Bosh sahifa / Qanday qilib / Qanday qilib xorijga o’qish uchun ketish

Qanday qilib xorijga o’qish uchun ketish

Xorijdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’qishni xohlamaydigan abituriyent bo’lishi mumkin emas. Ishonamanki, saytimiz foydalanuvchilarining har biri ham qaysidir xorijiy o’quv yurtida o’qib kelishni qachondir orzu qilgan. Umuman, ingliz tilini ta’limiy maqsadlarda o’rganishga kirishgan har bir abituriyent ingliz tilida jonli muloqot, darslar va seminarlar o’tkaziladigan xorijiy davlatlarda oz muddatga bo’lsa ham borib, tahsil olishni xohlaydi.

Abituriyentlarning xorijiy davlatlar o’quv yurtlariga qabul qilinishining asosiy ikki yo’li bor: to’liq to’lov-kontrakt shartnomasi asosidagi o’qishga ketish va o’qish xarajatlari to’liq universitet yoki boshqa biror tashkilot tomonidan qoplanadigan imtiyozli grant dasturlari yordamida tahsil olish uchun xorijga borish.

Albatta, puldan muammo bo’lmasa, xorijning deyarli har qanday o’quv yurtiga hech qanday muammosiz o’qishga qabul qilinish mumkin. Odatda xorijiy universitet va institutlar talabalarning bir yillik o’qishlari uchun to’lovlari ichiga talabalarning yil davomida yotoqxona (campus)da yashashlari, qo’shimcha darslarga qatnashishlari (zaruriy holatlarda), kitoblardan foydalanishlari va boshqa xarajatlarni kiritgan holda ko’rsatishadi. Hozirgi narxlarda Yevropa davlatlaridagi o’rtacha nufuzga ega bo’lgan, oddiy universitetda o’qishning bir yillik narxi tahminan 60 000 – 120 000 dollar oralig’idagi summani tashkil qiladi. Avvalroq aytib o’tilganidek, bu narx talabaning bir yillik yashashi, kitoblardan foydalanishi va boshqa xarajatlarini o’z ichiga oladi.

To’liq o’zining hisobidan, pul to’lab o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun universitetlar mahsus grant dasturlar (scholarships)ni joriy qilgan bo’lishi ham mumkin. Bunda talabalar mahsus imtihondan o’tkaziladi, o’zlarining mutaxassisliklari asosida sinaladi va muvaffaqiyatli o’tgan talabalar to’lov-kontrakt summasining ma’lum bir qismini to’lamaslik (chegirma) sharti bilan o’qishga qabul qilinadi. Misol uchun, grantsiz talabalar bir yil o’qish uchun 60 ming dollar to’lashlari talab qilinsa, mahsus imtihonlardan o’tib, o’z bilimini namoyish eta olgan talabalar 45-55 ming dollar atrofidagi kamaytirilgan summani to’lash asosida universitega qabul qilinishi mumkin. Odatda bunga o’xshash chegirmalarning imtihonlari qiyin bo’lishiga qaramasdan, chegirib tashlanadigan summa ahamiyatli darajada katta bo’lmaydi. Ammo xalqaro talabalar uchun har qancha arzonlashtirilgan narx ham juda katta yordam bo’lishi mumkin.

Xorijiy universitetlarda o’qishning yana bir erishish juda qiyin bo’lgan, ammo shu bilan birga juda hayajonli imkoniyati – bu o’qish xarajatlari to’liq universitet tomonidan qoplanadigan imtiyozli grantga ega bo’lish asosida o’qishdir. Bu turdagi imkoniyatni qo’lga kiritgan talabalar universitetlarda butunlay bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Ular o’qish davrida har qanday to’lovlardan ozod etilishadi va ba’zan, talabaning vatanidan universitet joylashgan shahargacha hamda o’qish so’ngida universitet joylashgan shahardan talabaning vatanigacha bo’lgan avia bilet (uchish harajatlari) ham universitet tomonidan to’liq qoplanadi. Bunday yaxshi ta’lim imtiyoziga ega bo’lish uchun talabalarga juda katta talablar qo’yiladi. Ular bir necha bosqichli imtihonlardan o’tib, talab etilgan sohada o’zlarining ilmli ekanliklarini namoyish etishlari, ularga ajratilayotgan grant summasiga haqiqatdan ham munosib darajada bilimli ekanliklarini isbotlashlari kerak bo’ladi. Hamma xorijiy universitetlar ham bunday imkoniyatni taqdim etavermaydi. Ko’p hollarda universitetlar emas, balki xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlar xalqaro talabalar uchun shunday grant dasturlarni taklif qiladi.

Siz xorijda o’qishni xohlaysi va yuqorida aytib o’tilgan ikki usuldan biri asosida xorijga o’qish uchun ketishga ahd qildingiz. Imtiyozli grantlar va chegirmalarni qayerdan topish mumkin?

Birinchi navbatda o’zingiz o’qishni xohlagan, yoki shunchaki o’qishga qiziqayotgan universitetni tanlab oling. Buning uchun erinmasdan Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardagi nufuzli universitetlarning rasmiy saytlarini ko’rib chiqing. Universitetlar ro’yxati va har birining rasmiy saytlari haqidagi ma’lumotni mana bu yerdan olasiz:

AQShdagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

Angliyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

Avstraliyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

Malayziyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti

O’zingizga ma’qul bo’gan universitetni topib olish uchun universitet rasmiy saytining «International Students» («Xalqaro talabalar»), yoki «Scholarships» («Imtiyozli grantlar») bo’limlaridagi ma’lumotlarni o’qib chiqing. Bu bo’limlarda chegirma olishni xohlovchi talabalar uchun ma’lumotlar, chegirma shartlari, to’liq imtiyozli grantlar (agar bo’lsa), o’qish uchun qancha pul to’lanishi kerakligi (aniq summalarda), to’lov o’z ichiga nimalarni olishi va hokazo foydali ma’lumotlar berilgan bo’ladi.

Misol uchun, Angliyadagi Brighton Universiteti rasmiy www.brighton.ac.uk saytiga tashrif buyuramiz. Ilk sahifadanoq, asosiy menyuda «International Students» bo’limining borligini ko’ramiz. Bu yerda universitetga turli chet davlatlardan kelib o’qishni xohlagan talabalar uchun barcha kerakli ma’lumotlar berilgan.

Xorijiy davlatlarda to’lovsiz, to’liq imtiyozli grant asosida o’qishga ketishning yana bir yaxshi usuli, shu turdagi imtiyozni beruvchi grant dasturlarni xorijiy davlatlar elchixonalari saytining xalqaro ta’limiy aloqalarga ajratilgan bo’limidan qidirishdir. Bu juda oson: o’zingiz o’qishni xohlagan davlatning O’zbekistondagi elchixonasi saytiga kirasiz va shu davlatda o’qish imkoniyatini beruvchi grant dasturlar bilan tanishib chiqasiz. Odatda elchixona saytida faqat to’liq imtiyozli grantlarga imkoniyat yaratib beruvchi dasturlar o’rin oladi. Sizning qiladigan ishingiz elchixona saytiga kirish, grant dasturlarining shartlari bilan tanishib chiqish va agar mos kelsangiz, belgilangan vaqtgacha o’zingiz tanlagan grant dasturiga barcha shartlarni qanoatlantirgan holda xujjatlarni topshirish bo’ladi. Xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchixonalari saytlarini Google saytida «XXX embassy in Tashket» deb qidirish orqali topishingiz mumkin. «XXX» o’rnida istalgan xorijiy davlat nomini yozing. Masalan, «Australia embassy in Tashkent».

Toshkentdagi AQSh va Angliya elchixonlarining rasmiy saytlari:

AQSh elchixonasi sayti: uzbekistan.usembassy.gov

Angliya elchixonasi sayti: www.gov.uk/government/world/organisations/british-embassy-tashkent

O’zingizga ma’qul bo’lgan grant dasturini tanlang va uning shartlarini qanoatlantirish hamda xorijda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun imkoningiz boricha harakat qiling. O’zingiz istagan xorijiy o’quv yurtida tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lishingizga tilakdoshman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

67 ta fikr

  1. Thank you very very much for article

  2. Hozir biz yowmiz qandey kitob uqiseli esimizda qoladi lekin hammada ham emas wuning uchun hotirada saqlaw mashqlar kitobi kerak iloji busa yoki maslahat

  3. Sayt Juda yaxshi men ham bir vaqtlar orzu qilganman hozir bilim saviyam ancha insonlarga bilim yullarini ochiladiku charchamng

  4. Azamat, g’ayratingizga balli, umuman qani edi o’zbegimni 90% bolalari sizga o’xshagan bo’lsa…, saytingiz ajoyib va yangi avlod tafakkurini shakllantirish uchun juda ham muhim sayt, siz bugunning Behbudiy, Avloniy va kerak bo’lsa Bobur mirzosisiz. Aynan siz va sizga o’xshagan insonlarning mehnati va qahramonligi bugungi avlod yoshlariga real, global intellektual salohiyatni bera oladi va ularning bugungi dunyo bilan teng bo’lib shakllanishiga yordam bera oladi!!! Sizning qilayotgan ishingiz tahsinga sazovor. Hech qachon to’xtamang, albatta bir kun kelib mehnatingiz munosib baholanadi.
    Bilasizmi, shu o’rinda saytingizning o’ta katta ta’sir kuchiga ega bo’lishi mumkinligini hisobga olib, ba’zi o’z fikrlarimni ham aytsam; Imkon qadar ko’pgina maslahat, tavsiya yoki taklif shaklida yoziladigan sahifalaringizga, yoki maqolalaringizga bu o’zingizning shaxsiy fikringiz, yoki, siz shunday deb o’ylashingiz mumkinligini ta’kidlab o’tsangiz, sababi, aynan siz aytgan fikr uni o’qib o’rgangan yosh insonning fikr asosiga aylanib qolmasin, yani uning individual dunyoqarashini buzmasin, sababi, ko’pchilik fikriy yoki manaviy bo’shliq bilan uni to’ldirish uchun sizning saytingizga kelib qolishi mumkin. Masalan, sizning «yugurish uchun eng yaxshi qo’shiqlar» mazmunidagi maqolangiz bor, ammo, aynan shu qo’shiqlar kimningdir asl mohiyatiga zid, ammo, aynan sizning, o’sha odam sizga havas qiladigan jihatlar ta’sirida u ushbu qo’shiqlardan foydalana boshlashi mumkin va umumiy instinkt tufayli u ushbu qo’shiqlarni qayta eshitaverib yoqtirib qolishi yoki o’rganib qolishi mumkin, bu esa qisman shaxsning individual shakllanishiga manfiy ta’sir qilishi mumkin. Sizni men tanimayman ammo, ikki uch marta youtubeda videolaringizni ko’rganman, ammo, sizday kengfikr inson bilan tanishishdan boshim osmonga etardi. Elektron manzilimni bilasiz, agar imkon va lozim topsangiz emailimga yozing.
    Yana bir marta tasanno.

  5. Maning orzum Angliyada o’qish albatta lekin Boru arzon narxdagi o’quv yurtlar yo’qtimi?

  6. Azamat aka, qanday qilib bir yillik o’qish 60000-120000 dollor ketishi mumkun? Shunga tushunmadim. Masalan Avstraliyada 1 semestr o’qish 10000 dollor ekan. 1 yil(2 semestr)ga o’qishni o’zi uchun 20000 dollor ketsa, nahot 40000 dollor boshqa harajatlarga ketadi?

  7. ielts ham jo`natadimi

  8. Assalomu alaykum Azamat aka sizga bir qancha savollarim bor edi. Men Londonda o’qishni juda orzu qilaman.Lekin u yerdagi universitetlar juda ham qimmat ekan, ayting-chi, Londonda ham o’qib ham ishlashning imkoni bormi? Aytishlaricha, xorijdan kelgan talabalar 20soatda ko’p ishlashi mumkin emas ekan. O’zbekistonda Londonda o’qish uchun birorta grand yo’lga qo’yilganmi? Agar qo’yilgan bo’lsa grandni qanday yutib olish mumkin, buning uchun mendan nimalar talab qilinadi? qaysi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishim kerak?

    • Ishlash masalasi Siz xujjat topshirgan, o’qish uchun borishingizda yordam beruvchi tashkilot qoidalariga bog’liq.
      Londonga borib o’qishga oid barcha savollaringiz bilan Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qiling.
      Elchixona telefoni: +998711201500 Email: ukin.uzbekistan@fco.gov.uk Manzil: Toshkent, Gulyamov ko’chasi 67-uy.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*