Qanday qilib WhatsAppni kompyuterga o’rnatish

WhatsApp – bugungi kunda tez ommalashib borayotgan muloqot vositasi. Undan dunyodagi milliardlab aholi foydalanadi. WhatsApp orqali do’stlaringiz bilan chatda yozishishingiz, ovozli xabar yuborishingiz, rasm, video va boshqa turdagi fayllarni almashishingiz mumkin. Oddiy muloqotdan ham ko’proq imkoniyatlarga ega bo’lgan WhatsApp dasturini istalgan saytdan yuklab olib, Android yoki iOS operatsion tizimi asosida ishlaydigan istalgan turdagi mobil aloqa vositasiga o’rnatishingiz mumkin.
WhatsApp dasturining imkoniyat va yutuqlaridan tashqari dasturning birdan-bir kamchiligi uning Adroid va iOS tizimlarida ishlamaydigan Java telefonlarda o’rnatilmasligidir. Xabaringiz borki, Android va iOS tizimida ishlaydigan iPhone kabi telefon qurilmalari ancha qimmat turadi. Java tizimiga asoslangan oddiy telefonlar esa arzonligi sababli ko’p sonli foydalanuvchilariga ega. WhatsApp dasturining faqat Android va iOS asosida ishlashi, Java tizimli telefonlarda o’rnatilmasligi oddiy telefon ishlatuvchi ko’plab kishilarni WhatsAppdan foydalanish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Hozirgi vaqtda WhatsApp dasturini kompyuterga o’rnatish va undan internetga ulangan kompyuterda foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun Sizda kompyuter, internet va Android muhitini yaratib beruvchi BlueStacks App Player dasturi bo’lishi kerak. Bu dasturni quyidagi tugmani bosish orqali yuklab olishingiz mumkin:
BlueStacks dasturini yuklab olish
Dasturni to’liq yuklab olganingizdan so’ng uni o’rnating. Dasturni o’rnatish jarayoni avtomatik ravishda BlueStacks severidan qo’shimcha yuklamalar qabul qilishni o’z ichiga oladi. Shunday ekan, internetingiz qanchalik tez ishlasa, dastur ham shunchalik tez qo’shimcha komponentlarni yuklab oladi va o’rnatadi.
Dastur qo’shimchalarini yuklab olib, o’rnatish davomida xatolik xabari “OK” tugmasi bilan chiqib qolishi mumkin. Bu xatolik xabari Sizning kompyuteringizda video karta drayverining eskirganligidan dalolat beradi. BlueStacks dasturini o’rnatish uchun video kartangiz drayveri eng so’nggi versiyada bo’lishi kerak. Agar drayverni yangilash zarurati tug’ilsa eng so’nggi rusumdagi drayverlarni video kartangiz ishlab chiqaruvchisi saytidan (masalan www.nvidia.com) yuklab olishingiz mumkin. TAS-IX tarmog’ida esa ba’zi video karta drayverlarini www.megasoft.uz yoki www.tas-ix.net saytlari orqali bepul yuklab olishingiz mumkin.
Dasturni to’liq o’rnatib bo’lganingizdan so’ng BlueStacks App Player dastur yorlig’i ish stolida payda bo’ladi. Dasturni ishga tushirganingizdan so’ng ko’rinishi odatiy planshetlarni eslatuvchi oyna ochiladi. Bu oynaning eng yuqori qismidan so’roq belgisining rasmi bor “HELP” (ya’ni, “yordam”) bandini tanlang. Shunda dastur brauzeri avtomatik tarzda yordam sahifasini ochishni boshlaydi. Shu zahoti X (to’xtatish, stop) tugmasini bosib, sahifaning yuklanishini to’xtating. So’ng brauzerda manzil yozish joyiga play.google.com deb yozing va Enter tugmasini bosing. AppPlayer brauzeri orqali Google Play saytiga kirganingizdan so’ng o’zingizga tegishli bo’lgan Google Account (Google pochtasi yoki Googledan foydalanish uchun ishlatadigan pochtangiz) login/parolini kiritish orqali saytga kirishingiz kerak. Shundan so’ng Google Play sayti qidiruv bo’limiga “WhatsApp” deb yozing va qidiring. Natijalar ichidan WhatsApp Messenger dasturini oching va INSTALL (o’rnatish) bandini tanlang. Shundan so’ng bir oz kutishingizga to’g’ri keladi, dastur to’liq yuklangandan so’ng, Siz yuklab olgan .apk kengaytmali dastur o’rnatiladi.
WhatsApp dasturini BluesStacks App Player brauzeri orqali yuklab olib, o’rnatganingizdan keyin uning yorlig’i App Player oynasining yuqori qismida, “HELP” tugmasi qatorida paydo bo’ladi. Dasturni App Player doirasiga ishga tushirib, telefon raqamingiz va parolingizni kiritish orqali WhatsAppdan foydalanishni boshlashingiz mumkin! Agar Siz WhatsAppdan birinchi marta foydalanayotgan bo’lsangiz, tizimga kirish oynasining o’zida ro’yxatdan o’tishingiz va WhatsApp imkoniyatlaridan foydalanishni boshlashingiz mumkin!
Yuqorida o’rnatilishi tushuntirilgan BlueStacks App Player dasturi kompyuteringizda Android operatsion tizimi muhitini yaratadi. Bu dastur asosida Android telefonlarga o’rnatilishi mumkin bo’lgan har qanday dasturdan kompyuteringizda foydalanishingiz mumkin! Telefonda o’ynashni yoqtirgan Angry Birds, Subway Surfers, Talking Tom kabi o’yinchoqlaringizni ham BlueStacks App Player doirasida o’rnatishingiz va ishga tushirishingiz mumkin!
O’rnatilish va foydalanish yuzasidan har qanday savollaringizga javob berishga tayyorman! O’zim hozirgi vaqtda WhatsApp dasturidan o’z kompyuterimda foydalanayapman. Tajribam ancha oshib qoldi 🙂
aSSOLOMU aLAYKUM!! VIDEO KARTAN YANGILASH KERE DVOSIZ U NOBODO PROGRAMMA QILISH KERE DIGANIMASMI
Video kartani emas, video karta drayverini deb yozganman. Qanday video karta bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar sizda eng so’nggi video drayverlar o’rnatilgan bo’lishi kerak.
uni xech qanday zarar yogmi kompyuter ichidagi xich narsa ochmaydimi ? Uzur Unday yaxwi bilmaymizda
Zarari yo’q, o’rnatish vaqtida alohida 8 GB joy band qilinadi va dastur internetga ulanganda shu 8 giga joydan boshqa hech qayerga ruxsat berilmaydi. Hovotirlarsiz o’rnatavering!
O’rnatib ko’ramiz, qiziq dasturga o’xshaydi!
BlueStacks_HD_AppPlayerPro_setup_REL! menda shu prog borakan bulaveradimi shuyam yo siz bergan ssilkani ska4at qilishim keremi?
Sizdagi bu programma ham bo’ladi, ammo men shaxsan buni tekshirib ko’rmaganman. Yuqoridagi ko’rsatma bo’yicha WhatsAppni unda o’rnatib, keyin qanday natija olganligingizni yozib qo’ying. Bu hammamiy uchun yaxshi ma’lumot bo’ladi.
googledan tortmasdan o’zimizni saytlaga chiqayotgan androidga tuwadigan whatsappni tortsak bo’lmaydimi? googledan tortish shartmi men registratsiya bo’lmaganman shart bo’lsa azoo bolaman!
Menda boshqa Android uchun WhatsApp o’rnatadigan .apk fayl bor edi, uni o’rnatishga harakat qilganimda “Certificate Error” chiqib qoldi. Shuning uchun Google Play orqali tortmaslikning imkoni yo’q. Gap shundaki, WhatsApp Google Play orqali o’rnatilganda qurilmangiz uchun maxsus sertifikat bilan o’rnatiladi. Boshqa qurilmalar sertifikati kompyuteringizdagi App Playerga tushmaydi.
Google Accountsga a’zo bo’ling va Google Play sayti orqali WhatsAppni o’rnating.
siz bergan ssilkadagi Bluestacks dasturini uzsatovka qilaman desam shunday yozuv 4iqyabti
This aplication requires at least 2 GB of physical memory! degan narsa 4iqyapti OK bossam ustanovqadan 4iqib ketyapti
Ma’nosi: “Bu dasturni o’rnatish uchun vintingizda kamida 2 GB bo’sh joy bo’lishi kerak”. Ba’zi keraksiz fayllaringizni o’chirib, C diskingizni tozalang va keyin o’rnatishni qayta amalga oshiring.
http://img.uz/d/2014/03/532bd3629df67.jpg – menda anchadan beri shunaqa bo’lib turibdi, kutish kerakmi yana?
Kutish kerak! Yuklab bo’libdi deyarli, endi o’rnatayotgan bo’lishi mumkin. Qancha kerak bo’lsa kuting. Qanchalik tez hal bo’lishi kompyuteringizning tez ishlashiga bog’liq.
men ustanovka qildim va whatsappnixam o’rnatdimm o’xshadi raxmat! jujda zo’r ekan!
O’rnatgan bo’lsangiz necha MB olganini yozib qo’ying, boshqalarga foydali bo’lishi mumkin.
Azamat aka bu ishqilib limitlarimi suvdek ichmedimi kamro pul oladimi ishqilib?
Men VIP tarifdaman, shuning uchun o’rnatilayotganida qancha MB ketishini hisoblamabman. WhatsAppni o’zi tahminan 8-10 MB, ammo BlueStacks o’rnatilayotganda ham ancha narsani internetda oladi. Aynan necha MB yuklanishini bilmayman.
windtim 500Gb bow joy 30gb bor lekin u progi ustanovqa qilaolmadim ammo o’zimdagi progni ustanovka qildim va siz aytgandek googlega a’zo bo’ldim keyin ska4at qildim! menimcha 200 mb dan owiro ketti
chunki men goooglega a’zo bo’lishimxam ancha mb olsa kere! lekin men iwladtim ishladi! bunign uchun sizga raxmat!
omale whatsappni o’rnatganimdan keyin torrent tezligim tushib ketti tezlikka aloqasi yo’mi?
tezligim yana ko’tarildi! tezlikka daxli yo’ shekili PIRLA tezlik bermayotudikan!
Man urnatdim 2 marta bir xil narsa bulyapti, xar gal 200 mb yaqin narsa yukladi i ustanaovka qildim lekin BlueStacks yarlikiga bosam ochmayapti xe4 qanday oshibka xam yo’q ! iltimos yordam bervorin oldindan rahmat
Antivirus dasturingiz BlueStacksni to’smayotganiga ishonch hosil qiling. Agar Sizda Windows 8 o’rnatilgan bo’lsa, bu OSda ishlashini tekshirib ko’rganim yo’q. Menda Windows 7, 2 GB operatsion xotira, 512 video karta – shular bilan yaxshi ishlayapti.
watsapni qanday o’rnatamiz va qayerdan olamiz
kampuyterda kantak yo’qku
Kontaktlar Sizning Google Accounts kontaktlariga qo’shiladi, kerakli inson tel raqamini u yerda yozasiz va o’sha kishi ro’yxatingizga qo’shiladi.
Yuqoridagilarni diqqat bilan o’qing, BlueStacks o’rnatilgandan so’ng WhatsAppni qanday o’rnatishni tushuntirganman 🙂
rahmat sizga
+998936337700 whatsapp ga qushib quyinglar 🙂
Raxmat Azamat aka. Charchamang.
Azamat aka NVIDA ni ustanovka qimayapti 100% to`lgandan keyin otrabotka qilyaptida owibka diyapti ?
Chiqayotgan oshibka kodini va yozuvini Google orqali qidirib ko’ring. Bunday xatolik boshqalarda ham bo’lgan bo’lishi mumkin, forumlarda yechimini topishingiz mumkin.
Man urnatdim Gapyo zur ekan!!!!
men kompimdan pulli saytlarga kirsam (masalan:Odnoklassniki,Mail.ru)kompim qotib qoladi shu bilan ishlamaydi maslahat bering nima qilay menam Termizdanman
Kompyuteringizning ishlamay qolishi pulli saytlarga kirishingiz bilan bog’liq bo’lmasligi ham mumkin. Sababni boshqa joydan qidiring. Windowsni o’zgartirish, yangilash yaxshi natija berishi mumkin. O’zingiz hal qila olmayotgan bo’lsangiz, yaxshi kompyuter ustasi bilan maslahatlashing.
Salom sizbilan qanday aloqa kilsam buladi manga kup malumot kerak birota sayt yoki telifon numirizi berin maslaxatingiz kerak telifon numirim 90 5897310 tel qilishingizn kutaman iltimos
Hozircha telefon orqali yordam xizmatini yo’lga qo’yganim yo’q. Qanday savolingiz bo’lsa, iltimos, saytimning Savol-Javob bo’limida yozib qoldiring.
Azamat oka. Men bu progi ustanovka qigaanimga ancha bo’ldi. Men mademdan kraman shuning uchun ustanovkani 2-qismi trafikimi tugatib quyvoti nma qisam bo’ladi
Internet tarifingizni o’zgartiring.
Gmaill dan qanday registratsiyadan o’tsam bo’ladi
Barcha pochta xizmatini taklif etuvchi saytlar kabi “Registratsiya” bo’limiga ma’lumotlaringizni kiritish orqali.
Azamat aka men bu programmani o’rmatdim videokartani yangi versiyasiniyam o’rnatdim. Dasturga kirdim
lekin siz aytgandek planshetga o’xshagan oyna ochilmayapti. Pastda “панел задача” da ko’rinib turibdi. unga bossam tushunarsiz funksiyalar chiqyapti
mana bu rasmdagidek
http://cs0f.userfiles.me/f/086186095203127226220020211032120167152254042128028077/1396710771/46506624/1024×768/0f5dc2c028e9f9ac61d7af0e26265f36/Risunok1.jpg
Bu darsturning agenti, ya’ni tez yuklanishiga yordam beruvchi komponenti. Ish stolidagi BlueStacks yorlig’i orqali dasturni ishga tushiring.
Men o’tgan kuni whatsapp o’rnatgan edim, keyin nomerimni kiritdim, meni nomerimga keliwi kk bo’lgan haligi kod kelmadiyu, nega. Undan keyin subwaysurf ni ham kompimga o’rtandim uni ham bowqarib bo’lmayabti?
Kod keladi, agar raqamni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz. Subway Surfers boshqarilmasligi haqida hech narsa deya olmayman.
Men boshqa nomerimni reg qilmoqchi edim nima qilsam bo’ladi
Bunday holatga duch kelmaganman. Balki boshqa foydalanuvchilarimi yangi raqamni ro’yxatdan o’tkazib ko’rishgandir.
men o’rnatdim zo’r iwlayabti, hatto Subway surf va bowqa o’yinlarni ham maza qilib o’ynayabman, ayniqsa narda tawaw maza bo’vottide
Etganingizdek planshetga o’xshash oyna ochildi, lekin kanallar zagruzkasi 35 minutdan beri davom etvotti, shunaqa bo’ladimi o’zi?
Keyin ish stolimda Apps va Start Blue Stacks digan ikki dastur paydo bo’ldi, ikkalasiyam qandaydir o’yinlar va facebook ni 1 sot-u 25 daqiqada zagruzka qildi! buyam tabiiymi?
Siladayam shunaqa uzoq bo’ganmi zagruzka?
Hammasi ko’ngildagidek bo’lib boshlagan ishim o’xshasa inshiolloh sizdan umrbod minnatdor bo’lar edim!
haligacha zagruzka bo’votti mana 35 minut uyoda tursin, 2 yarim soat bo’ldi……………
Uyam mayli kompyuterimga ta’sir qilib hamma narsam qotib ishlavotti!
Azamat aka iltimos yordam berin…..
Bu judayam zaril……
manda ham Samira Muslim aytganidak bo’lyapti. nima qilish k.k.
Menimcha Sizlar tezligi katta internetdan foydalanmaysizlar. UzOnline, TPS yoki boshqa DLS modem orqali internetga ulangan abonentlarda bunday bo’lmayapti. Agar USB modem orqali ulangan bo’lsangiz, bu haqida yozib qo’ying. Internetga qanday ulangansiz?
manda Blu sTacks di ochmayapti
Siz aytgandek internet tezligi pastlik qilayotgan ekan. endi esa ishlayapti. Telefonimni kompyuterga madem sifatida ulab kiryapman. tezlik 400-500 kb/s atrofida.
Yordamingiz uchun rahmat!
Manda umuman boshqa vaziyat, to’g’risini aytsam, ishxonadagi kompyuterdan foydalanyapman, siz aytgan o’sha planshetga o’xshash narsa ekranda paydo bo’ldi, mana 3 kundan beri tinmay aylanib yotibti, ichidigi nastroykasiga kirsam, hali yarim chala, qolgani endi o’z o’rniga tushayapti, lekin bunga menimcha yana bir kun kerak!
Demak internetingiz juda sekin ishlaydi. Boshqa tahmin qila olmayapman.
ishxonadan kirganligim sababli internetga qanday ulanganligini aniq bilmiman, lekin manimcha USB modem bo’lmasa kere! axir USB modem butun bir korxonaning hamma abonentlariga yetmidiku to’rimi
Agar ishxonangizdagi internetdan foydalanayotgan bo’lsangiz, muammoning sababi ishxonangiz internetining ba’zi resurslarni olishga nisbatan o’rnatilgan cheklovi bo’lishi mumkin. Ba’zi korxonalar hodimlarining internetni ko’p ishlatib yuborishini cheklash yoki ba’zi saytlarga kirishlarini ta’qiqlash maqsadida UserGate singari proksi serverlarni o’rnatishadi. Bunda internet manbaalari qisman yoki butunlay cheklanishi mumkin. Balki ishxonangizda ham huddi shunday chekov bordir?
Masalan, men ishlaydigan joyda faqat TAS-IX tarmog’idagi .uz saytlarga va ZiyoNet tarmog’iga kirishga ruxsat berilgan, xolos. Boshqa saytlarga kirishning imkoni yo’q.
bo’lishi mumkin, lekin bizda ham Ziyonet tarmog’i odnoklassniki, mail.ru, va boshqa ko’pgina saytlarga bemalol kirish imkoniyati mavjud. hattoki undan ham ortiqroq saytarga kirishga ruxsat berilgan, balki siz aytgandek, cheklab qo’yilgan o’ziga yarasha limetlari bordur, lekin mabodo shunday bo’lsa ochilmaydimi? yoki juda qiyin bo’ladimi What’sApp ni yuklab olish
balkim shuning uchun ham, hamma narsam qotib qovotti shekilli
endi nima qilishim kere? kutsam balki butunlay o’rnatilgandan keyin LOADING CHANNELS tugab o’zi ochilib qolar, lekin pastki qismida x yo’q edi, hozir paydo bo’ldi, balki hammasi o’rnatilguncha ohirigacha kutishim keredur
video karta bolmasa ham bolaveradimi
Menda video karta bor, ammo uni olib tashlagan holda o’rnatishni sinab ko’rmaganman. Kartangiz bo’lmasa o’rnatishga harakat qilib ko’ring, agar uddasidan chiqsangiz, yoki o’rnata olmasangiz, tajribangiz haqida yozib qo’ying. Biz ham bilishni istaymiz 🙂
ornatib kordim ota sekin ornatildi lekin ornatib bolganidan keyin bluestacksga kirsam faqat zagruzka digan narsa chiqti va ozgargani yoq
o’sha planshetda bemalol ishlash mumkin, hamma dasturlarini ishlatib ko’rdim, o’zim ingliz tilini yaxshi bilaman, shunichun hamma SETTINGSgayam, PLEASE REGISTER FOR BLUESTACKS gayam kirib chiqdim. o’tga registratsiya qilib ko’rdim, @mail.ru adresi so’ralgan ekan o’zimnikini yozdim lekin negadur bo’madi. PLEASE CHECK NOTE CONNECTY digan yozuv chiqvotti faqat
nima dib o’ylaysiz bunga internetni sekin ishlashi sabab bo’lsa, unda to hammasi joyiga tushguncha kutsam, o’xsharmikin? axir shunchasi o’xshadiku! men judayam hoxlardim o’xshashini! iltimos, fikringizni qoldirsangiz
Imkoningiz bo’lsa albatta kuting! O’rnatilish jarayoni to’liq tugagandan so’ng tajribangizni biz bilan o’rtoqlashishni unutmang!
hop albatta kutaman, 3 kundan beri sabr bilan kutvomman, mana bugun ham ertalabdan 9:00 dan ishga tushirib, hozirgacha kutdim
brauzer topib HELPsiz ham boshqa joydan ham play.google.com ni kiritsa bo’ladimi?
ha, HELP tugmasini topishdan asosiy maqsad ham brauzerni ochib olish 🙂
usha nastroykani ichidan BRAUSERni topsam va ochsam bo’ldimi? HELPni keregi yo’g’a! BRAUSER ohirgacha yuklansinchi urinib ko’raman!
Endi tushundim, brouser orqali helpni ochish mumkin. mayli tushunarli raxmat, fikrlarimmi qoldirib turaman, ohirgacha yuklansinchi keyin urinib ko’raman
lekin usha Brouser ham hozircha topilgani yo’q! ohirgacha yuklangandan keyin chiqarmikin?
siz aytgandek ham qilib ko’rdim! ALL APPS ga kirdim, lekin uyerda ham HELP yo’q! ALL APPS ni ichida 2 ta narsa APP SNCS va SETTINGS bor, usha nastroyki de! ungayam kirib ko’rdim bo’madi
HELP ni imenna qatta joylashganini bilsela. javob berila
Salom admin bluestacks dasturini yuklab bo’lmayaptiku
ADMIN bluestacks dasturini yuklab olganiman so’ng o’rnatdim lekin bluestacks app player download progress yozuvi chiqayapti nima uchun
Dasturning o’rnatilish qismini yuklab olgansiz, asosiy ishchi qismi o’rnatilish vaqtida internetdan yuklab olinadi.
yana bluestacks app player download progress yozuvi chiqayapti X belgi bilan nima uchun yoki kompyuterdanmi bu
O’rnatish fayli BlueStacks App Player dasturining to’liq ishlashi uchun muhitni internetdan yuklab olishi kerak bo’ladi. To’liq yuklanmagunicha sabr qiling.
MAN VEB DDIZAYNERMAN, VOHA.UZ DA ADMIN VA MUXBIRMAN, BLUESTACKS GA LICENSE OLMASANGIZ HAMMASI BIR PUL, 26 DOLAR.
Litsenziya shart emas, ularning muqobil taklifi ham bor: yoki litsenziyaga pul to’laysiz, yoki ularning homiylari tomonidan taklif etilgan APPlarni o’rnatasiz. Men uchun ikkinchi tanlov qulayroq.
Yana boshqa yo’li bor, html va flashda player yasash kerak
O’zi bu dastur 9.90mb ekan ko’chirib oldim va o’rnatdim yana shu yozuv chiqayapti nimadan bo’lishi mumkin.
video karta necha mb ekanligini qaerdan bilsam bo’ladi
Kompyuteringiz haqidagi umumiy ma’lumotlar ichidan
zafarbek toxirov, Пуск – Выполнить
Выполнить ilovasiga “dxdiag” ni kiritasiz, qarabsizki kompyuteringiz qanchalik katta ishlarga qodirligini 🙂
saytingizga birinchi marta kirishim lekin menga juda yoqdi. Ayniqsa maqolalaringiz. bugundan sizning maqolalaringiz bo’yicha turmush tarzimni o’zgartirmoqchiman
Rahmat admin men sizning yordamingizda kompyuterimda whatsapp o’rnatdim omad yor bo’lsin sizga
whatsapp pc va BlueStacks AppPlayer v0.8.8.8006 [Android 4.0.4 emulator for Windows XP/Vista/7] programmalarini mytorrents.uz saytidan ko’chirib olyapman shu programmalardi o’rnatsam bo’ldimi [ siz bergan silkada tortmasdan]
whatsapp ishlayveradimi
Ha, asos dasturining ahamiyati yo’q, whatsapp ishlaydi. Bemalol o’rnatavering!
shu programmalardi internetga kirmasdan o’rnatsam whatsapp ishlayveradimi
Birinchidan internetga kirmasdan o’rnata olmaysiz, chunki o’rnatilish fayllarining 80 foizi internetdan yuklab olinishi kerak. Ikinchidan, bu WhatsAppning o’zi emas, shunchaki muhiti, xolos. Dastur (muhit)ni o’rnatganingizdan keyin internetdan WhatsAppni yuklab olib, o’rnatishingiz kerak bo’ladi.
Azamat aka man hich qayodan chip xp ga video driver topomayapman nima qili
HAMMASI WIN 7/8 GA BORAKAN
Men WahtsAppni kompyuterimga ornatdim lekin iwlamayapdi, telefon nomerimni kirgizganimdan keyin “Скачайте последнюю версую приложения снашего сайта: https://whatsapp.com/android.” OK degan yozuv chiqib qolyapdi, nima qilishim kerak shunga yordam bervoring iltimos
BluesStacks dasturining ICHIDAGI WhatsApp dasturni o’chirib tashlab, ko’rsatilgan manzilgan kiring-da, qayta yuklab oling.
BlueStacks dasturini yuklab bolmayapti iltimos yordam bering
Bir ozdan keyin urinib ko’ring, yoki Google orqali BlueStacks App Player so’rovi bo’yicha qidirib ko’ring.
bluestakcs programmasini ustanovka qilib bo’lmayapti
Qanday xatolik chiqayapti? Nimaga o’rnatib bo’lmayapti?
Programmani ustanovka qildim ichidan whatsapp programmasini kordim ustiga bosgan edim Make not found. Web for installation recipe degan youzv chiqdi ok ga bosdim hech narsa o’zgarmadi
Internet aloqangizni tekshiring.
Men programmani ornatdim ochdim ishladi whatsapp programmasi yuklayotgan paytda to’xtab qoldi endi ishlamaypati nima qilsa bo’ladi
Internet aloqangizni tekshiring.
Azamat aka men programmaga pochtamni kiritdim Android telefonlardagi Play Market programmasi ochildi men uni ichidan wahtsapp programmasini topdim ustanovitga bosgan edim ошибка при получении данных с сервера deyapti nima qilay
Men hozir Twitterni ishlatyapman holos boshqa programmalar ishlamayapti
Whatsappga nomerimni yozdim telefonimga sms kod keldi qayerga yozsam boladi
iltimos azamat aka javob yozing shu savolimga menda whatsapp ga registratsiya qilish joyi chiqdi raqamimni yozdim telefonimga kod raqami keldi kod raqamni qayerga yozaman
Savol-Javob bo’limidagi savolingizga javob yozdim.
Azamat aka men hozir kompyuterimda bluestacks orqali Instagram, Facebook messenger ni ishlatyapman whatsappni registratsiya qildim telefonimga kod raqami keldi qayerga yozishni bilmayapman iltimos yordam bering
WhatsApp ichida kod yozish joyi bo’lishi kerak. Yaxshiroq qidiring.
Men whatsappni o’rnatdim registratsiya qilib bo’lmayapti
Raqamimni yozdim sms raqami keldi lekin kod raqami chiqmadi , bir ozdan keyin pozvonit mne degan yozuv chiqdi
qanay qilib tilini uzgartirsa buladi man hozir mani google accountimni suradi yozaman desam ruscha yozilayapti qanay qilib lotincha qilsa bulad i please!!!!!
Menimcha kompyuteringizda yozish tilini inglizchaga o’zgartirsangiz lotincha harflar bilan yozilishi kerak. Agar bo’lmasa, AppPlayerning yozish tili sozlanmalariga kiring. Nastroykasida bor.
azamat aka bluestack dasturini ishga tushitsam qandaydir kotta dasturni ko`chirvottini uni stop qilomadim va yana whatsappni install degan joyiga bossam you don`t have any devices chiqvotti iltimos oka yordam bervorin
Yo’riqnomani diqqat bilan o’qing, ko’rsatilganidek qiling.
Windows xp ga tushmayaptiku, Azamat aka Bluestack. Qanaqadir physical memory 2 gb deb ustanovka ortga qaytyapti. nima qilishim kerak. yordam bervoring
Yuqorida bildirilgan fikrlarni o’qib chiqing, avval ham shunday muammo bo’lgandi kimdadir. Video kartangizning drayveri eng yangi bo’lishi kerak. Talab etiladigan bo’sh joy mavjud bo’lishi kerak. Yana boshqa jihatlarini ham tekshirib ko’ring. Muammo davom etasa yana yozasiz.
ustanovka bomyapti yordam bervoring
Nima muammo bo’layotganligini yozing.
Asallomalekum Azamat oka saytizdan birinchi marotaba foydalanmoqdaman. oka watsap yuklab olgan edim. Lekin Ustanovka qilmayapti. Faqat File is corrupt degan yozuv chiqmoqda. Mandagi wtsap versiyasi tugagan edi
Fayl to’liq yuklanmagan, qayta skachat qiling.
salom sizga yana murojat qilyabman watsap ornatilgandan keyin ochsam nimanidir zagruzka qilyabdi shu zagruzka necha megabayt joy oladi zagruzka tugagandan keyinprogramma ishlaydimi
javobiz uchun oldindan raxmat.
Ishlaydi. Necha mb ekanligini bilmayman.
BlueStacks App Player dasturini ko’chirib ochsam nimadir ko’chirib ketvoti,u yerda hech qanday brauzerda manzil yozish joyi yo’qku.yordam berivoring
To’liq ko’chirilgandan keyin o’rnatiladi. O’rnatilgandan keyin brauzerlari ko’rinadi.
salom yangi yil muborak bolsin sizga yana watsap boyicha murojat qilyabman ustanofka qildim android oyinlarni ham ustanofka qib oynadim watsapni qidirsam gool play dan royhatdan otdim guglda akauntim tayor bolgandan keyin mendan soradi yangiliklardan xabardor bolish haqida va prinyat qildim zagruzka ketdi ozgina kutdimda x ni bosib chiqib ketdim keyin yana blustake programmasiga kirsam zagruzka berfib turibdi ochmayapti yordam bering nima qilsam boladi
Aка менинг телефоним UZTE androidli Lenin Watsapp ishlamayabti anima qilsa biladi
Qayta yuklang.
Aka katta rahmat. urnatdim ishladi….
Dasturga gap yo’q zo’r!
nomerni tersam shunday meseg kelyapti ( tap call me and enter the 6 digit code that you hear ) endi nima qilishim kerak
Ko’rsatilgan raqamga kod yuboriladi, shu kodni kiritib aktivlashtirishingiz kerak.
BlueStacks dasturi uchun DDR ning axamiyati bormi ?
Yo’q.
Azamatjon viberni o’rnata olmayabdi
BlueStacks dasturini oldim lekin ustanovka qilmayapti 100% ga borib zakrit pragramma diyapti nima qilsam bo’ladi
Buning bir nechta sababi bo’lishi mumkin: internetingizni tekshiring, kompyuteringizda virus bo’lishi mumkin, antivirusni vaqtincha o’chirib, urinib ko’ring.
Azamat aka, qanday qilib whatsapp ni telefonga o`rnatiladi? batafsil yozsangiz. oldindan RAHMAT!
Android yoki iOS telefon orqali http://www.whatsapp.com saytiga kiring va yuklab oling.
kompyuterdan whatsappni telefonga qanday o`rnatadi?
xaligi internet cafelarda pulga o`rnatishyapti-ku o`shdek telefonga qanday o`rnatiladi? javob uchun oldindan katta rahmat.
Ular qanday o’rnatayotganligini bilmayman, ammo telefoningiz Android yoki iOS asosida ishlasa, telefondan http://www.whatsapp.com saytiga kirib yuklab olishingiz va o’rnatishingiz mumkin.
Azamat aka Blue staks dasturi WiFi orqali o’rnatudim .nu endi notebookimda WiFi antena boru lekin internet ishlamavotti ?Iltimos nima qilishim kere yordam beri ?
Noutbukizni ustaga ko’rsating.
Azamat aka siz ajax tehnologiyasini yaxshi bilasizmi?
Menga o`rgatishni iloji bormi?
Yaqinda yangi loyiha tayyorlayapman. Huddi shu sohada bilimingizni oshirish imkoniyatingiz bo’ladi. Saytni kuzatib boring.
azamat aka vidyo stdio ni yaxshisi qaysibir menda uled 2011 bor edi efektlari kam efektlari yaxshiro programma bormi
Telimda whatsapp instali bor kompga olib iwlatsam boladimi ? Nega telegram bunaqa emas? Uni ozi shunday iwlaydiku javobla uchun raxmat
Bo’ladi, lekin bu uchun App Playerning APK fayllar turadigan joyini topishingiz kerak. Shaxsan uning qayerdaligini bilmayman. Telegramning kompyuterda ishlaydigan alohida dasturi bor.
QAYSI TAS-IX saytdan skachat qilib olsak bo’ladi??
eee whatsapp tortib bo’mavotiku kom ga
email yozsam almawtirin dvotikuuu
nimagadur manda kantaktlarim chiqmayapti nima qiliwim mumkin iltimos etvorin
Qanday yuklab oldingiz internetdan
nimaga manga BlueStacks App Player pragrammani ustanofka qilib bulmayapti
Qanday ko’chirishni tafsilotlari bilan yozing iltimos. Javob uchun oldindan raxmat!
Salom hammaga bayramlar bilan. Shu yerdan o’qib o’rganib hammasini bajardim. Ochdim rasm qoyib status xam yozdim. Faqat bir muamo kantaktimda hechkim korinmayapti hamma kantaktlarimdi sim kartaga kopirovat qildim. Obnovit qildim. Negadr barbr korinmadi. Yordam bersalaring judaxam minnatdor bo’lar edim.
Kontaktlarizni Google Contactsga yuklang (sinxronizatsiya qiling) va kompyuterdagi emulyatorda (AppPlayer) kontaktlarning Google bilan sinxronizatsiyasini yoqib qo’ying.
imo programmasini qanday qilib olsam boladi
Vaqtlarini to’girlab bomayapti
menga ham bolmayapti bluestacks pragrammasi ochda lekin qotib qolyabdi nimaga bunday bilmisilami?
watsappni bluestacksizini tashang
nimaga .apk kompyeterga tushadimi .exe keremasmi
Admin men örnatolmadim This application requires at least 2 GB of physical memory. shunaqa yozush chiqiyapti
ozu eng kamida 2 gb bolishi kerek, kompyuteriz kotorolmapdi
android programmani hammasini ochadi bluestacks
Hammasiyam ishlamaydi. Masalan xmod
Salom savolim 1 ta raqamga ochilgan watsapni 2 ta telda iwlatiw mumkinmi iloji bormi?
Iloji bor.
Uni qanday qilib ulaw mn.? Javobingiz un rahmat.
Ulangandan keyin uning watsapini ozimga ulab olganimni biliwi mnmi? Men ulangan watsapni kim bn yoziwyotganini biliwim un kk.
Assalomu aleykum, men bluestacksni kompyuterimga o’rnatdim ishladi, yuklab ham olyabdi, ammo juda qotib ishlayabdi. Boshqa dasturlarda uncha qotmaydi. Mening kompyuterim Windows 10 32-razryadli. Va operativniy xotirasi 2 GB. Iltimos nima qilay, javob yozing
blustar2 ni yuklagandim qandayqilib 3 ga yangilashim mumkin