Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

SaaS, PaaS va IaaS: farqi nimada?

SaaS, PaaS va IaaS: farqi nimada?

So’nggi maqolalarimning asosiy mazmuni startap g’oyalar atrofida shakllanayapti. Biznesga, passiv daromadga va eng asosiysi – internet orqali pul ishlash sohasiga bo’lgan qiziqishim ortishi natijasida internet asosidagi xizmatlar – SaaS loyihalar, turli innovatsion fikrlar haqida o’ylab yuribman. Quyidagi maqola ham ilgarigilarining mazmuniy davomi bo’ladi. SaaS vs PaaS vs IaaS: What’s The Difference and How To Choose maqolasidan olingan ma’lumotlarga tayanib, bilishingiz kerak bo’lgan uchta asosiy xizmat haqida qisqacha yozmoqchiman.

SaaS nima?

Ingliz tilidan «Xizmat sifatida taklif etiladigan dastur», deb tarjima qilinadigan bu atama markazlashgan tuzilmagan ega, barcha foydalanuvchilari uchun bitta asos manbaadan turib xizmat qiladigan zamonaviy va qulay xizmat turini anglatadi. Bu turdagi xizmatda siz dasturdan foydalanasiz, ma’lumotlaringizni unda saqlaysiz, uning yordamida o’zingizga kerakli ishlarni qilasi – ammo uning asos qismi sizda yoki sizning kompyuteringizda saqlanmaydi. Siz xizmatdagi ma’lumotlaringizga egalik qila olasiz, xizmatdan arenda sifatida foydalanasiz, ammo butunlay egalik qila olmaysiz. O’zbekistonda bunday xizmatning eng yorqin misoli Payme yoki Click kompaniyalari bo’lishi mumkin.

SaaSga oid boshqa ma’lumotlar olish uchun mana bu maqolaga murojaat qiling.

PaaS nima?

«Platform as a Service» so’zlarining bosh harflaridan olingan bu xizmat turi nomi qaysidir turdagi xizmatni tashkil qilish uchun maydoncha (platforma) taqdim etadi. Bu turdagi xizmatdan foydalanib SaaS xizmatini yaratish mumkin.

Platformaga joylangan yoki u yordamida yasaladigan dasturingizni to’liq boshqarishingiz hamda ma’lumotlar bazasiga to’liq egalik qila olasiz. Sizga dasturingizni yaratish/yuritish uchun sharoit yaratib beriladi, ammo platformaning o’ziga ta’luqli bo’lgan, uning ish jarayoniga aloqador katta darajadagi narsalarni o’zgartira olmaysiz.

IaaS nima?

«Infrastructure as a Service» sizga infratuzilmani taqdim etadi. Uning ichiga PaaS qurishingiz, PaaSning ustiga ega SaaS qurishingiz mumkin bo’ladi. Infrastruktura boshqaruvi qo’lingizda bo’lganda siz tizimning deyarli barcha qismini to’liq o’zgartira olasiz. Albatta, tizimning ishlab turishini ta’minlovchi premetiv jihatlarga ruxsat berilmasligi mumkin (masalan, xotira qurilmasini boshqarish, elektr toki ta’minotini boshqarish va h.k). IaaS yuqorida aytilgan ikkita ikki turdagi xizmatni o’zida jamlovchi, ularning ishilashini ta’minlay oladigan maydoncha hisoblanadi.

Qisqa bo’lsa-da xizmatlar haqida tasavvurga ega bo’ldingiz. Internet orqali o’z biznesingizni tashkil etishingiz juda katta daromad keltirishi mumkin. Startap g’oyalaringizni amalga oshirishda SaaS, PaaS va IaaS haqida ham o’ylab ko’rishni unutmang.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan