boshli tizimga ulanib, soliqlarni to’lay olmasdan qiynalib yurmang. Muhimi boshlanishida arzimas bo’lsa ham summani arzimaydigan bo’lsa ham biror joyga olish orqali foyda ko’rib, keyin katta qadamlar haqida o’ylash kerakligini unutmang.

Sayt orqali pul ishlash uchun qayerdan ruxsat olishim kerak?

Albatta, qonunga ko’ra barcha turdagi xizmat ko’rsatish va savdo faoliyati litsenziyalangan bo’lishi kerak, soliqlar to’lanishi kerak va qonunda ko’rsatilgan barcha xujjatlarga ega bo’lishingiz kerak. LEKIN, sayt ochish va saytga egalik qilish uchun hech qanday xujjat, yoki maxsus ruxsatnoma olishingiz shart emas. Saytingizni O’zbekiston hostinglaridan birida joylashtiring, .uz domeni oling va ishni boshlang – hech qanday muammo bo’lmaydi! Sayt orqali kichik daromadlaringizni, yuqorida yozganimdek, boshlanishiga Paynet orqali yoki taksi orqali qabul qilayotgan bo’lsangiz, hech qanday xujjat qilishingiz, soliq to’lashingiz shart emas. Ammo saytingiz biznesi kattaroq bosqichga o’tsa, ko’proq, kattaroq daromad olishni boshlasangiz, qonunga muvofiq yuridik shaxs maqomini olishingiz, bankdan xisob raqam ochishingiz va to’lovlarni Paynet, Click yoki shuncha o’xshash tizimlarga ulanib olishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ko’pchilik sayt orqali xizmat ko’rsatish, yoki ma’lumotlar savdosini amalga oshirish faoliyatlari uchun litsenziya talab qilinmaydi. Qaysi sayt faoliyati uchun qanday litsenziya olish kerakligi haqida o’zingiz yashab turgan joyda joylashgan “Aloqa va axborotlashtirish agentligi” orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Muhimi, qonuniy ishlang va qonunga qarshi bo’lgan ma’lumotlarni saytingizda chop etmang. Keyinchalik esa, saytingizdan keladigan daromad ko’paygan vaqtda, hech qanday muammosiz ishlashingiz qonunda ko’rsatilgan soliqlarni to’lashingizga arzishini o’zingiz ham tushunib yetasiz.

Saytga 100 ta odam kirsa menga pul to’lashadimi?

Saytga kiruvchilar, tashrif buyuruvchilar soni saytning qanchalik mashxur ekanligini ko’rsatuvchi o’lchov hisoblanadi. Saytingizga qanchalik ko’p odam kirsa, unda sotilishi mumkin bo’lgan maxsulotlarni harid qiluvchilar ko’payishiga shuncha imkoniyat tug’iladi. Qanchalik ko’p foydalanuvchi yig’sangiz, reytinglardagi o’rningiz shuncha yuqorilaydi va saytingizga reklama joylashtirish narxlari ham shuncha qimmatlashadi. Ammo hech qanday sababsiz saytingizga kirgan odamlar soni uchun hech kim Sizga pul to’lamaydi. Saytga tashrif buyuruvchilar sonini ko’paytirishdan asosiy maqsad – uni mashxur qilish va saytning daromad keltirish imkoniyatlarini oshirishdir.

Yuqoridagi savollarda aytib o’tilganidek, saytingizga hech kim shunchaki pul to’lamaydi. Siz sayt orqali pul ishlab topish uchun avval pul keltiradigan g’oyalaringizni saytda joriy qilishingiz kerak. Yaratuvchanlik bilan o’ylashingiz kerak. Saytga tashrif buyuruvchilar soni ana shu taklif qilinayotgan pulli xizmatlar savdosini qanchalik rivojlantirishiga qarab samarali hisoblanadi. Agar bir saytga bir kunda bir millionta odam kirsayu, unga hech kim reklama joylashtirmasa, sayt bu ko’rsatkichdan hech qanday foyda ololmaydi. Ammo bitta saytga bir kunda 50 kishi kirsayu, shu tashrif buyuruvchilardan 10 tasi saytdan nimadir harid qilsa, bu sayt avvalgisidan ancha ko’proq pul ishlab topayotgan hisoblanadi.

Shu yo’nalishda qo’shimcha ma’lumot sifatida mana bu maqolani o’qishingiz mumkin.

Saytim mashxur bo’lsa kompaniyalar menga pul to’laydimi?

Bir kishi menga shu savol bilan murojaat qilgandi. U saytiga tashrif yuburuvchi kishilar uchun Beeline, Ucell, Uztelecom yoki shunga o’xshash kompaniyalar pul to’laydimi, yo’qmi – shuni bilmoqchi edi.

Hamma gap saytingizning reklama qila olish imkoniyatida. Hech qaysi kompaniya Sizga saytingizga kiruvchi bir necha odam uchun pul to’lamaydi. Kompaniyalar uchun reklama qilish imkoniyati kerak. Saytingiz ular uchun o’z maxsulot yoki xizmatlarini millionlab kishilarga ko’rsatish imkonini beruvchi bir maydon hisoblanadi. Siz millionlab odamni saytingizda jamlashning uddasidan chiqing, kompaniyalarning o’zlari Sizni izlab topishadi va o’zlari katta pul taklifi bilan saytingizda reklama joylashtirishadi.

Saytning Uztelecom hostingida joylashganligi saytga kiruvchi odamlar soni uchun Uztelecom sayt egasiga qanchadir to’lashini anglatmaydi. Bu oddiy hosting biznesidan boshqa narsa emas: sayt egasi hosting uchun pul to’laydi, hosting esa shu saytni internetda ushlab turadi. Saytga pul to’laydigan kompaniyalar esa butunlay boshqa maqsadda – o’zlarining reklamalarini ommalashtirish maqsadida pul to’lashadi. Demak, shunchaki saytga ega bo’lish emas, balki uni ko’p sonli foydalanuvchilar ichida mashxur qilish ham muhim vazifalardan biri ekan.

Sayt orqali pul ishlashni asosiy daromadga aylantirish mumkinmi?

Mumkin. Juda qiyin, ammo mumkin. Eng mashxur saytlar haqida bir o’ylab ko’ring: Odnoklassniki, Facebook, Yagoo, Google, VK… Ularni ham Siz va menga o’xshash kimdir tayyorlagan, yuritgan va shu darajagacha olib chiqqan. Hozirgi kunda sutkasida millionlab dollar aylanmasiga ega bo’lgan bu saytlar ham qachonlardir 50-100 kishi orasida mashxur bo’lgan, xolos. Bugungi kunda bu saytlar faqat bir kishini emas, balki butun boshli kompaniyalarni asosiy daromad bilan ta’minlab kelayapti.

Siz o’z saytingizga ega bo’ldingizmi, demak birinchi qadamni qo’yibsiz. Saytingdan keladigan daromadni asosiyga aylantirishda shoshilishga urinmang. Hammasi mehnat, vaqt va tajriba orttirishni talab qiladi. Hozircha asosiy ishingizga qo’shimcha sifatida saytingiz orqali oladigan daromadingizga qanoat qiling. Vaqti kelganda u Sizning asosiy daromad manbaingizga aylanadi. Muhimi, hammasi o’zingizga bog’liq ekanligini unutmang.

Men internetda pul topishga yoshlik qilmaymanmi?

Hosting va domenni o’z nomingizga ro’yxatdan o’tkazish uchun albatta pasportga ega bo’lishingiz kerak. Agar pasportingiz bo’lda, demak Siz o’z saytingizga ega bo’lishingiz mumkin. Hali pasport olish yoshiga yetmagan bo’lsangiz va o’z saytingizga ega bo’lishni juda xohlasangiz, ota-onangiz, aka-opangiz yoki boshqa biror yaqin tanishingizning ruxsati bilan, ularning pasportlaridan foydalanib sayt ochishingiz ham mumkin. O’z saytingizga ega bo’lishingizda yoshingiz hech qanday to’siq bo’la olmaydi.

O’z saytiga ega bo’lgan kishi albatta har qanday usulda sayti orqali pul ishlab topishni yo’lga qo’yishi mumkin. Yuqoridagi savollarga javob tariqasida ta’kidlanganidek, hammasi o’zingizning yaratuvchangligingiz va fikrlashingizga bog’liq. Internet orqali pul topishga hech qachon yoshlik qilmaysiz. Aql yoshda emas, boshqa bo’lgani kabi, bu sohada ham yosh hech qanday chegarani belgilab bermaydi. Necha yoshda bo’lishingizdan qat’iy nazar, qobiliyatingiz va bilimingizni ishga solsangiz, internet orqali yaxshi daromad olishingiz mumkin. Ammo bu uchun ko’p o’qish, o’rganish va ilmni oshirish talab etilishini ham unutmang.

Yosh ekanligingiz haqida o’ylamasdan bor imkoniyatingizdan foydalanib o’z saytingizni oching, unda bor qobiliyatingiz va bilimingizni namoyish etish. Ishonamanki, albatta o’z maqsadingizga erishasiz.

Yana qanday savollar qolib ketdi?

Ushbu maqola hali to’liq emas. Menga yo’llangan sayt orqali pul topishga oid savollarni bosqichma-bosqich javoblari bilan yozib boraman. Savolingiz bormi? Uni quyida yozib qoldiring! Siz bilan birga barchani birdek qiziqtira oladigan savollarga albatta javob yozaman.

Sayt orqali pul ishlash savol-javobi” maqolasida 57 fikr

  1. Web

    Salom Azamat aka yaxshi chiqib maqolangiz,
    meni savolim bor edi
    Travelpayouts – Flights and Hotels Search
    Money Maker
    Amazon Link Engine
    Themeforest.net Money Maker
    Bularni wordpress plugin qismida search qilsez chiqadi
    Shular haqida nima deya olasiz
    Bular aldamaydimi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Siz mohiyatni to’liq tushunmabsiz.

      Bu plaginlar faqat ma’lumotni ko’rsatish uchun ishlatilishi mumkin. Misol uchun, Money Maker plagini ThemeForest.net saytidagi SIZNING sotuvda bo’lgan shablonlaringizni saytingizda ko’rsatib beradi.
      Travelpayouts esa sayyohlik saytlari uchun ishlatilishi mumkin: parvoz reyslari va mehmonxonalarni qidirishga yordam beradi.

      Umuman, bu plaginlar Sizga pul ishlashga yordam beradi. Plagin yoki unga bog’liq sayt pul to’lamaydi. Ularning yordamida pul ishlab topishingiz osonroq bo’ladi. Misol uchun, shablon sotsangiz “Money maker yordamida”, sayyohlik agentligingiz bo’lsa, “Travelpayouts” yordamida osonroq pul topa olasiz, deyishmoqchi.

      Bularning nimasi aldashi mumkin?

  2. Ulug'bek

    Azamat, “IELTS imtihoniga tayyorlanish” elektron kitobini 7000 so’mdan sotayapsiz. To’lov esa CLICK xizmati orqali bo’lyapti. Demak, shaxsan siz ham MCHJ yoki YaTT ochganmisiz?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Albatta, savdo yuridik shaxs sifatida, MCHJni davlat ro’yxatidan o’tkazib, barcha belgilangan soliqlarni to’lagan holda amalga oshirilayapti. Menda barcha talab qilinishi mumkin bo’lgan guvohnoma va boshqa xujjatlar bor.

      Ammo, yuqorida aytganimdek, bu darajagacha to’lovlarni Paynet orqali turli yo’llar bilan olishga majbur bo’lganman. Hozirda esa bankda faqat saytim orqali keladigan daromadlar uchun alohida xisob raqamim bor.

    2. Ulug'bek

      Azamat, men ham Termizdanman. Shu MCHJ ochish uchun kimga murojaat qilish, qanday hujjatlar tayyorlash, qancha vaqtda tayyorlanishi, soliqlar to’lovi, umuman, shu MCHJ (yoki YaTT) ochish jarayonidagi barcha yo’l-yo’riqlarni, o’zingizning tajribangizni bitta maqola sifatida chop etsangiz biz saytingiz tashrifchilariga ajoyib qo’llanma bo’lar edi. Qolaversa, men (biz, jamoamiz bilan) ham shu ishni boshlamoqchiman. Lekin nimadan boshlashni bilmayapman. Iltimosimizni befarq qaramaysiz degan umiddaman. Javobingizni kutaman.

    3. Azamat Xodjakov

      Termiz shahar hokimligida tadbirkorlar bilan ishlash bo’limi bor. U yerga murojaat qilsangiz hamma savollaringizga javob berishadi.

    1. Azamat Xodjakov

      Savolingiz yuqorida qo’shildi va batafsil javob yozildi. Rahmat.

  3. Ulug'bek

    Azamat, shu MCHJ (yoki YaTT) ochish bo’yicha bitta maqola yozing. Keyin soliq to’lovi qanday amalga oshiriladi. Misol siz 2 oyda birorta kitob sotolmasangiz, soliq to’lovi bo’lmaydimi? Shular haqida batafsil yozsangiz…

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bular haqida ma’lumotni http://www.soliq.uz saytidan, mahalliy soliq idoralaridan va hokimiyatdan bilishingiz mumkin. Saytim mazmuniga to’g’ri kelmaganligi, bu yo’nalishlar mutaxassisligim emasligi sababli davlat organlari faoliyatiga oid maqolalar yoza olmayman. Bunday ma’lumotlarni haqiqiy mutaxassisdan, shu sohada ishlaydigan kishilardan olsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Har kimning o’z ishi bor.

  4. Hellojon

    Hurmatli Azamat aka meni sizda bir savolim bor. Men bitta tijoriy sayt tuzganman ushbu sayt aynan bitta firmaga tegishli. Aytingchi men ushbu saytimni o’sha firmaga qancha pulga sotsam bo’ladi. Umuman saytning narxini qaysi jixatlariga qarab bilsa bo’ladi. Ochig’ini aytsam mehnatimga ortiqcha baxo berishlarini xohlamayman. Shuning uchun sizdan yordam so’rayapman. Masalan Alibaba.com sayti sizningcha qancha narxga arziydi va bundan ko’ra yaxshiroq sayt O’zbekiston bozorida qancha. Javob uchun oldindan raxmat(so’roq belgisini qo’ymadim, ochig’i bu belgini yomon ko’raman.)

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Alibaba.com sayti bir necha million dollarga sotilishi mumkin. Chunki hozirgi kunda bu saytning ahamiyati juda katta. Gap saytning domeni yoki serverda turgan fayllarda emas. Gap saytning qanchalik ahamiyatli va mashxurligida.
      Hozir istalgan kishi Facebook saytining butun fayllarini o’zining serveriga ko’chirib, Facebook.uz deb sayt ochishi mumkin. Lekin bu yangi saytning haqiqiy Facebook.com sayti o’rnida bo’lishini bildirmaydi. Saytning asl qadr-qimmati uning ahamiyati, foydalanuvchilari va mashxurligiga bog’liq.

    1. Azamat Xodjakov

      Saytimizning aralash savollar uchun maxsus Savol-Javob bo’limi bor. Iltimos, keyingi savollaringizni shu bo’limda yozing.

      Qancha vaqtda necha ball olish faqat o’zingizga bog’liq. Qanchalik yaxshi o’zlashtirsangiz va testni qanchalik yaxshi topshirsangiz, shunchalik yuqori ball olasiz.

  5. Iccup

    Assalomu Aleykum, sayt orqali reklmaniy partnerkalarni reklma bannerlarini, txtlarni, tizerlarini saytizga qo`yib pul ishlaydigan rus saytlari ko`p. Lekin ular uzb operatorlariga pul deyarli to`lamaydi, to`lasa ham juda kam. Sizga savolim uzb operatorlariga yaxshiroq pul to`laydigan chet saytlarinidan misol keltiring (nega aynan chet?? o`zzimizkichi:? : ularda “tolk” yo`q). Sayt auditeorasi kam (1000-2000) bo`lgan uchun mos mavjudmi? javob uchun oldindan rahmat

    Javob berish

  6. Abdulloh

    Ko’pchilik statistik saytlarda biror bir sayt haqida gap borganda saytning narxi va sytning bir yillik foydasi yoki bir kunlik foydasi degan yozuv turadi bu nimani anglatadi reklamalardan tushgan pulnimi yoki boshqasini?

    Javob berish

  7. ulugbek

    Men bir narsaga tushimadim saytizdan biron narsa harid qilish kerak didiz biron muzika yoki vidyo skachat qilishni harid qilish dvosmi

    Javob berish

    1. o'ktam

      Nimada ya’ni qany tarzda CMS dami yoki hmtl, php, css, dami.
      agar Htmlda bo’lsa JS dan foydalaning. Chunki JS da RGB mavjud shu orqali qilasiz.
      agar kodlar kerak bo’lsa googleda tiqilib yotibdi.
      agar effektlar ham kerak bo’lsa u holda ham JS yaxshi.
      slidelarda Jquery yaxshi shunda saytingizdagi slidelar effektiv bo’ladi.
      Bunday slidelarga misol mana> http://mimax.uz/ ga kiring bosh menyudagi slide effektiv JQuery yordamida qilingan.

  8. Ulugbekshox

    Admin mening saytim bor biroq sotadigan narsam yo’q lekin google adsense yoki shunga o’xshash saytlardan reklama qo’yib pul ishlasam bo’ladi menimcha agar shunaqa saytlar bilsangiz menga yozvoring oldindan rahmat!

    Javob berish

  9. Jaxongirmirzo

    man boshqa stranitsada 4 savol yozuv dim lekin uni esimdan chiqarib quydim shuning uchun yana yoziyapman man uzbekistonda sotsialniy set yaratmoqchiman tug`ru bu tuya homomni ozu qiganibilan teng leki intilganga toliy yor deganlarku shuning uchun manga uzbek hostinglari va domen beruvchi saylar haqida malumot bersangiz hozircha ikkta sayt yaratdim lekin ularga kanday kilib kompyuterdagi malumotlarni yani текстовый документларимини va rasimlar , znachoklar , kushiqlar vidiolar yuklashni va ularni kurish uchun play listlarni bilmayapman albatta bu sizning yillar davomida yig`ilgan malumotlaringiz bu sizning uzingizga havola lekin ajab emas agar sot. set yaratsam va uning dovrugi dunyoga taralib ketsa ahi bu ham VATANimiz dovrugini balandlarga kutaradiku shu bilan birga sizga bir savolim bor edi nimaga uzingiz shu q`oya ustida uylar kurmaganmisiz va nega ? oldindan rahmat javoblaringiz uchun untizorlik bilan javoblaringizni kutib qolaman.

    Javob berish

  10. Kamoldin

    Masalan men sayt ochdim deylik ichiga klip video qo’shiq qo’ydik endi saytimga odamlar krib ularni ko’chirishyapti trafik ketkazishyapti shunga menga pul to’lashadi masalan .com domenida

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yuqoridagi maqolani o’qing, savolingizga javob yozilgan.
      Odamlar saytingizga kirib, traffik ketkazgani uchun SIZGA PUL TO’LANMAYDI.

  11. Jahongir7

    Zo’r maqola menga yoqdi nimadir sizdan o’rgandim , bilmagan narsamni … Gap yoq . Lekin MySurf.uz sayti reklamasini joylashtirmayman depsiz sherigim so’raganda bizam termizdanmiz yordamlashib yuboring azamat aka … +998919824949 Telegram @web_master !!!

    Javob berish

  12. Jahongir7

    Bundan tashqari sayt ochgandan keyin saytizda 200 talab har kuni userlar kirsa , googledan reklama joylashtirib pul ishlasa ham bo’ladi … U pullarni webmoney orqali olishingiz mumkin

    Javob berish

  13. Nuriddin

    Salom Azamat aka.

    Yaxshi savol yo’llash mavzungizni o’qidim.
    Siz aytganday google dan izladim menga kerakli malumotlar rus ingliz tilida chiqyapti. Iltimos aka Webmoney Qishi kasheloklaridan pullarni WebSumga MasterCardga o’tkazish haqida mavzu yarating.

    Javob berish

  14. Sardorbek

    Meni saytimni google adsensega qo’shgndim.Adsense qabul qildi saytim Xitmusic.uz .Adsense reklmari xam saytda chiqa boshladi.Clicklar uchun tolaydigan narxlari xam yomon emas ekan 🙂 Meni savolim Adsenseda yig’ilgan pullarni (Minimalka $100 ga yetganidan so’ng) qanday qilib va qanday elektron hamyon yoki naqd pulda yechib olsa bo’ladi?

    Javob berish

  15. Madina

    Assakomu akeykum. Chet el sayti orqali mahsulot sotmoqchi edim. Ya’ni saytga oz reklamamni joylab, mahsulotim sotilib hisobimga pul tushgach pochta orqali tovarimmi jonataman. Buning uchun qandaydir soliqlar bormi. Pochta orqali qanchagacha narsa jonatish mumkin. Kimdir menga yilda bir ikki marta jonatsez boladi lekin har hafta oz nomizdan tovar jonatolmisiz tekshirishadi shtraf solishadi deyishdi. iltimos shular haqida malumot bersangiz juda minnatdor bolar edim

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      my.gov.uz portali orqali Davlat soliq qo’mitasiga savolingizni yozib yuboring. Ular Sizga aniq javobni ayta oladi.

  16. Ma'ruf

    Assalomu aleykum! Bir izohda “Odnokolassniki.ru” va “Fecebook.com” saytlari yaxshigina daromad qilayotgani haqida to’xtalib o’tgansiz. Aytingchi, bu ijtimoiy tarmoqlar nimaning hisobiga pul ishlab topyatilar? Javob uchun oldindan rahmat.

    Javob berish

    1. Sherzodbek

      odnoklassniki.ru, facebook, vk lar asosan aksiya aylanmasi orqasidan pul topishadi!

      P.S.: Aksiya bozori nima ekanini bilsangiz kerak!

  17. Murod

    salom man androed telefonlar uchun launcher,programmalar yasay olaman shularni internet orqali play marketga qandey joylashtirishim mumkin shu xaqida malumot bersez oldindan rahmad.

    Javob berish

    1. Sherzodbek

      buning uchun google akaunt va VISA karta kerak bo’ladi! Kartada minimum 50$ pul ham! Yana savol bo’lsa yo’llang!

  18. Farrux

    Ahost dan domen sotib oldim shu domenni telegram kanalimga yunaltirishim uchun nima qilishim kerak qanday ozgartirish kiritiladi domen sozlamalariga

    Javob berish

  19. Bekzod

    Assalomu alaykum. ba’zi bir saytlarga kirganda pasta 1xBet reklama turadi shunaqa reklamalarni qanday wuysam bo’ladi

    Javob berish

  20. X. Farrux

    Assalomu alaykuum Azamat aka. TV.da e’lon qilishi bilan sizning maqolangizni topib olib o’qib chiqdim. Qanchadir holatda tushunchaga ega bo’ldim. Men ham internet orqali pul ishlashni boshqalar kabi xoxlayman. Sizdan bir narsa so’rasam. Ingliz tilidan oldin o’rgangandim, lekin hozirda yodimdan ko’tarilgan deb o’ylayman. Lek ruschani juda yaxshi tushunaman. Shunday bo’lsada ham tilni o’rganib hamda saytda pul ishlab borsam ham bo’ladimi? Nima deb o’ylaysiz. Saytdan yaxshi foydalanishim uchun birin ketin holda qisqaroq qilib( ochish, ishni qanday boshlash, nima qilish, qanday qilib buyurtma olish ) va hakoza tarzdagini tushuntirib bera olasizmi? Men birinchi marta foydalanayotganim uchun tushuna olmayapman. Shunga Azamat aka uzingiz bir ustozlik qilib yuborsayiz. Kottokon rahmat.

    Javob berish

    1. Hasan Normengliyev

      Assalomu aleykum Azamat aka. Saytingizdan koplab maqolalar oqiganman. Qande qilib saytni yakka holda 0 dan yaratsa boladi. Iloji bormi? Shunga tuwunvha bervorolasmi degandim. Oldindan raxmat

  21. G'iyos

    salom mani eshitotganlariz uchun kattakon rahmat saytimni googlega qo’ydim manga qanday foydasi bor shu savolimga javob bering iltimos

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan