Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

«Read more…» tegidan foydalanish

«Read more…» tegidan foydalanish

«Read more…» («Davomi…») tegi maqolani yozayotgan vaqtda qo’yilishi mumkin va bu frontendda «Davomi…» yoki «Davomini o’qish…» yozuvi yoki tugmasi sifatida ko’rinadi. Amalda buni ko’rish uchun mana bu yerga o’ting va maqolalarning anons matnidan keyin «Davomi >>» deyilgan tugmaga e’tibor qarating. Bular huddi shu «read more» tegi yordamida yasalgan.

«Read more…» tegini qo’shish WordPressning vizual matn muharririda birinchi qator tugmalarining eng oxiridagi funksional tugma yordamida amalga oshiriladi. Bu tugma to’g’risida «WordPress tizimining matn muharriri» maqolasida yozilgan edi. Vizual matn muharriridagi «read more» tugmasidan foydalanish uchun «read more» tegi paydo bo’lishini xohlagan joyimizga kursorni qo’yamiz va tugmani bosamiz:

 Agar kursor matn o’rtasida joylashtirilgan bo’lsa, kursor turgan joydan boshlab matn o’rtasida MORE deb yozilgan uzuq chiziqli to’g’ri chiziq bilan ajratiladi. Bu frontendda ko’rinadigan «read more» yozuvi yoki tugmasining vizual muharrirda ko’rinishi hisoblanadi.

Matn muharririning matnli (tekst) qismida yozganda «read more» tegini mana bu teg yordamida ko’rsatamiz:

<!--more-->

Yodingizda bo’lsin, matn muharririning vizual ko’rinishida matnlar yoziladi, matn (tekst) ko’rinishida esa HTML kodlar, teglar va boshqa kerakli skriptlar yoziladi.

«Read more» imkoniyati katta hajmli ma’lumotlarga ega bo’lgan bir necha postlarni ro’yxat sifatida mana bu yerdagidek ko’rsatilganda qisqa, tartibli va davomini o’qish imkoniyati bilan taxlash imkoniyatini beradi. Agar «read more» bo’lmaganda edi, barcha postlar o’z ichidagi to’liq matni bilan ko’rinardi va bu frontenddagi foydalanuvchilar uchun bir oz noqulayliklar tug’dirishi mumkin edi.

WordPress tizimida «read more» tegidan faqat postlar (maqolalar)dagina foydalana olamiz. Bu teg sahifalar uchun ishlamaydi.

«Read more…» tegidan foydalanish” maqolasida 10 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      Bo’ladi. Ba’zi shablonlarda «Read more…» funksiyasi avtomatik qo’shilgan bo’ladi. Bundan tashqari WordPress sozlanmalarining «O’qish» bandida ham ma’lumotlarning to’liq yoki qisman chiqarilishini sozlash mumkin.

      Javob berish

  1. G'olib

    Azamat qandaysiz? Read more tugmasini o’zgartirganimda bosh sahifadagilari o’zgarmayapti. Nima sabab deb o’ylaysiz?

    Javob berish

  2. Akmaljon

    Continue reading YUTUQLARIMIZ → shuni » davomi» qilishim uchun 3 kundan beri xarakat qilyapman.O`xshamayapti.Azamat aka yordam bering.Men endi boshladim xali tushuncha ozda.Raxmat kotta

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ziyonet tarkibidagi saytlarda buning imkoni yo’q. Alohida hosting va domen oling, shunda saytingiz o’zingiz xohlaganday bo’ladi.

      Javob berish

  3. Ummu Soliha

    meni yaratgan web saytni ba’zi postlarida red more… chiqyapti ba’zilarida esa to’liq matn chiqyapti. Qanday to’g’rlasam bo’ldi panellarni englishda ishlataman

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Shablon sozlanmalarini qarab ko’ring.
      Balki to’liq matn chiqayotgan maqolalaringiz Read more uchun qisqalik qilayotgandir?

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan