Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib WhatsAppni kompyuterga o’rnatish

Qanday qilib WhatsAppni kompyuterga o’rnatish

WhatsApp – bugungi kunda tez ommalashib borayotgan muloqot vositasi. Undan dunyodagi milliardlab aholi foydalanadi. WhatsApp orqali do’stlaringiz bilan chatda yozishishingiz, ovozli xabar yuborishingiz, rasm, video va boshqa turdagi fayllarni almashishingiz mumkin. Oddiy muloqotdan ham ko’proq imkoniyatlarga ega bo’lgan WhatsApp dasturini istalgan saytdan yuklab olib, Android yoki iOS operatsion tizimi asosida ishlaydigan istalgan turdagi mobil aloqa vositasiga o’rnatishingiz mumkin.

WhatsApp dasturining imkoniyat va yutuqlaridan tashqari dasturning birdan-bir kamchiligi uning Adroid va iOS tizimlarida ishlamaydigan Java telefonlarda o’rnatilmasligidir. Xabaringiz borki, Android va iOS tizimida ishlaydigan iPhone kabi telefon qurilmalari ancha qimmat turadi. Java tizimiga asoslangan oddiy telefonlar esa arzonligi sababli ko’p sonli foydalanuvchilariga ega. WhatsApp dasturining faqat Android va iOS asosida ishlashi, Java tizimli telefonlarda o’rnatilmasligi oddiy telefon ishlatuvchi ko’plab kishilarni WhatsAppdan foydalanish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Hozirgi vaqtda WhatsApp dasturini kompyuterga o’rnatish va undan internetga ulangan kompyuterda foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun Sizda kompyuter, internet va Android muhitini yaratib beruvchi BlueStacks App Player dasturi bo’lishi kerak. Bu dasturni quyidagi tugmani bosish orqali yuklab olishingiz mumkin:

BlueStacks dasturini yuklab olish

Dasturni to’liq yuklab olganingizdan so’ng uni o’rnating. Dasturni o’rnatish jarayoni avtomatik ravishda BlueStacks severidan qo’shimcha yuklamalar qabul qilishni o’z ichiga oladi. Shunday ekan, internetingiz qanchalik tez ishlasa, dastur ham shunchalik tez qo’shimcha komponentlarni yuklab oladi va o’rnatadi.

Dastur qo’shimchalarini yuklab olib, o’rnatish davomida xatolik xabari “OK” tugmasi bilan chiqib qolishi mumkin. Bu xatolik xabari Sizning kompyuteringizda video karta drayverining eskirganligidan dalolat beradi. BlueStacks dasturini o’rnatish uchun video kartangiz drayveri eng so’nggi versiyada bo’lishi kerak. Agar drayverni yangilash zarurati tug’ilsa eng so’nggi rusumdagi drayverlarni video kartangiz ishlab chiqaruvchisi saytidan (masalan www.nvidia.com) yuklab olishingiz mumkin. TAS-IX tarmog’ida esa ba’zi video karta drayverlarini www.megasoft.uz yoki www.tas-ix.net saytlari orqali bepul yuklab olishingiz mumkin.

Dasturni to’liq o’rnatib bo’lganingizdan so’ng BlueStacks App Player dastur yorlig’i ish stolida payda bo’ladi. Dasturni ishga tushirganingizdan so’ng ko’rinishi odatiy planshetlarni eslatuvchi oyna ochiladi. Bu oynaning eng yuqori qismidan so’roq belgisining rasmi bor “HELP” (ya’ni, “yordam”) bandini tanlang. Shunda dastur brauzeri avtomatik tarzda yordam sahifasini ochishni boshlaydi. Shu zahoti X (to’xtatish, stop) tugmasini bosib, sahifaning yuklanishini to’xtating. So’ng brauzerda manzil yozish joyiga play.google.com deb yozing va Enter tugmasini bosing. AppPlayer brauzeri orqali Google Play saytiga kirganingizdan so’ng o’zingizga tegishli bo’lgan Google Account (Google pochtasi yoki Googledan foydalanish uchun ishlatadigan pochtangiz) login/parolini kiritish orqali saytga kirishingiz kerak. Shundan so’ng Google Play sayti qidiruv bo’limiga “WhatsApp” deb yozing va qidiring. Natijalar ichidan WhatsApp Messenger dasturini oching va INSTALL (o’rnatish) bandini tanlang. Shundan so’ng bir oz kutishingizga to’g’ri keladi, dastur to’liq yuklangandan so’ng, Siz yuklab olgan .apk kengaytmali dastur o’rnatiladi.

WhatsApp dasturini BluesStacks App Player brauzeri orqali yuklab olib, o’rnatganingizdan keyin uning yorlig’i App Player oynasining yuqori qismida, “HELP” tugmasi qatorida paydo bo’ladi. Dasturni App Player doirasiga ishga tushirib, telefon raqamingiz va parolingizni kiritish orqali WhatsAppdan foydalanishni boshlashingiz mumkin! Agar Siz WhatsAppdan birinchi marta foydalanayotgan bo’lsangiz, tizimga kirish oynasining o’zida ro’yxatdan o’tishingiz va WhatsApp imkoniyatlaridan foydalanishni boshlashingiz mumkin!

Yuqorida o’rnatilishi tushuntirilgan BlueStacks App Player dasturi kompyuteringizda Android operatsion tizimi muhitini yaratadi. Bu dastur asosida Android telefonlarga o’rnatilishi mumkin bo’lgan har qanday dasturdan kompyuteringizda foydalanishingiz mumkin! Telefonda o’ynashni yoqtirgan Angry Birds, Subway Surfers, Talking Tom kabi o’yinchoqlaringizni ham BlueStacks App Player doirasida o’rnatishingiz va ishga tushirishingiz mumkin!

O’rnatilish va foydalanish yuzasidan har qanday savollaringizga javob berishga tayyorman! O’zim hozirgi vaqtda WhatsApp dasturidan o’z kompyuterimda foydalanayapman. Tajribam ancha oshib qoldi 🙂

Qanday qilib WhatsAppni kompyuterga o’rnatish” maqolasida 179 fikr

    1. Azamat Xodjakov

      Video kartani emas, video karta drayverini deb yozganman. Qanday video karta bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar sizda eng so’nggi video drayverlar o’rnatilgan bo’lishi kerak.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Zarari yo’q, o’rnatish vaqtida alohida 8 GB joy band qilinadi va dastur internetga ulanganda shu 8 giga joydan boshqa hech qayerga ruxsat berilmaydi. Hovotirlarsiz o’rnatavering!

      Javob berish

  1. kdsEDmoNDkds

    BlueStacks_HD_AppPlayerPro_setup_REL! menda shu prog borakan bulaveradimi shuyam yo siz bergan ssilkani ska4at qilishim keremi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Sizdagi bu programma ham bo’ladi, ammo men shaxsan buni tekshirib ko’rmaganman. Yuqoridagi ko’rsatma bo’yicha WhatsAppni unda o’rnatib, keyin qanday natija olganligingizni yozib qo’ying. Bu hammamiy uchun yaxshi ma’lumot bo’ladi.

      Javob berish

  2. kdsEDmoNDkds

    googledan tortmasdan o’zimizni saytlaga chiqayotgan androidga tuwadigan whatsappni tortsak bo’lmaydimi? googledan tortish shartmi men registratsiya bo’lmaganman shart bo’lsa azoo bolaman!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Menda boshqa Android uchun WhatsApp o’rnatadigan .apk fayl bor edi, uni o’rnatishga harakat qilganimda “Certificate Error” chiqib qoldi. Shuning uchun Google Play orqali tortmaslikning imkoni yo’q. Gap shundaki, WhatsApp Google Play orqali o’rnatilganda qurilmangiz uchun maxsus sertifikat bilan o’rnatiladi. Boshqa qurilmalar sertifikati kompyuteringizdagi App Playerga tushmaydi.
      Google Accountsga a’zo bo’ling va Google Play sayti orqali WhatsAppni o’rnating.

      Javob berish

  3. kdsEDmoNDkds

    siz bergan ssilkadagi Bluestacks dasturini uzsatovka qilaman desam shunday yozuv 4iqyabti
    This aplication requires at least 2 GB of physical memory! degan narsa 4iqyapti OK bossam ustanovqadan 4iqib ketyapti

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ma’nosi: “Bu dasturni o’rnatish uchun vintingizda kamida 2 GB bo’sh joy bo’lishi kerak”. Ba’zi keraksiz fayllaringizni o’chirib, C diskingizni tozalang va keyin o’rnatishni qayta amalga oshiring.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Kutish kerak! Yuklab bo’libdi deyarli, endi o’rnatayotgan bo’lishi mumkin. Qancha kerak bo’lsa kuting. Qanchalik tez hal bo’lishi kompyuteringizning tez ishlashiga bog’liq.

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Men VIP tarifdaman, shuning uchun o’rnatilayotganida qancha MB ketishini hisoblamabman. WhatsAppni o’zi tahminan 8-10 MB, ammo BlueStacks o’rnatilayotganda ham ancha narsani internetda oladi. Aynan necha MB yuklanishini bilmayman.

      Javob berish

  4. kdsEDmoNDkds

    windtim 500Gb bow joy 30gb bor lekin u progi ustanovqa qilaolmadim ammo o’zimdagi progni ustanovka qildim va siz aytgandek googlega a’zo bo’ldim keyin ska4at qildim! menimcha 200 mb dan owiro ketti
    chunki men goooglega a’zo bo’lishimxam ancha mb olsa kere! lekin men iwladtim ishladi! bunign uchun sizga raxmat!

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan