Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Rejalashtirish tahmin qilish bilan teng

Rejalashtirish tahmin qilish bilan teng

Agar folbin bo’lmasangiz, faoliyatingiz bilan kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni aniq aytib bera olmaysiz. Shunday ekan, reja qilish va bu bilan o’zingizni cheklab qo’yishga nima xojat bor?

Keling, rejalashtirishni tahmin qilish deb ataymiz. Aslida ham shundayku! Aslida hech qanday rejalashtirish yo’q. Hayot har bir soniyada o’zgaradi va Sizning hatti-harakatlaringiz, faoliyatingiz atrofingizdagi odamlar, vaziyat va shart-sharoitning o’zgarishiga qarab shakllana boradi. Siz hech qachon ertangi kuningizning aniq rejasini tuza olmaysiz. Hatto tuzgan taqdiringizda ham bu rejaga to’liq amal qilishingiz amri mahol bo’lib qoladi. Shunday ekan, qaysidir ishni bajarishdan oldin tuzilgan reja aslida bu ishning qanday borishi haqidagi tahmindan boshqa narsa emas.

Ishlaringizni oldindan rejalashtirish hali bajarilmagan ish yoki yuz bermagan holatni o’ylab ortiqcha asabiylashishingizga hamda hovotir olishingizga olib keladi. Aslida baribir ishlar atrof-muhit va vaziyatga qarab o’z o’rniga tushib ketaversa, oddiygina bir tahmin bo’lgan, «reja» deb ataladigan tartibni oldindan tayyorlab qo’yib, uni o’ylab siqilishning nima keragi bor? Keraksiz hovotirlarga sarflagan kuchingizni vaziyatning o’zgarishiga qarab bir qadam oldinda turgan vazifalarni qanday amalga oshirish kerakligini o’ylashga sarflashingiz yaxshiroq emasmi?

Oldindan rejalashtirish faoliyatingizdagi erkinlikni cheklab qo’yadi va natijada ko’plab yangi imkoniyatlardan foydalanishga yo’l bermaydi. Reja tuzish asosida Siz kelajakdagi ishlaringizning qanday amalga oshirilishi kerakligiga oid qat’iy qoidalarni tayyorlaysiz. O’zingiz bilmagan holda kelajakdagi barcha hatti-harakatlaringiz ham o’sha, avvaldan tayyorlangan reja asosida amalga oshirilaveradi. Natijada faoliyat davomida yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan «rejaga amal qilish» bahonasida foydalana olmay qolishingiz mumkin. O’zingizdagi erkinlikni siqib qo’ymang. Faoliyatingiz davomida paydo bo’lgan har bir imkoniyatdan unumli foydalaning va rejasiz harakat qilishni o’rganing.

Bularning barchasi kelajak haqida umuman o’ylamasligingiz uchun aytilayotgani yo’q. Albatta kelajak haqida o’ylashingiz, keyingi harakatlaringiz qanday bo’lishi kerakligini fikr qilishingiz muhim ahamiyatga ega. Hamma gap oldindan rejani tuzib qo’yib hovotirlanish va rejaga amal qilaman, deb paydo bo’lishi mumkin bo’lgan imkoniyatlardan foydalana olamay qolish haqida ketayapti. Bir yillik faoliyatingizni reja qilib harakatni boshlagandan ko’ra bir haftalik ishlaringizni oldindan o’ylab olganingiz ma’qul. Bir kunlik ishlaringiz qanday bo’lishi kerakligini reja qilishdan ko’ra esa, yarim soatdan keyin nima qilishingiz kerakligini fikr qilishingiz foydaliroq.

Rejasiz harakat qilish bir oz qo’rqinchli tuyulishi mumkin. Ammo asl voqealar rivojiga umuman aloqasi bo’lmagan rejaga ko’r-ko’rona amal qilish undan ham qo’rq’inchliroqdir.

Abituriyentlar uchun test formulalari

3 ta fikr

  1. to’ppa-to’g’ri, deyarli barcha fikrlarizga qo’shilaman. rejalar hayotning eng qiziq damlarini yo’qqa chiqaradi, bugun bilan yashagan ma’qul. Ertadan hadeb umid qilaverish esa, ko’pincha umidsizlikka, kelajakka bo’lgan ishonchsizlikka sabab bo’ladi, shuning uchun bugun harakat qilib, ertangi kungi hayolini surishni bas qilib, Allohga tavakkal qilib yashagan ma’qulroq.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*