Bosh sahifa / Grammatik mavzular / Qisqa javoblar

Qisqa javoblar

Ingliz tilidagi umumiy so’roq gaplarga nisbatan har doim qisqa javoblar beriladi. Bu turdagi javoblar o’zbek tiliga oddiygina qilib «HA» yoki «YO’Q» deb tarjima qilinadi.

Qisqa javoblarning berilishida «YES» yoki «NO» so’zlaridan keyin vergul qo’yiladi va so’roq gapdagi ega kishilik olmoshi ko’rinishida yoziladi hamda undan keyin savol berishda ishlatilgan yordamchi fe’l yoziladi. Qisqa javoblarning yasalishiga e’tibor bering:

Does he smoke? – U chekadimi?
Yes, he does – ha
No, he doesn’t – yo’q

Qoidaga ko’ra, qaysi fe’l bilan savol berilsa, shu fe’l bilan javob qaytariladi. Quyidagi umumiy so’roq gaplarda qizil rang bilan belgilangan yordamchi fe’llar egadan oldinga o’tish orqali so’roq gap yasagan. Demak, shu yordamchi fe’llar bilan savol berilgan:

Do you play tennis? Does he go to school? Are they at home?

Ba’zi o’rganuvchilar «qaysi fe’l bilan savol berilsa, shu fe’l bilan javob qaytariladi», degan qoidani bir oz xato tushunib, «DO» bilan savol berilsa «DO» bilan, «ARE» bilan savol berilsa faqat «ARE» bilan javob qaytarilishi kerak deb hisoblaydilar. Ammo bu to’g’ri emas. Javob egadan oldinga o’tgan FE’L bilan beriladi, fe’lning ayni bir shakli bilan emas. Misol uchun, «ARE» bilan savol berilgan joylarda «AM» bilan javob berishga to’g’ri kelishi mumkin. Shunda ham bu holat qoidaga hilof bo’lmaydi. Ya’ni, TO BE fe’li bilan savol berilayapti (are) va TO BE fe’li bilan javob qaytarilayapti (am). Quyidagi savol-javobdagi savolda fe’lning bir shakli, javobida bir shakli ishlatilishiga qaramasdan, qoidaga asosan, qaysi fe’l bilan savol berilgan bo’lsa shu fe’l bilan javob berilayotganligiga e’tibor bering:

Are you a student? – Yes, I am

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*