Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Kimgadir kerak bo’lib qolishi mumkin, degan maqsadda qanday qilib Telegram profilini o’chirish bo’yicha qisqagina yo’riqnoma yozishga qaror qildim.

Telegram profili sozlanmalari ichida «Agar [ko’rsatilgan vaqt] oralig’ida Telegramga kirmasam, profilim o’chirilsin», degan bo’lim bor. Bu bo’limda, adashmasam, bir oydan bir yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ini tanlab qo’yishingiz mumkin. Shu belgilangan vaqt oralig’ida Telegramga kirmasangiz, Telegram bilan bog’liq barcha ma’lumotlaringiz – akkauntingiz, profil rasmingiz, kontaktlaringiz, guruhlaringiz va yozishmalaringiz tarixi butunlay o’chiriladi. Albatta, profilingizni o’chirmoqchi bo’lsangiz bu bo’limdagi «o’z-o’zini yo’q qilish» vaqtini bir oyga sozlab, Telegram dasturini kompyuteringiz va telefoningizdan shunchaki o’chirib tashlashingiz va hammasini unutishingiz mumkin. Bunda bir oydan so’ng akkauntingiz avtomatik tarzda o’chiriladi.

Kimdir Telegramdagi akkauntini darhol o’chirmoqchi bo’lsa, Telegram ularga yanada qulayroq, tez ta’sir ko’rsatuvchi usulni ham taklif etar ekan. Bu haqida kecha bilib qoldim 🙂

Xullas, agar hoziroq Telegram profilingiz/akkauntingizni butunlay o’chirmoqchi bo’lsangiz, telegram.org/deactivate sahifasiga tashrif buyuring. U yerda Sizdan Telegramingizga bog’langan telefon raqamingizni xalqaro shaklda yozishingizni so’rashadi. Raqamingizni yozganingizda Sizning Telegram dasturingizga maxsus kod yuboriladi. Bu kodni yuqoridagi manzil orqali kirgan sahifangizga yozasiz va Telegramingizni butunlay o’chirasiz!

Yodingizda bo’lsinki, bu usulda Telegram akkauntini o’chirish barcha ma’lumotlarning butunlay o’chib ketishiga sabab bo’ladi. So’nggi qarorni qabul qilishdan avval Telegramda bo’lishi mumkin bo’lgan barcha kerakli ma’lumotlar, raqamlar va media fayllarni yuklab olishni unutmang.

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish” maqolasida 133 fikr

  1. Jaloliddin

    Man telegramni kop ochirib yana skachat qildim endi kiri bilmayapti nima qilishim kerak javob uchun oldindam raxmat

    Javob berish

  2. Umidjon

    Qayday avvalgi akkauntni õchirish mumkin. Telegram ni õchirib qayta tashlab oldim lekin kirib bõlmayapti. Javob uchun oldindan rahmat

    Javob berish

  3. Temur

    Salom men tg ga ikkinchi kod quygandim shu esimdan chiqib ketibdi shu profilimni qanaqa qilib tezda uchirib yuborsam buladi

    Javob berish

  4. Husanboy

    Men 2chi telefondan kirish iluchun parol qoyib qoygan edim bjrinchi telefondagi profilimnj ochirib tashlagan edim endi ikkinchi telefondan kirmoqchi bolsam parol sorayapdi parol esimdan chiqqan qanday kirsam boladi biladiaganlar aytib yuboringlar iltimos

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan