Bosh sahifa / Promotion / Savol-Javob

Savol-Javob

Quyidagi fikr bildirish formasi orqali ingliz tili grammatikasi, saytlar yaratish, internet orqali pul topish, shaxsiy rivojlanish va sayt faoliyatiga aloqador o’zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin. Ushbu savol-javob tizimi asosan ingliz tili fani bo’yicha tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun mo’ljallangan. Ular bu bo’lim orqali test variantlaridagi o’zlari uchun bajarilishi qiyin bo’lgan testlarni muhokama qilishlari, ingliz tili grammatikasidagi murakkab mavzularga oid savollariga javob topishlari mumkin.

Ingliz tili grammatikasiga oid savollarga mutaxassis javob beradi.

4 655 ta fikr

  1. Agar men sayt ochsam sayt foydalanuvchilari saytga kirganda oz miqdorda bo’sa ham pul tushadimi tushsa qayerga tushadi domen olgan saytimdagi admin panelidagi gami yo boshqa joygami.Oldindan rahmat.

  2. wordpressda forma hosil qila olmayapman maslahat bering qaysi plaginda foydalanay.

  3. Azamat aka ushbu savol – javob bo’limida va «avvalgi», «keyingi» maqolalarni o’qish uchun qanday plagindan foydalanasiz sir bo’lmasa?

  4. Shu bizni odamlar so’zlarni yomoooon buzib yozishlari jonga tegdida. Bir bu masalani ko’tarib chiqish kerak. «Bomasa vawe jonga tegb ketti boruu». Chalasavodlikmi yoki o’zini ko’rsatish. Tilga hurmat umuman qolmagan. Qani agar biron ruscha forumda xato yozib ko’ringchi. E umuman e’tibor ham bermay, faqat kuladi. Bizlarda esa bunaqa «okalarimiz» yana sayt ham ochaman deydi. E bu savodlaring bilan ketmon chopishdan boshqa ishga yaramaysizlar.

  5. model haqida kitoblar mavjudmi

  6. Azamat aka iltimos savolimga javob bering. Agar men sayt ochsam sayt foydalanuvchilari saytga kirganda oz miqdorda bo’sa ham pul tushadimi tushsa qayerga tushadi domen olgan saytimdagi admin panelidagi gami yo boshqa joygami. Oldindan rahmat

    • Saytingizga kirgan foydalanuvchilar saytingizga joylashtirilgan reklamalarni ko’rishlari mumkin. Reklama ustiga bosishlari mumkin. Ana shu reklamalarni ko’rish va ustiga bosish evaziga saytingizga pul tushishi mumkin. Reklama tarmog’ida siz uchun maxsus hisob raqam ochiladi. Reklamadan tushgan pullar shu hisobda yig’iladi. Keyinchalik bu hisob raqamdan Wester Union orqali (bankdan) yoki boshqa yo’l bilan pulingizni naqd qilib olishingiz mumkin bo’ladi. Albatta, bu qaysi reklama tarmog’iga ulanganligingiz hamda tarmoq qaysi turdagi to’lovlarni taqdim eta olishiga bog’liq.

  7. Assalomu aleykum Azamat aka, sizga bir wordpress dagi holat bo’yicha murojaat qilmoqchidim. Bo’limlarni alohida rubrikaga ochib ichiga maqola kiritsam, hamma maqolalarim bosh sahifaga ham chiqib qolyapti. Masalan siz ingliz tili bo’limingizda kichkina sub-menu lar qilgansiz. Sub-menu lar ichiga kichik kichik alohida-alohida maqolalar joylashtirilgan. Man shunaqa qiladigan bo’lsam, hammasi bosh sahifaga chiqib qolyapti. Agar sir bo’lmasa iltimos sizdan shu haqida ma’lumot bersangiz. Agar iloji bo’lsa albatta. Permalink larini olib tashlashim kerakmi? Necha kundan beri boshim qotgan

    • WordPressda bosh sahifa ikki xil: bittasida Siz aytganingizdek eng yangi maqolalar ko’rinadi, ikkinchisida alohida bir sahifa bosh sahifa sifatida tanlanib, unda o’zingiz istagan boshqa narsalar ko’rsatiladi. Mening saytimda bosh sahifa sifatida alohida bir sahifa tanlangan.
      WordPress haqida ko’proq o’rganing, keyinchalik tushunib olasiz. Siz so’ragan narsa alohida bir yo’riqnoma sifatida yoziladigan ma’lumot. Bu yerda yoza oladiganim eng umumiy ma’lumot.

  8. Azamat aka ba’zi maqolalaringizda «o’quvchilarim» deb yozgansiz unda kimlarni nazarda tutyapsiz axir o’quv kursim yo’q deyapsizku?

    • Eski maqolalarimda yozgan bo’lishim mumkin. 6 yil davomida ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishlaganman. So’nggi ikki yil davomida dasturchilik bilan shug’ullanayapman. Avval ingliz tilidan o’quv kursi ham, shogirdlarim ham bo’lgan.

  9. Salom. WordPressda denverda sayt yaratdim shuni internnetdagi hostingimga qanday qo’yaman

  10. Copyright © Azamat Xodjakov – 2018 deb siz ham o’zgartirgansizku men ham shu ishni qilmoqchiman qanday o’zgartirsam bo’ladi mana shu saytimda http://g91339r8.beget.tech/

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*