Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Rasmlarsiz ishlaydigan ajoyib WordPress shablon

Rasmlarsiz ishlaydigan ajoyib WordPress shablon

Minimalizm hozir urfda. Hamma sohada minimalizm o’zining ustunligini ko’rsatayapti. WordPress shablonlarida ham bu narsa so’nggi yilda juda sezilarli darajada rivojlandi. Kamroq ranglardan foydalanish, imkon qadar elementlarni kamaytirish va bo’sh joyning ko’proq bo’lishiga ahamiyat berish minimalizmning WordPress shablonlari dizaynida ham sezilarli ta’sir ko’rsatganligini isbotlaydi.

Bir necha hafta ilgari Typology nomli ajoyib WordPress shablonga duch kelib qoldim. Bu minimal, matn asosida bezatilgan shablon o’zining chiroyliligi, ixchamligi va rasmlardan holi bo’lganligi sababli super tez yuklanishi bilan har qanday foydalanuvchining e’tiborini jalb qilishi tabiiy.

MeksHQ studiyasi tomonidan tayyorlanib, ThemeForestda sotilayotgan bu shablonning jonli ko’rinishi bilan tanishing.

Ushbu maqola yozilgan vatqga qadar Typology shabloni 74 dona sotilgan. 49 dollarga narxlangan bu shablonning nulled ko’rinishi allaqachon internetda tarqalishga ham ulguribdi.

Rasmlarning mavjud emasligi sahifaning eng sekin internet tezligida ham juda tez yuklanishiga sabab bo’ladi. Typology o’zining yengilligi va tezligi bilan boshqa shablonlardan ajralib turishi tabiiy, chunki uning yuklanishini sekinlashtiruvchi hech qanday og’ir element mavjud emas.

Saytingiz maksimal tezlikda yuklanishini va eng so’nggi dizayn namunasi asosida ishlashini istasangiz, Typology shablonidan foydalanishingizni tavsiya etaman.

Rasmlarsiz ishlaydigan ajoyib WordPress shablon” maqolasida 3 fikr

  1. KriPtoN

    Shaxsan menga bu shablon yoqdi. Sizga ham bo’lishganingiz uchun katta raxmat. Menda ham shunaqa stilda shablon yaratish fikri tug’ildi. Yana shunga o’xshash maqolalardan kutib qolamiz sizdan

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan