Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib xorijga o’qish uchun ketish

Qanday qilib xorijga o’qish uchun ketish

Xorijdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’qishni xohlamaydigan abituriyent bo’lishi mumkin emas. Ishonamanki, saytimiz foydalanuvchilarining har biri ham qaysidir xorijiy o’quv yurtida o’qib kelishni qachondir orzu qilgan. Umuman, ingliz tilini ta’limiy maqsadlarda o’rganishga kirishgan har bir abituriyent ingliz tilida jonli muloqot, darslar va seminarlar o’tkaziladigan xorijiy davlatlarda oz muddatga bo’lsa ham borib, tahsil olishni xohlaydi.

Abituriyentlarning xorijiy davlatlar o’quv yurtlariga qabul qilinishining asosiy ikki yo’li bor: to’liq to’lov-kontrakt shartnomasi asosidagi o’qishga ketish va o’qish xarajatlari to’liq universitet yoki boshqa biror tashkilot tomonidan qoplanadigan imtiyozli grant dasturlari yordamida tahsil olish uchun xorijga borish.

Albatta, puldan muammo bo’lmasa, xorijning deyarli har qanday o’quv yurtiga hech qanday muammosiz o’qishga qabul qilinish mumkin. Odatda xorijiy universitet va institutlar talabalarning bir yillik o’qishlari uchun to’lovlari ichiga talabalarning yil davomida yotoqxona (campus)da yashashlari, qo’shimcha darslarga qatnashishlari (zaruriy holatlarda), kitoblardan foydalanishlari va boshqa xarajatlarni kiritgan holda ko’rsatishadi. Hozirgi narxlarda Yevropa davlatlaridagi o’rtacha nufuzga ega bo’lgan, oddiy universitetda o’qishning bir yillik narxi tahminan 60 000 – 120 000 dollar oralig’idagi summani tashkil qiladi. Avvalroq aytib o’tilganidek, bu narx talabaning bir yillik yashashi, kitoblardan foydalanishi va boshqa xarajatlarini o’z ichiga oladi.

To’liq o’zining hisobidan, pul to’lab o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun universitetlar mahsus grant dasturlar (scholarships)ni joriy qilgan bo’lishi ham mumkin. Bunda talabalar mahsus imtihondan o’tkaziladi, o’zlarining mutaxassisliklari asosida sinaladi va muvaffaqiyatli o’tgan talabalar to’lov-kontrakt summasining ma’lum bir qismini to’lamaslik (chegirma) sharti bilan o’qishga qabul qilinadi. Misol uchun, grantsiz talabalar bir yil o’qish uchun 60 ming dollar to’lashlari talab qilinsa, mahsus imtihonlardan o’tib, o’z bilimini namoyish eta olgan talabalar 45-55 ming dollar atrofidagi kamaytirilgan summani to’lash asosida universitega qabul qilinishi mumkin. Odatda bunga o’xshash chegirmalarning imtihonlari qiyin bo’lishiga qaramasdan, chegirib tashlanadigan summa ahamiyatli darajada katta bo’lmaydi. Ammo xalqaro talabalar uchun har qancha arzonlashtirilgan narx ham juda katta yordam bo’lishi mumkin.

Xorijiy universitetlarda o’qishning yana bir erishish juda qiyin bo’lgan, ammo shu bilan birga juda hayajonli imkoniyati – bu o’qish xarajatlari to’liq universitet tomonidan qoplanadigan imtiyozli grantga ega bo’lish asosida o’qishdir. Bu turdagi imkoniyatni qo’lga kiritgan talabalar universitetlarda butunlay bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Ular o’qish davrida har qanday to’lovlardan ozod etilishadi va ba’zan, talabaning vatanidan universitet joylashgan shahargacha hamda o’qish so’ngida universitet joylashgan shahardan talabaning vatanigacha bo’lgan avia bilet (uchish harajatlari) ham universitet tomonidan to’liq qoplanadi. Bunday yaxshi ta’lim imtiyoziga ega bo’lish uchun talabalarga juda katta talablar qo’yiladi. Ular bir necha bosqichli imtihonlardan o’tib, talab etilgan sohada o’zlarining ilmli ekanliklarini namoyish etishlari, ularga ajratilayotgan grant summasiga haqiqatdan ham munosib darajada bilimli ekanliklarini isbotlashlari kerak bo’ladi. Hamma xorijiy universitetlar ham bunday imkoniyatni taqdim etavermaydi. Ko’p hollarda universitetlar emas, balki xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlar xalqaro talabalar uchun shunday grant dasturlarni taklif qiladi.

Siz xorijda o’qishni xohlaysi va yuqorida aytib o’tilgan ikki usuldan biri asosida xorijga o’qish uchun ketishga ahd qildingiz. Imtiyozli grantlar va chegirmalarni qayerdan topish mumkin?

Birinchi navbatda o’zingiz o’qishni xohlagan, yoki shunchaki o’qishga qiziqayotgan universitetni tanlab oling. Buning uchun erinmasdan Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardagi nufuzli universitetlarning rasmiy saytlarini ko’rib chiqing. Universitetlar ro’yxati va har birining rasmiy saytlari haqidagi ma’lumotni mana bu yerdan olasiz:

AQShdagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

Angliyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

Avstraliyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

Malayziyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

O’zingizga ma’qul bo’gan universitetni topib olish uchun universitet rasmiy saytining «International Students» («Xalqaro talabalar»), yoki «Scholarships» («Imtiyozli grantlar») bo’limlaridagi ma’lumotlarni o’qib chiqing. Bu bo’limlarda chegirma olishni xohlovchi talabalar uchun ma’lumotlar, chegirma shartlari, to’liq imtiyozli grantlar (agar bo’lsa), o’qish uchun qancha pul to’lanishi kerakligi (aniq summalarda), to’lov o’z ichiga nimalarni olishi va hokazo foydali ma’lumotlar berilgan bo’ladi.

Misol uchun, Angliyadagi Brighton Universiteti rasmiy www.brighton.ac.uk saytiga tashrif buyuramiz. Ilk sahifadanoq, asosiy menyuda «International Students» bo’limining borligini ko’ramiz. Bu yerda universitetga turli chet davlatlardan kelib o’qishni xohlagan talabalar uchun barcha kerakli ma’lumotlar berilgan.

Xorijiy davlatlarda to’lovsiz, to’liq imtiyozli grant asosida o’qishga ketishning yana bir yaxshi usuli, shu turdagi imtiyozni beruvchi grant dasturlarni xorijiy davlatlar elchixonalari saytining xalqaro ta’limiy aloqalarga ajratilgan bo’limidan qidirishdir. Bu juda oson: o’zingiz o’qishni xohlagan davlatning O’zbekistondagi elchixonasi saytiga kirasiz va shu davlatda o’qish imkoniyatini beruvchi grant dasturlar bilan tanishib chiqasiz. Odatda elchixona saytida faqat to’liq imtiyozli grantlarga imkoniyat yaratib beruvchi dasturlar o’rin oladi. Sizning qiladigan ishingiz elchixona saytiga kirish, grant dasturlarining shartlari bilan tanishib chiqish va agar mos kelsangiz, belgilangan vaqtgacha o’zingiz tanlagan grant dasturiga barcha shartlarni qanoatlantirgan holda xujjatlarni topshirish bo’ladi. Xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchixonalari saytlarini Google saytida «XXX embassy in Tashket» deb qidirish orqali topishingiz mumkin. «XXX» o’rnida istalgan xorijiy davlat nomini yozing. Masalan, «Australia embassy in Tashkent».

Toshkentdagi AQSh va Angliya elchixonlarining rasmiy saytlari:

AQSh elchixonasi sayti: uzbekistan.usembassy.gov

Angliya elchixonasi sayti: www.gov.uk/government/world/organisations/british-embassy-tashkent

O’zingizga ma’qul bo’lgan grant dasturini tanlang va uning shartlarini qanoatlantirish hamda xorijda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun imkoningiz boricha harakat qiling. O’zingiz istagan xorijiy o’quv yurtida tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lishingizga tilakdoshman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

79 ta fikr

  1. Salom men oxford unversitetida o’qmoqchiman
    Biznes yonalishida oxfordga kirish uchun nechi ball kere boladi IELST dan va oqish narxlari xaqida malumot bersez malumot uchun oldindan raxmat.

  2. Salom man amerikaga oqishiga ketmoqciman qanca pul ketadi ketish ucun

  3. Assalomu aleyküm men koreyage okishga kirmikchiman qanday kılıbık okishga kırsam boyadı iltimas yollarını orgatsangiz

  4. salom men dubai da med institutda oqimoqchiman iltimos yol yoriq korsatsangiz

  5. salom,qaysi universitetlarda qabul avgust oyida va online tuldirish mumkin? rahmat Ibrohim.

  6. XORIJGA CHIQISH UCHUN KERAG BO’LADIGAN XUJATLAR, VA OVIR XUJATI GA QANAQA MALUMOT,XUJATLAR KERK BO’LADI,XAMMASINI YOZIB YUBORING,ILTIMOS

  7. salom. Men amerikaga oqiwga bormoqchiman qanday qilib boriwim mumkin yol yoriq korsatsayiz iltimos Azizbek

  8. Men kareyada oqimoqchiman nima qilish kerak iltimos yozib yuboring

  9. Barcha chet elda o’qishni istovchilar diqqatiga. Avvalambor bir sohani kankret tanlang . o’sha sohaga aloqador barcha narsani o’rganishga harakat qiling . Masalan siz biznes sohasida o’qimoqchisiz . Matematika,informatika va hisob kitob hamda iqtisodiyotga oid barcha narsani o’rganing.Bu bilan bir paytda ingliz tilini ham mukammal o’rganing. O’ta mukammal o’rganing agar qo’lingizdan kelsa. iSHONCHINGIZ KOMIL BO’LGANDA ielts imtihonini topshiring , Agar ingliz tilini yaxshi bilsangizu , sohaga aloqador faNLARNI yaxshi bilmasangiz Chet eldan to’liq grantga ega o’qishni topa olmaysiz.Siz chet elda bepul o’qishga kirmoqchimisiz , demak shunday darajada o’zingizni tayyorlangki sizdan zo’ri bo’lmasin.Ana shunda barcha 50.000 , 60.000 dollar pul to’lab o’qiydigan o’qishga siz bepul kirishingiz mumkin. Buning uchun esa jinnilikni o’chirib , hayolni joyiga qo’yib tunlari uyqudan 3 – 4 soat voz kechib , o’qib tayyorgarlik ko’rsangiz , bu mevasini bermay qolmaydi albatta.Shaxsan men 1994 yilda tug’ilganman . O’rtoqlarim allaqachon uylanib , 1 – 2 tadan bolali ham bolib ketishdi. Lekin Aqshda o’qishdan umidimni uzganim yoq , qo’limdan kelgancha tayyorgarlik ko’rvomman. Shu va shunga o’xshash fikrlarni o’rtoqlashish uchun . +998919222779 raqamim doim faol. Men ham sizga o’xshagan oddiy insonman. va men ham o’z oldimga yirik maqsadlar qo’yganaman

  10. Chet elda o’qishga kirish uchun internetdan yoki tanishlaringizdan o’zingiz ma’lumot topishingiz mumkin. Shu bilan birga O’zbekistondagi bir necha konsultativ markazlar yordamida ham ketsa bo’ladi. Chet elda o’qish bo’yicha konsultativ markazlarning bir necha yillik malakasi bor. Mening ukam shu konsultativ markazlar yordamida o’qishga ketdi. Toshkent shahrida joylashgan Education Standart firmasi yordamida hozir AQShda o’qimoqda. Telefon nomeri 268-75-44 yoki 268-72-70. Hammaga maslahat beraman.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*