Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish

Kimgadir kerak bo’lib qolishi mumkin, degan maqsadda qanday qilib Telegram profilini o’chirish bo’yicha qisqagina yo’riqnoma yozishga qaror qildim.

Telegram profili sozlanmalari ichida «Agar [ko’rsatilgan vaqt] oralig’ida Telegramga kirmasam, profilim o’chirilsin», degan bo’lim bor. Bu bo’limda, adashmasam, bir oydan bir yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ini tanlab qo’yishingiz mumkin. Shu belgilangan vaqt oralig’ida Telegramga kirmasangiz, Telegram bilan bog’liq barcha ma’lumotlaringiz – akkauntingiz, profil rasmingiz, kontaktlaringiz, guruhlaringiz va yozishmalaringiz tarixi butunlay o’chiriladi. Albatta, profilingizni o’chirmoqchi bo’lsangiz bu bo’limdagi «o’z-o’zini yo’q qilish» vaqtini bir oyga sozlab, Telegram dasturini kompyuteringiz va telefoningizdan shunchaki o’chirib tashlashingiz va hammasini unutishingiz mumkin. Bunda bir oydan so’ng akkauntingiz avtomatik tarzda o’chiriladi.

Kimdir Telegramdagi akkauntini darhol o’chirmoqchi bo’lsa, Telegram ularga yanada qulayroq, tez ta’sir ko’rsatuvchi usulni ham taklif etar ekan. Bu haqida kecha bilib qoldim 🙂

Xullas, agar hoziroq Telegram profilingiz/akkauntingizni butunlay o’chirmoqchi bo’lsangiz, telegram.org/deactivate sahifasiga tashrif buyuring. U yerda Sizdan Telegramingizga bog’langan telefon raqamingizni xalqaro shaklda yozishingizni so’rashadi. Raqamingizni yozganingizda Sizning Telegram dasturingizga maxsus kod yuboriladi. Bu kodni yuqoridagi manzil orqali kirgan sahifangizga yozasiz va Telegramingizni butunlay o’chirasiz!

Yodingizda bo’lsinki, bu usulda Telegram akkauntini o’chirish barcha ma’lumotlarning butunlay o’chib ketishiga sabab bo’ladi. So’nggi qarorni qabul qilishdan avval Telegramda bo’lishi mumkin bo’lgan barcha kerakli ma’lumotlar, raqamlar va media fayllarni yuklab olishni unutmang.

Qanday qilib Telegram profilini o’chirish” maqolasida 49 fikr

  1. Sanjar

    Salom. Telegramga kirish uchun raqamimni yozdim. SMS kod keldi. Bir necha marta xato yozgandim. Endi esa «Too many attemts. Please, try later» deyapti. Yana ishlashi uchun qancha kutishim kerak?

    Javob berish

  2. Madinaxon

    Salom.Madina ismim.Man ham telegramimni qaytadan ochmoqchiydim.qancha urinsam ham bolmayapti yana qancha kutishim kerak.Raxmat oldindan.Biroz kuting demoqda?Qancha muddat kutsam boladi?

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan